«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

 
 
 


24 
 
4. Spetsifik jarrohlik infeksiya. 
         
Aktinomikoz
 
–  zamburug’lar  chaqiradigan  surunkali  yallig’lanish  jarayon 
bo’lib,  chegaralangan  yiringxonalar  atrofida  biriktiruvchi  to’qimaning 
proliferatsiyasi bilan harakterlanadi. Yiring tarkibida zamburug’ druzalari topiladi. 
 
Chaqiruvchisi 
Actinomyces
 
zamburug’lari.  Ular  ko’pincha  og’iz 
bo’shlig’ining shillik pardasi orqali yumshoq to’qimalarga o’tib o’rnashadi. 
  Kasallik  avvalida  to’qimalarda  mayda  tugunchalar  hosil  bo’lib,  ular 
keyinchalik  birlashadi  va  katta,  zich  yaralar  yoki  yiringxonalarga  aylanadi.  Yara 
yuzasi fungozli  granulyatsiya bilan qoplanadi. Ikkilamchi jarayon sifatida jag’osti 
va  xalqumorti  limfatik  tugunlar  zararlanadi  (34  %).  Aktinomikozda  odatda  jag’ 
suyaklarining osteomiyeliti rivojlanadi.  
  Qoramol va cho’chkalarda o’pka aktinomikozi ham kuzatiladi. 
 
Davolash:
  chegaralangan  aktinomikomalar  operativ  yo’l  bilan  olib 
tashlanadi. 
Kichik 
jarayonlarda 
gemo–novokain 
qamallari, 
mahalliy–
antibiotikoterapiya  va  yodoterapiya  usullari  qo’llanadi.  Ikkinchi  usulda 
qoramollarga 6,0 dan yodli kaliy og’iz orqali 10–14 kun beriladi. Immunoterapiya 
vositasi sifatida peptinolizatlar qo’llanadi. 
Kasallikning oldini olish uchun oxur chetlari tozalanadi. Dag’al xashaklarga 
issiq bug’ bilan ishlov beriladi. 
 
Nekrobakterioz
  kasalligi  hayvon  barmoqlari  nekrobakterioz  tayoqchalari 
bilan  zararlanganda  hosil  bo’ladi.  Barmoqlar  xajmi  kattalashadi,  yuzasida  ko’p 
sonli  nekroz  o’choqlari  paydo  bo’ladi.  To’qimalar  zichlashadi.  Nekrozli 
o’choqlardagi  oqmalardan  suyuq  va  sassiq  yiring  oqib  chiqadi.  Davolamaganda 
hayvon  o’pkasida  va  boshka  joylarda  metastazlar  rivojlanadi.  Jarayon  chuqurroq 
o’tib pay, suyak, tuyoqlarga ko’chadi va keyinchalik sepsisga aylanadi. 
Qoqshol
  spetsifik  o’tkir  yuqumlik  kasallik  bo’lib,  uni  sporali  anaerob 
tayoqcha  B.  tetani  qo’zg’atadi.  Bu  tayoqcha  ikkita  toqsin  –  tetanospazmin  va 
tetanogemolizinlarni  ishlab  chiqaradi.  Tetanospazmin  asab  tizimiga  ta’sir  qilib, 
targ’il  mushaklarda  tonik  va  klonik  tirishishlarni  chaqirsa,  tetanogemolizin  esa 
eritrotsitlarni  eritadi.  B.  tetani  saprofit  sifatida  uy  hayvonlari,  shuningdek  odam 
ichagida yashaydi va fekaliylar orqali tuproqqa tushadi. Shuning uchun har qanday 
jarohat qoqshol uchun yaxshi sharoitdir.  
Davolash 
maqsadida  kompleks davolash uslubi qo’llanadi:  
1. Toksinlar miqdorini kamaytirish va neytrallash. 
2. Tonik va klonik tirishishlarni kamaytirish va yo’qotish. 
3. Hayvonning umumiy ahvolini, yurak, o’pka faoliyatini yaxshilash. 
4. Ikkilamchi asoratlarning (sepsis va boshq.) oldini olish. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə