Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar


Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix01.02.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#99938
1   2   3   4   5
1964-Текст статьи-5218-1-10-20221127

Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo 
va yechimlar. 
Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel
859 
hisobga olinadi. Yuqori darajadagi intensiv mashqlarni past darajadagi intensiv mashqlar yoki turli o’rta 
intensiv mashqlar bilan qo’shib olib borish juda maqsadga muvofiqdir.
Mashg’ulotning umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatish bilan olib boriladigan asosiy qismi 
davomiyligi kichik guruxlarda 15 daqiqadan 18 daqiqagacha, o’rta guruxlarda 20 daqiqadan 22 
daqiqagacha, katta guruxlarda 25— 28 daqiqa bo’ladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarsiz o’tkazilganda 
esa uning davomiyligi kichik guruxlarda 8—12 daqiq, o’rta guruxlarda 12—15 daqiqa, katta guruxlarda 
15—20 daqiqani tashkil etadi.
Mashg’ulotning o’yindan so’nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv sur’atdagi 
yurishni o’z ichiga oladi. U umumiy ko’zgaluvchanlikning pasayishiga va pulьsning me’yoriylashishiga 
yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Ba’zi 
xollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli o’yin bilan almashtirilishi xam mumkin. Yurish 
yoki uni almashtiruvchi o’yin so’nggida mashg’ulotga yakun yasaladi va bolalar boshqa faoliyatga 
o’tadilar. Mashg’ulotning yakunlovchi qismi davomiyligi kichik guruxlarda 2 daqiqadan 3 daqiqagacha, 
o’rta va katta guruxlarda 3 daqiqadan 4 daqiqagacha bo’ladi. Butun mashg’ulotning davomiyligi kichik 
guruxlarda 1,5—20 daqiqani, o’rta guruxlarda 20—25 daqiqani, katta guruxlarda 30—35 daqiqani tashkil 
etadi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida bolalarda harakat ko’nikmalarining rivojlanishi bilan 
bir vaqtida tezkorlik, chaqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, kuch kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi..
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari belgilanadigan o’quv ishi tavsifiga muvofiq rejalashtiriladi: bir xil 
mashg’ulotlarda asosiy e’tibor bolalarni yangi jismoniy mashqlarni avval o’rganilgani bilan birga 
o’rgatishga; ikkinchi xil mashg’ulotlarda harakat materialining bolalar tomonidan o’zlashtirish darajasi
bajarilish sifati va miqdoriy natijasi vaqti- vaqti bilan tekshirib turiladi: uchinchi xil mashg’ulotlarda 
bolalarga tanish mashqlar takomillashtirish maqsadida variantlardan foydalangan xolda takrorlanadi va 
xokazo. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə