«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

   Xatarli shishda
 to’qimalar zararlanishidan so’ng bir necha soat yoki 1–2 kun  
o’tib tez rivojlanadigan teri osti shishi hosil bo’ladi. Avval u iliq va kam og’riqli, 
keyinchalik esa sovuq bo’ladi. Paypaslaganda krepitatsiya seziladi. Jarohatdan qon 
zardobiga  o’xshash,  hidsiz  va  pufakchalarsiz  suyuqlik  okib  chikadi.  Hayvonning 
umumiy  ahvoli  yomon,  umumiy  harorati  yuqori  bo’ladi.  Kasal  hayvonlar  1–2 
kunda o’ladi.  
   Chirituvchi 
infeksiya
 
disbakterioz, 
ichaklar 
invaginatsiyasi, 
jarohatlanishlarda  rivojlanadi.  Endogen  chirituvchi  infeksiya  esa  og’ir,  ezilgan, 
cho’ntaklari mavjud jarohatlarda rivojlanadi. Chirituvchi  infeksiya asosan o’lgan 
to’qimalarda  yashab  ko’payadi.  Shunday  qilib,  chirituvchi  infeksiya  rivojlanishi 
uchun  o’lgan  to’qima,  aynigan  qon  laxtalari,  qon  aylanishining  buzilishi  va 
kislorod  yetishmasligi  kabi  holatlar  kerak.  Chirituvchi  infeksiyaning  fermentlari 
tasirida  o’lgan  to’qimalar  yemiriladi  va  natijada  patologik  o’chokda  zaharli 
ptomain
  va 
toksalbuminlar
,  gaz  hamda  ixor  to’planadi.  Chirish  moddalari 
yallig’lanish  reaksiyasini  keskin  susaytiradi,  natijada  atrofdagi  to’qimalarda 
xujayralarning  hayoti  to’liq  bosiladi.  Chirish  moddalari  qonga  so’rilib  
organizmning  og’ir  intoksikatsiyasini  chaqiradi.  Nerv  sistemasi  va  ichki  a’zolar 
faoliyati keskin yomonlashadi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə