|
![](/i/favi32.png) «hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasiumumiy va xususiy xirurgiyaYiringli – rezorbtiv isitma
sepsis oldi holat hisoblanadi. U kuchli yiringli
– nekrotik jarayonlarning qo’shimcha ifodasi sifatida namoyon bo’ladi, masalan:
gangrena, yara, jarohatlar va boshq.
Asosiy belgilari
: tez rivojlanadigan flegmonozli jarayonlar, chuqur
jarohatlar, to’qimali cho’ntaklar va o’yiqlar, ko’p miqdorda o’lgan to’qimalar,
granulyatsion to’qimaning sust o’sishi yoki umuman yo’qligi, ixor yoki ko’p
miqdorda yiring to’planishi.
Toksik moddalar va kuchli qo’zg’alishlar bosh miya po’stloq osti va
po’stlog’ida kuchli qo’zg’alishni va natijada ularning parabioz holatini chaqiradi.
Buning oqibatida albatta organizmning gumoral boshqarilishi ham keskin buziladi.
Barcha yuqorida keltirilgan xodisalar mikroorganizmlarning qonga va limfaga
o’tishiga moyillik yaratadi.
Yiringli – rezorbtiv isitmada organizmning umumiy holati keskin buziladi,
hayvonning ishtahasi yo’qoladi, otlar terlaydi, badani titraydi. Umumiy harorat
yuqori, puls odatda ravon ammo tez bo’ladi. Otlarda qon bosimi sa’l ko’tariladi.
Eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamayadi. Leykoformula ancha siljigan
bo’ladi.
Yiringli – nekrotik o’choqlarni tozalash, o’yiq va cho’ntaklarni xirurgik yo’l
bilan yo’qotish yoki ularni drenajlash kasallik kechishini yaxshilaydi va umuman
to’xtatadi.
Sepsis oldi holat 2–3 kundan 10 kungacha va ko’proq cho’zilishi mumkin.
Surunkali kechishida, jarayon jarohatli darmonsizlanishga o’tadi, asta –
sekinlik bilan mushaklar atrofiyaga uchraydi, ichak – oshqozon yo’llarida va
jigarda distrofik jarayonlar kechadi (sepsis kuzatilmaydi).
Dostları ilə paylaş: |
|
|