«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

Yiringli  flegmona 
–  eng  ko’p  uchraydi  va  asosan  streptokokklar  tasiri 
natijasida hosil bo’ladi. Xarakterli belgilaridan biri – yiringli abssesslar rivojlanib  
yorilgandan  so’ng  o’rinlarida  cho’ntaklar  va  o’yiqlar  qoladi.  Vaqtida  va  to’liq 
davolanmasa bu jarayon sepsisga aylanishi mumkin. 
 
Teri  osti  flegmonasi 
–  ko’pincha  seroz  va  yiringli    flegmona  shaklida 
kechadi.  Flegmonada  hosil  bo’lgan  shish  yaqqol  ko’zga  tashlanib,  usti  tarang 
tortilgan bo’ladi. Abssesslar paydo bo’lgan joyda fluktuatsiya seziladi. 
 
Fassiya osti flegmonasi
 
–  teri osti flegmonasidan og’irroq kechadi va bunda  
to’qimalar  ko’p  miqdorda  nekrozga  uchraydi.  Flegmonozli  shish  yaxshi 
shakllanmaydi  chunki  asosiy  o’zgarishlar  fassiya  ostida  kechadi.  Hosil  bo’lgan 
yiring  fassiya  qavatlari  buylab  yoki  mushaklar,  paylar  orasidan  suyaklar  tomon 
harakatlanadi.  Kuchli  og’rik  va  granulatsion  to’siqning  juda  sekin    hosil  bo’lishi 
mikrob  toksinlarini  organizmga  so’rilishini  kuchaytiradi  va  organ  faoliyatini 
yomonlashtiradi.  O’z  vaqtida  operatsiya  qilinmasa  bunday  flegmona  sepsisga 
aylanishi mumkin.    
 
G’ilofli  (futlyar)  flegmona
 
–  fassiya  osti  flegmonasining  bir  turi  bo’lib,  u 
chuqur, bir nechta fassiyalar ostida joylashadi va shu tufayli yallig’lanish jarayoni 
e’tiborsiz  qolishi    mumkin.  Kuchli  og’rik  seziladi,  a’zoning  faoliyati  to’liq 
buziladi.  Fassiyali  g’ilof  ichidagi  mushaklar,  qon  tomirlar,  nervlar  yemiriladi, 
natijada falaj, qon quyilishlar kuzatiladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə