Hosila mavzusini o`qitishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati qurbonova Halimaxon



Yüklə 24,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü24,63 Kb.
#182391
  1   2   3
61-63



Volume 3 issue 2 - 2023
61
HOSILA MAVZUSINI O`QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING
AHAMIYATI
Qurbonova Halimaxon
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instiruti
qoshidagi akademik litsey
Annotatsiya
Ushbu maqolada innovatsion va pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayonida tutgan o‘rni
haqida ba’zi mulohazalar yoritilgan. Matematika kursida “Hosila” mavzusini yoritishda
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari haqida ma’lumot berilgan. Maqolada ushbu
fanni o‘qitishning o`ziga xos tomonlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Darslarda AKTdan
foydalanishning qulayliklari keltirilgan.
Kalit so‘zlar
Hosila, axborot kommunikatsion texnologiyalar, matematika, metod, masala.
KIRISH
Bugungi fan va texnika ilg‘or rivojlanib borayotgan bir vaqtda mashg‘ulotlar jarayonida ta’lim
berishning ilg‘or usullaridan foydalanishning samaradorligi haqida juda ko‘p fikrlar bildirilyapti.
Turli xil ta’lim dasturlari, baholash usullari bugungi ta’lim tizimimizga kirib kelgani ham
bejizga emas.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi sababli barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk
mutaxassislarga bo‘lgan talab yanada oshmoqda. Bu o‘z- o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga
qiziqish xususiyatlarini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyasiga e’tiborini
kuchaytirishni talab etadi [1].
ADABIYOTLAR SHARHI
Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi
kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini
oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Axborot texnologiyalari - axborotni yig‘ish, saqlash, uzatish, o‘zlashtirish,qayta ishlash usul va
vositalari yig‘indisidan iborat. O‘qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda - faqat o‘quv
tarbiya jarayoniga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng yangi axborot texnologiyalari tushiniladi.
Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot
olish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat [3].
Matematika darslarida AKT dan foydalanish uchun avvalo kompyuter

Matn bilan ishlash - Microsoft Word

Jadval bilan ishlash - Microsoft Excel

Ma’lumotlar bazasi - Oracle, Microsoft SQL Server, MS-Access

Prezentatsiya tayyorlash uchun dastur - Microsoft PowerPoint, Movie Maker

Hujjatlarni kompyuter verskasi uchun tayyorlash - PageMaker

Tasvirlar yaratish - Adobe Photoshop

Animatsiyalar bilan ishlash - Flash

Audio va video - Media Player
dasturlari va ulardan foydalanish yo‘llarini bilib olish zarur. Bu yesa kompyuter dasturlari
nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, balki kompyuterni qo‘llash
orqali ularning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi [5].


Volume 3 issue 2 - 2023
62

Yüklə 24,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə