Hosila mavzusini o`qitishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati qurbonova Halimaxon


TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL



Yüklə 24,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü24,63 Kb.
#182391
1   2   3
61-63

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Keyingi o‘n yillikda matematika fanini o‘qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy
yo‘nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi
o‘rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o‘yinlarni
ishlab chiqish va boshqalar kiradi [5].
Matematika o‘qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo‘nalishi ayrim o‘quv holatlarini
modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardanfoydalanishning maqsadi, o‘qitishning boshqa
usullari qo‘llanganda tasavvur qilish, ko‘z oldiga keltirilishi qiyin bo‘lgan materiallarni
tushunarli bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o‘quvchilarga
ma’lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko‘rinishida taqdim qilish mumkin. Shu
boisdan ular matematikani chuqur o‘rganish va o‘quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik
namoyon etishga moyil bo‘ladilar.
NATIJALAR
Quyida biz “Hosila” mavzusini o‘qitishda taqdimot slaydlarini tayyorlash bo‘yicha ba’zi
mulohazalarni keltiramiz. Yangi mavzuni bayon qilishda avvalo tayanch iboralar bilan
tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, bitta slaydda 1) funksiya 2) hosila 3) differensial 4)
o‘zgaruvchi 5) orttirma 6) urinma hamda ularning aralash tartibda ingliz tilidagi tarjimasi A)
variable B) differential C) function D) secant E) derivative F) increment berilib, navbatdagi
slaydda to‘g‘ri tartibda 1-C, 2-E, 3-B, 4-A, 5-F, 6-D kabi berilsa, talaba xotirasida bu tayanch
iboralar hamda ularning ingliz tilidagi tarjimasi yaxshi saqlanadi. Odatda bu usulga “Sherigini
top” usuli deyiladi. Hosila mavzusi bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishda funksiya
hosilalari jadvalini esda saqlash muhim hisoblanadi. Bu jadval bitta slaydda o‘z aksini topsa
talabalar ular yordamida misollar yechishida yaxshi samara beradi. Hosilaning geometrik
ma’nosini tushuntirish jarayonidafunksiya grafigiga urinma ko‘rinishini MAPLE dasturi orqali
turli funksiyalarni va mos nuqtalarni tanlab ularga o‘tkazilgan urinmalar namoyish qilinsa
talabalar uni tasavvur qilishi osonlashadi. “Hosila” mavzusining funksiyani hosila yordamida
tekshirish qismini o‘qitishda uning o‘sish kamayish oraliqlarini, eng katta va eng kichik
qiymatlarini topishda kompyuter dasturlaridan foydalanish talabalarda fanga nisbatan qiziqishni
orttiradi.

Yüklə 24,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə