«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


  Jarrohlik  infeksiya  to’g’risida  tushuncha



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

1.
 
Jarrohlik  infeksiya  to’g’risida  tushuncha.
  Mikroblar,  viruslarning 
organizimga tushishi natijasida rivojlanadigan mahalliy va umumiy kasallik bo’lib, 
uni jarrohlik (oddiy va murakkab operatsiyalar) yo’li, antibiotiklar, sulfanilamidlar 
bilan  davolashda  yaxshi  natijaga  erishadigan    infeksion  jarayonlarga 
jarrohlik 
infeksiya
 deb aytiladi (M.V. Plaxotin.).  
 
Umuman  olganda,  jarrohlik  infeksiya  o’zining  kelib  chikishi  va  rivojlanish 
qonuniyatlari  bilan boshka infeksiyalardan prinsipial fark qilmaydi,  ammo uning 
bazi – bir o’ziga xos xususiyatlari mavjud: 
1. U ko’pincha mahalliy boshlanib, asosan yiringli, bezarar harakterga   
 ega va  kamdan – kam xatarli bo’lishi mumkin. 
2. U asosan turli shikastlanishlar natijasida paydo bo’ladi. 
3. Operativ usullarni ko’llash bilan osonrok  yo’kotiladi. 
Odatda  jarrohlik  infeksiya  qo’zg’atuvchi  (mikrob,  virus,  zamburug’) 
o’rnashib  olgan  joyda  rivojlanadi  va  ko’pchilik  holatlarda  o’tkir  yoki  surunkali 
chegarallangan  yallig’lanish  jarayon  – 
mahalliy  jarrohlik  infeksiya
  ko’rinishida 
kechadi.  Qo’zg’atuvchining  yuqori  patogenligi  va  virulentligida  va  hayvon 
organizmi    himoya  –  moslashuv  reaksiyasining  (yallig’lanish)  yetishmovchiligida 
mikrob,  virus,  zamburug’lar  generalizatsiyasi  (avj  olishi)  boshlanadi,  natijada 
umumiy jarrohlik infeksiya
 – sepsis hosil bo’ladi. Undan tashqari, bir turga mansub 
mikrob,  virus yoki zamburug’ o’rnashsa – 
bir turli infeksiya
 va har – xil turlarga 
mansub mikroorganizmlar o’rnashsa 
aralash infeksiyalar 
tafovut qilinadi. Agarda 
birlamchi bo’lib rivojlangan infeksiya qo’shimcha o’rnashib olgan boshqa turdagi 
mikroorganizmlar bilan murakkablashsa, 
ikkilamchi infeksiya
 hosil bo’ladi. Undan 
tashqari,  jarayon  avvalgi  mikroorganizmlar  bilan  yana  bir  bor  ifloslansa 
qaytalagan    infeksiya
  rivojlanadi.  Kechishi  bo’yicha 
o’tkir  va  surunkali 
infeksiyalar
 tafovut qilinadi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə