|
«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasiumumiy va xususiy xirurgiyaNospetsifik davolash.
a) Himoya terapiyasi (novokain qamallari, novokain eritmasini vena ichiga
yuborish).
b) dezintoksikatsiya va toksinlarni chiqarish (40 % geksametilen- tetramin
va kofein inyeksiyasi, 10 % Ca Cl bilan 20 % glyukoza eritmasi, qon quyish yoki
10 % poliglyukin hamda tomchilab reopoliglyukinni yuborish. Polivitaminlarni
qo’llash).
Spetsifik davolash va oldini olish choralari
.
Garngrenaga qarshi monovolentli zardoblar qo’llaniladi. Ular teri ostiga yoki
mushaklarga yuboriladi. Anafilaktik shokning oldini olish uchun avval vena ichiga
2–5 ml zardob yuboriladi. Yomon natija bermasa, 1–2 soatdan so’ng venaga
davolash maqsadida steril Na Cl izotonik eritmasida 3–5 marotaba eritilgan 5–6
profilaktik ulchovli mikdorda (doza) zardoblar aralashmasi yuboriladi. Shu
miqdordagi zardob jarayon atrofiga ham yuboriladi. Shunday qilib hayvon
organizmida tayyor antitelolar deposi yaratiladi. Shok alomatlari (belgilari)
kuzatilganda zardob yuborilishi to’xtatiladi va vena ichiga katta hayvonlarga 10 %
Ca Cl eritmasining 50–100 ml yuboriladi. Teri ostiga esa efedrin va kamfora
yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|