Hozirgi o'zbek adabiy tili”fani darslik va o'quv qo'llanmalarining qiyosiy taxlili



Yüklə 15,31 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü15,31 Kb.
#109631
5Hozirgi o


Hozirgi o'zbek adabiy tili”fani darslik va o'quv qo'llanmalarining qiyosiy taxlili
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” (amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar) nomli ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yutrlari o'zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Ushbu o'quv qoMlanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan tuzilib, 5111200 - o ‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining DTS hamda “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani dasturi asosida ishlab chiqildi. 0 ‘quv qoMlanmada “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanining “Morfemika va so'z yasalishi”, “Morfologiya”, “Sintaksis” bo'limlari bo'yicha tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlarda bajariladigan topshiriqlar tizimi tavsiya etildi. O 'quv qoMlanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika instituti kengashida muhokama etilib, nashrga tavsiya etilgan.
U O ‘K: 811.512.133(076.5) K BK :81.20‘zb-923 ISBN 978-9943-13-748-6 С D. Lutfullayeva, R. Davlatova, M. Sapamiyazova, 2018 © “Iqtisod-Moliya” , 2018 SO ZBOSHI “Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” fanidan o ‘quv rejasiga muvofiq talabalaming mustaqil ishlashlarini tashkil etish, ulami ijodiy fikrlashga o'rgatish hamda izlanish olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlami o'tish rejalashtiriladi. “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlarda talabalaming ma’ruza mashg'ulotida egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish maqsadida o'tilgan mavzular bo'yicha mustaqil tarzda tahlillar, tajribalar olib borish masalasiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda amaliy mashg'ulotlami o ‘qitishning eng ilg'or usullaridan foydalanib ilmiy-nazariy tafakkumi shakllantirishga yo'naltirilgan holda tashkil etish ko‘zda tutiladi. “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan o'tiladigan amaliy mashg'ulotlar avvalo, talabalaming o‘qituvchi hamkorligi va nazoratida olib boradigan o ‘quv-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga qaratiladigan o'qitish shaklidir. Amaliy mashg‘ulotda bajariladigan ishlarning o'qituvchi nazoratida amalga oshirilishi mavzuga doir ilmiy xulosalarning talabalar tomonidan chuqur o ‘zlashtirilishiga yordam beradi. Amaliy mashg‘ulotda mavzu bo‘yicha bajarilishi ko‘zda tutilgan amaliy ishlar nazariy masalani mustaqil tahlil qilishga qaratiladi. Shu sababli har bir amaliy mashg'ulotda talaba izlanish olib borishi, misollami qiyoslashi, tahlil qilishi. til qonuniyatlarini ishlab chiqishi, xulosalar chiqarishi va o'z fikrini to'liq bayon eta olishi lozim bo'ladi.
0 ‘quv qo'llanmada amaliy ishlar mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda belgiland va quyidagi shakllarda tavsiya etildi:
1. Jamoa bo‘lib ishlashga qaratilgan amaliy ishlar.
2. Yakka tartibda ishlashga qaratilgan amaliy ishlar.
Amaliy ishlami bajarishdan avval mavzuga doir nazariy bilimlar yodga olinishi lozim. Shu maqsadda o ‘quv qo‘llanmada har bir amaliy mashg'ulot dastlab o ‘tilgan mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar tahlilini o‘tkazishga qaratilgan topshiriq bilan boshlanadi. 0 ‘quv qo‘llanmada nazariy mavzu bo'yicha turli hajmdagi rangbarang amaliy topshiriqlar berildi. Jumladan, mavzu mohiyatidan kelib 3 chiqqan holda o‘quv qo‘llanmada til birliklarini lingvistik tahlil qilish, faktik materiallami qiyoslash asosida umumlashma xulosalar chiqarish, turli jadvallar bilan ishlash, matnni lingvistik tahlil qilish, ilmiy manbalar ustida ishlash va ularga munosabat bildirish, ilmiy sharhlar yozish kabi turli topshiriqlar ishlab chiqildi. 0 ‘qituvchi ulardan ma’qulini (talabalaming bilim darajasi, belgilangan vaqt kabilar asosida) ixtiyoriy tanlab, mashg‘ulotni tashkil etishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, umumta’lim maktablari uchun yaratilgan “Ona tili” hamda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsliklaridan o‘rin olgan ayrim mashqlar berilib, ular ustida ishlash ham tavsiya etildi. 0 ‘quv qo'llanmadan talabalarga uyga vazifa sifatida beriladigan amaliy topshiriqlar ham o‘rin oldi. Bunday topshiriqlar ham talabalami mustaqil tadqiq o‘tkazish hamda umumlashma xulosalar chiqarishga undaydi. 0 ‘quv qo‘llanma shu fanning “Morfemika va so‘z yasalishi”, “Morfologiya”, “Sintaksis” bo‘limlarini to‘liq qamrab olgan bo‘lib, fanning mazkur bo‘limi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlami o'tishda foydalanishni ko‘zda tutadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani dasturi asosida ishlab chiqildi hamda 5111200 - o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlaming tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirildi. Mazkur o‘quv qo'llanmani tuzishda o‘zbek tilshunosligida shu kunga qadar erishilgan ilmiy natijalar hamda eng so'nggi nazariy xulosalar e’tiborga olindi. 0 ‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining “Morfemika va so‘z yasalishi”, “Morfologiya”, “Sintaksis” bo‘limlari bo‘yicha tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlarini o‘tishda asosiy manba vazifasini o‘taydi.
Yüklə 15,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə