«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


Yiringli infeksiyaning asosiy  shakllari



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

           Yiringli infeksiyaning asosiy  shakllari.
 
           
Abssess  (xuppoz)
 

 
klechatka  yoki  boshka  to’qimalarning  chegaralangan 
yiringli  yallig’lanishi.  Bu  jarayon  atrofga  tarqalmay,  sog’  to’qimalardan  aniq 
chegara bilan ajralib turadi va atrofi yiringli parda bilan qoplangan bo’ladi. 
       Kelib  chiqishiga  asosiy  sabab  –  organizmda  shikastlanish  yoki 
jarohatlanish  natijasida  to’qimalarning    yiring  chaqiruvchi  mikroblar  bilan 
zararlanishi.  Abssessning  paydo  bo’lishida  yiring  chaqiruvchi  mikroblar: 
streptokokk, stafilokokk, kriptokokk, ko’k yiring tayoqchasi, ichak tayoqchasi, sil 
tayoqchasi, aktinomitsetlar va boshka zamburug’lar asosiy rolni o’ynaydi. 
 
Bazan  abssesslar  kimyoviy  moddalarning  organizmga  tushishi  yoki  
yuborilishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  Masalan:    kerosin,  skipidar,  kroton  moyi, 
xloralgidrat. 
           
Tasniflanishi.
  Abssesslar  bo’lishi  mumkin:  o’tkir,  yarim  o’tkir,  surunkali; 
aseptik  va  infeksion;  yuzaki  va  chuqur;  bezarar  va  yomon  sifatli  (xatarli); 
metastatik, sovuq va oqma abssesslar.
 
 
          Rivojlanish  bosqichiga  qarab  abssesslar  bo’lishi  mumkin  –  shakllanuvchi, 
yetiladigan va yetilgan. 
        
   
Yetilgan  yuzaki  abssesslar
  –  oson  aniqlanib,    yengil  kechadi  va  o’z  – 
o’zidan  yorilib  bitadi.  Teri  abssesslari  chuqur  yiringli  –  nekrotik  jarayonlarda 
(artrit, osteomiyelit) hosil bo’lishlari mumkin. 


19 
 
          
Chukur  abssesslar 

 
aniqlanishi  qiyin  bo’lib,  og’ir  kechadilar.  Ko’pincha 
yiring  atrof  to’qimalarga  yoki  anatomik  bo’shliqlarga  o’tishi  natijasida  asoratlar 
kuzatiladi. “Uyqudagi” infeksiya o’choqlarini hosil qiladi. 
 
Bezarar  abssesslar
  –  jarayon  atrofida    mustahkam  granulatsion  to’siqning 
rivojlanishi  va  infeksiya  bostirilishi  bilan  harakterlanadi.  Bunday  abssesslar  5–7 
kun  ichida  rivojlanadi.  Yiringning  rangi  sarg’ish  bo’lib,  spetsifik  xidga  ega. 
Yiringxona  devorlari  pushtirang  yoki  qizil  tusda  granulatsion  (piogen)  to’qima 
bilan qoplangan bo’ladi. O’lgan to’qimalar bo’lmaydi. Mikroblar o’lgan. Qoramol 
va cho’chkada bunday abssesslar inkapsulyatsiyaga uchraydi. 
    
Zararli  abssesslar
 
–  generalizatsiyaga  moyilligi  bor  jarayon.  Yallig’lanish 
shishi    issiq,  tarqalgan  bo’lib,  og’riydi.  Bunday  abssesslar  tezda  flegmonaga 
aylanishi  mumkin.  Ular  mikrobning  virulentligi  kuchli  bo’lsa  va  giperergik 
yallig’lanishda hosil bo’ladi.  
    Yiring    qo’ng’ir  tusda,  suyuq,  sassiq.  Mikroblar  tirik.  Yiringxona  devorlari 
o’lgan to’qimalar  bilan qoplangan.  Piogen parda to’liq  rivojlanmangan,  nekrozga 
chalingan, abssess bo’shlig’ida to’qimali cho’ntaklar va o’yiqlar mavjud.  Kechishi 
asosan  o’tkir,  kam  hollarda  surunkali.  Surunkali  kechishida  ular  sovuq  bo’lishi  
mumkin (sil abssessi). 
    Sovuq  abssess
  –  surunkali  kechadi  va  kechikib  yetiladi,  yallig’lanish  
belgilari  kuchsiz,  mahalliy  harorat  va  og’rik  past.  U  gipoergik  yallig’lanish 
reaksiya  asosida  kechadi.  Devorlarining  tuzilishi  zamburug’simon,  ko’kimtir 
rangda  bo’lib,  nekrozga  chalingan  granulatsiya  bilan  qoplangan.  Abssess 
yorilgandan so’ng o’rnida oqma hosil bo’ladi. 
         
Oqma  abssess 
–  sovuq  abssessning  bir  xili  bo’lib,  odatda  yiring  sovuq 
abssessdan  chiqib  qon  tomirlar  va  nervlar  bo’ylab  muskullar  orasiga,  fassiyalar 
ostiga  va  boshqa  bo’shliqlarga  oqib  tushishidan  hosil  bo’ladi.  Qo’ylarda 
brutsellyoz, otlarda uzoq vaqtga cho’zilgan abssess va flegmonalarda, sigirlarda sil 
kasalligida kuzatiladi. 
          
Metastatik  abssesslar
  –  o’tkir  kechadi.  Mikroblar  birlamchi  o’choqlardan 
qon  va  limfa  orqali  parenximatoz  a’zolarga:  taloq,  bosh  miya,  oshqozon  va 
ichaklarga  tarkaladi  va  u  yerda  metastatik  abssesslar  rivojlanishini  chaqiradi. 
Bunday abssesslar ko’pincha metastazli sepsisda kuzatiladi. 
         
Skipidarli  abssess
  –    bunday  abssessning  yiringida  mikroblar  bo’lmaydi. 
Boshka  holatda  uning  ichiga  tananing  barcha  joylaridan  mikroorganizmlar  
to’planadi. Buning uchun skipidarli abssessni yana fiksasion deb ataydilar va ayrim 
hollarda uni davolovchi usul shaklida qo’llaydilar. 
 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə