29
va tez bo’lib, patologik artmiya kuzatiladi; qon bosimi pasayadi; nafas olishi
tezlashadi. Kecha – kunduz mobaynida tana harorati keskin o’zgaradi (2
o
С ga va
ko’prok). Bunday harorat metastatik absesslar granulyatsiya bilan qoplanishidan
yoki granulyatsion to’siq buzilib, yiring qonga so’rilishidan dalolat beradi. Qonga
toksinlar va mikroblarning to’xtovsiz tushishida haroratning o’zgarishi 1
o
С dan
oshmaydi (ayniqsa qoramollarda).
Kasallik yomon kechganda ya’ni oqibati yomon bo’lganda 1 kun ichida tana
harorati pastga tushib ketadi puls esa o’zgarmaydi yoki tezlashadi. Grafikdagi bu
ko’rsatkichlarning bir – biri bilan o’zaro kesishishi “O’lim xochi” deb ataladi.
Ya’ni bir necha soatdan so’ng hayvon o’ladi.
Jarohatdan olingan surtmalarda o’lgan leykotsitlar, ko’p miqdorda mikroblar
ko’rinadi, poliblastlar protoplazmasida ko’p sonli vakuollar va azurofil donachalar
kuzatiladi, to’qimalar degeneratsiya holatida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: