«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

Chirituvchi  infeksiya
.  Chaqiruvchilari  –  B.  colli,  B.  putrificus,  B.  proteus 
vulgaris. Ularga streptokokk va stafilokokklar qo’shilishi mumkin. Bu infeksiyada 
to’qimalar  chirib  gemorragik,  sassiq  suyuqlik  –  ixor  hosil  bo’ladi.  Avval  uning 
rangi kulrang bo’lib, keyinchalik go’sht yuvindisiga o’xshaydi.  
 3
. Gazli gangrenada
 toksin va fermentlar tasirida 24–48 soatdan so’ng kuchli 
og’riq, tomirlar falaji kuzatiladi. Natijada tez rivojlanadigan sovuq og’rimaydigan 
shish,  to’qimalarning  o’lishi  va  yemirilishi,  qon  aylanishining  yomonlashishi 
boshlanadi.  Qon  tomirlarda    tromblar  tiqilib  qoladi.  Oqsil,  glikogen  va 
uglevodlarning parchalanishidan gaz hosil bo’ladi. Shish  sohasida to’plangan gaz 
to’qima ichidagi bosimni oshiradi bu esa jarayonning yanada yomonlashuviga olib 
boradi,  jarayon  yanada    tez  kechadi  va  2–3  kunda  tananing  ancha  qismi  o’ladi. 
Nerv  sistemasida  parabioz  holati  rivojlanib,  barcha  a’zolar  va  to’qimalarning 
disfaoliyati va diskoordinasiyasiga olib keladi. Jigarning  antimikrob va antitoksik 
faoliyati  buziladi.  Endokrin  sistemasi  zararlanadi,  jarayonga  kuchli  toksikoz 
qo’shiladi.  Aytilgan  barcha  o’zgarishlarga  sepsis  holati  qo’shilib  hayvon  3–4 
kunda o’ladi. 
 
Klinik  belgilar
: kasallik boshlanishida  jarohat  atrofida  kuchli og’riq  bo’ladi 
va  keyinchalik  sovuk  og’riqsiz  shish  rivojlana  boshlaydi,  teri  taranglashadi, 


23 
 
yuzasida  vena  va  arteriyalar  bo’rtib  chiqadi.  Pigmentlashmagan  terining  rangi 
ko’kimtir  –  jigarrang,  ayrim  joylarida  yashil  izlar  ko’rinadi.  Jarohat  katta  ochik 
bo’lib,  ichidan  kam  miqdorda  qizg’ish  jigarrang  yoki  kulrang  achchiq  xidli 
suyuqlik ajralib turadi. 
  Aralash  infeksiyada  suyuqlik  ko’prok  ajraladi,  hidi  va  rangi  aynigan 
go’shtnikiga  o’xshaydi.  Kesganda  to’qimalar  shishgan,  sariq  –  yashil    rangda 
bo’ladi.  Mushaklar  rangi  avval  pishgan    go’shtga  uxshaydi,  keyinchalik  esa 
koramtir  qo’ng’ir  rangga  kiradi.  To’qima  parchalari  suv  yoki  10%  osh  tuzi 
eritmasida      cho’kmay    suzib  yuradi.  Hayvonning  umumiy  ahvoli  juda  yomon 
bo’lib,  ovkatni  kabo’l  qilmaydi.  Umumiy  tana  harorati  baland,  puls  aritmik,  tez 
uradi. Hayvonning nafas olishi tezlashadi. Shilliq pardalar sarg’ish rangga kiradi. 
Qonda  eritrotsitlar  soni  kamaygan,  leykopeniya  kuzatiladi.  Eozinofillar  va 
monotsitlar bo’lmaydi.  
   
Kasallik   okibati
 – gumon yoki yomon. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə