Hozirgi zamon ekologik muammolar va ularning insoniyatga


-  Respublika ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash korxonalari assotsiatsiyasi; -



Yüklə 67,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix30.12.2023
ölçüsü67,6 Kb.
#165068
1   2   3   4   5
hozirgi-zamon-ekologik-muammolar-va-ularning-insoniyatga-ta-siri-haqida


Respublika ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash korxonalari assotsiatsiyasi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi va billing 
tizimi asosida davlat unitar korxonasi shaklida ekologik axborot markazi, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va multimediyani joriy etish.
Davlat ekologiya qo‘mitasi qoshida O‘zbekiston ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish 
ilmiy-tekshirish instituti, O‘zbekiston ekologik qo‘mitasi, «Eko-Energiya» Ilmiyinnovatsion 
markazi, Ilmiy-Axborotlar markazi kabi bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati mamlakat ekologik 
xavfsizligini va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof 
This article provides important information about 
the great damage caused to nature by environmental 
degradation, the development of many international 
concepts and presidential decrees to maintain the 
environment in balance.


“Uzbekistan-China: development of 
cultural, historical, scientific and 
economic relations” 
 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
763 
w
www.oriens.uz
November 
2022
 
muhitga zararli ta’sirini oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish, chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishga 
yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bir qator xalqaro 
konventsiyalar va tegishli rivojlanish protokollari ratifikatsiyalariga qo‘shildi: Ozon qatlamini 
himoya qilish bo‘yicha Vena konventsiyasi (18/05/1993 y.); Ozon qatlamini buzadigan moddalar 
bo‘yicha Monreal protokoli (18/05/1993 y.); London Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha 
Monreal protokoliga o‘zgartirishlar kiritish (01/05/1998 y.); Ozon qatlamini buzadigan moddalar 
bo‘yicha Monreal protokoliga Kopengagen o‘zgartirish (01/05/1998 y.); Transchegaraviy suv 
oqimlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha BMTning YTK konventsiyasi; Tabiiy 
muhitga ta’sir etuvchi harbiy yoki boshqa dushmanona maqsadlardagi vositalaridan foydalanilishini 
taqiqlanishiga oid Konventsiya (05/26/1993 y.); Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Asosiy konventsiya 
(20/06/1993) (Kyoto protokoli, 1999 y.); Jiddiy qurg‘oqchilik va yoki cho‘llanishga uchragan 
mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada, cho‘llanishga qarshi kurash konventsiyasi (31/08/1995 y.); Xavfli 
chiqindilarning transchegaraviy harakatlarini nazorat qilish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha Bazel 
konventsiyasi (12/22/1995 y.); Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konventsiya (06/05/1995 y.); 
Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish konventsiyasi (22.12.1995 y.); Yo‘qolib 
borish xavfidagi yovvoyi fauna va floraning xalqaro savdosi bo‘yicha konventsiyalar (25/04/1997 
y.); Ko‘chmanchi yovvoyi hayvonot turlarini saqlash konventsiyasi O‘zbekiston Respublikasi 
BMTning «Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Vena Konventsiyasining tarafi 
hisoblanadi. Vena Konventsiyasini imzolash orqali O‘zbekiston Respublikasi quyidagi 
majburiyatlarni qabul qildi: – ozon qatlamining holatini tizimli muntazam kuzatish vaboshqa 
tegishli parametrlar; – ozon qatlamining holatini o‘zgartirish yoki o‘zgartirish imkoniyatini yaratib, 
ushbu faoliyat salbiy ta’sirga ega ekanligi aniqlansa, o‘z yurisdiktsiyasiga kiradigan inson 
faoliyatini nazorat qilish, cheklash, kamaytirish yoki oldini olish uchun tegishli qonuniy yoki 
ma’muriy choralar ko‘rish; – ushbu Konventsiya protokol va ilovalarni amalga oshirish uchun 
kelishilgan chora tadbirlar, protseduralar va standartlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish; –ushbu 
Konventsiya va protokollarni samarali bajarish maqsadida vakolatli xalqaro organlar bilan 
hamkorlik qilish. «Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risida»gi Vena Konventsiyasi ko‘p 
tomonlama ekologik kelishuvdir. 1985 yilda Vena konferentsiyasida kelishib olindi va 1988 yildan 
kuchga kirdi, bu ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha xalqaro harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi.
Bu yuqoridagi qonunlar va kanvensiya ekologik buzilishlar rivojini kamaytirib va kelajak 
avlotga yetqazish tabiatni asrash uchun ishlab chiqilan. O‘zbekistonda ham ekologik buzilishlar 
zamon rivojlangan sari ko‘rinishlari tobora ortib bormoqda .
Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof -muhitda 
sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer 
sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 
qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli 
antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. 
Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi 
hisoblangan. “Orol muammosi” vujudga keldi. Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni 
isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya 
maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) 
kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha 
yetdi. Orol dengizi deyarli “o‘lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni 
tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda 



Yüklə 67,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə