Hozirgi zamon ekologik muammolar va ularning insoniyatga


“Uzbekistan-China: development of



Yüklə 67,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü67,6 Kb.
#165068
1   2   3   4   5
hozirgi-zamon-ekologik-muammolar-va-ularning-insoniyatga-ta-siri-haqida

“Uzbekistan-China: development of 
cultural, historical, scientific and 
economic relations” 
 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
764 
w
www.oriens.uz
November 
2022
 
har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, 
Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari 
o‘sib bormoqda.
Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar, ya’ni, birinchidan, 
ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik 
ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. 
Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; 
ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini 
doimiy suvlashtirish yo‘li bilan “Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. 
Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan 
tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang 
ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi. Undan tashqari ekologiyaga katta 
o‘zgarishiga Olimlar kelgusi yuz yillik davomida hasharotlar qirilib ketishi mumkinligidan 
ogohlantirishmoqda. Ulardan keyin hasharot bilan oziqlanuvchi jonivorlar va ular bilan 
changlanuvchi o‘simliklar ham yo‘q bo‘lishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun tadqiqotchilar 
qishloq xo‘jaligini yuritish tizimini qayta ko‘rib chiqishni maslahat berishmoqda. Aynan shu sabab 
hasharotlar yashash joylarini yo‘qotib halok bo‘lishmoqda. Kelgusi o‘n yilliklarda hasharotlarning 
deyarli yarmi yo‘qolishi mumkin. Kapalaklar, asalarilar va qo‘ng‘izlar eng ko‘p jabr ko‘radigan 
hasharotlar bo‘lishi kutilmoqda, deya ogohlantirishmoqda Sidney universiteti va Xitoy qishloq 
xo‘jalik fanlari akademiyasi olimlari. Asosiy sabab - yashash joyining yo‘qolishi. “Buning natijasi 
fojiali bo‘ladi, zero hasharotlar dunyodagi ko‘p ekotizimlarning asosi hisoblanadi”, - deya 
ta’kidlashmoqda tadqiqotchilar. Ular turli mamlakatlardagi hasharotlarning qisqarishiga doir olib 
borilgan 73 tadqiqotni tahlil qilib chiqishdi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyoradagi hasharotlarning 
umumiy massasi yiliga 2,5 foizga kamayayotgan ekan, bu esa ularning keyingi yuz yillikda yo‘q 
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.Olimlarning izohiga ko‘ra, intensiv qishloq xo‘jaligiga o‘tish 
hasharotlarning yashash joyini yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda. Ular, shuningdek, hasharotlar yo‘q 
bo‘lishining boshqa sabablarini ham keltirishmoqda va o‘g‘itlardan ifloslanish, biologik omillar 
(patogenlar ta’siri, begona turlar tomonidan yo‘q qilinishi yoki almashishi) va iqlim o‘zgarishi. 
Iqlim o‘zgarishi ayniqsa tropik mintaqalarda muhim ahamiyatga ega. Shunday bo‘lsa-da, 
hasharotlarning qirilishiga asosiy sabab sifatida qishloq xo‘jaligi etib ko‘rsatilmoqda. Agar biz oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish usullarimizni o‘zgartirmasak, hasharotlar bir necha o‘n 
yilliklardan keyin deyarli yo‘q bo‘lib ketadi. Buning natijasida esa ekotizimlar fojiali tus 
oladiHasharotlarning yo‘qolishi zanjirli reaksiyaga olib keladi - ko‘plab qushlar, sudralib 
yurvuchilar, yer yuzi va suvda yashovchi jonivorlar ochlikdan halok boladi. Tabiatimizni asrash
uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik 
ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan 
har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchdir .

Yüklə 67,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə