Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting



Yüklə 411,85 Kb.
səhifə1/2
tarix10.11.2023
ölçüsü411,85 Kb.
#132847
  1   2
Nosirov Sherzodbek. Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting (копия)

xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting


Bajardi: Nosirov Sherzodbek

Reja

1. Xalqaro kredit


Xalqaro kredit — davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga beriladigan kreditlar; pul va moddiy vositalarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakati. Xalqaro kredit jahon xoʻjaligiiint paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq. Xalqaro kreditning moxiyati, shakli va vazifalari ijtimoiyiqtisodiy sharoitga qarab oʻzgarib turadi.
Muddatiga koʻra qisqa (1 yilgacha), oʻrta (1 yildan 5—7 yilgacha), uzoq (5—7 yildan koʻp) muddatli boʻladi. Firma kreditlari asosan qisqa va oʻrta muddatlarda tovar shaklida taqdim etiladi. Bank kreditlari tijorat yoki eksportimport banklari tomonidan yirik loyihalarni moliyalashtirishda qoʻllaniladi. 20-asrning 50-yillaridan boshlab davlatlararo kreditlar keng tus oldi. Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va tarakqiyot banki, Yevropa tiklanish va tarakkiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqa banklar faoliyatida aʼzo mamlakatlarga kreditlar ajratish muhim oʻrinda turadi. 20-asr oxirlaridan Xalqaro kreditning lizing, faktoring va qoplanma bitishuvlar boʻyicha kreditlar turlari keng tarqaldi
2.Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring
Faktoring (“factoring” inglizcha “factor” – vositachi so’zini anglatadi) – ixtisoslashgan moliyaviy kompaniya tomonidan mahsulotni sotuvchining sotib oluvchiga bo’lgan pul talablarini sotib olish shaklidagi kreditdir. Xalqaro faktoring – eksportyorning importyorga to’lanmagan mablag’lari bo’yicha to’lov talabnomasini faktoring kompaniyasi (odatda bank) tomonidan sotib olish orqali eksportni kreditlash shakli hisoblanadi. Faktoring fompaniyalarining rivojlanishi 1960 yillardan boshlangan bo’lib, to’lovlarni kechikishi, amalga oshmasligi hamda eksportyorlarni kreditlarga bo’lgan talablarini ortib borishi bunga sabab bo’lgan. Uning tarixiy shakli “koloniya” ko’rinishidagi faktoring hisoblanadi.
Unda tovarlar oldi-sotdisi, omborxona va komission operatsiyalar amalga oshirilgan. Qadimda va o’rta asrlarda xaridorlar guruhi yangi bozorlarda tovarlarni sotish bo’yicha agentlar rolini o’ynaganlar. Bu tovar faktoring deb yuritilgan. Moliyaviy faktoringlar dastlab AQShda 1890 yillarda Evropadan gazlama importini qisqartirish va shu yo’l bilan milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida paydo bo’lgan. Bu kabi operatsiyadar ikkinchi jahon urishidan so’ng keng ko’lamda taraqqiy topdi. Mablag’larni talab qilish muddati kelguncha ekportyorni avanslagan holda faktoring kompaniyasi uni kreditlaydi. Kreditlash hajmi mijozning kreditni to’lash qobiliyatiga ko’ra hisob-faktura summasining 70-90 foizi miqdorida bo’ladi. Qolgan 10-30 foizi kreditning foizi qilib hisoblanadi va komission hizmatlar xarajati mijoz hisobidan to’lanadi. Ushbu hisobvaroq mablag’lari faktoring kompaniya o’z zimmasiga olmagan tijorat risklarini (tovar sifatining talabga javob bermasligi, bog’lamining butligi, narx bo’yicha tortishuv va boshqalar) qoplashga hizmat qiladi. To’lov talabnomasini inkassatsiya qilingandan keyin faktoring kompaniyasi hisobni yopadi va eksportyorga uning qoldig’ini, shuningdek muddati o’tkazib yuborilganligi uchun iprotyor to’lagan jarimalar bilan birga qaytaradi. Shartnomani tuzishi nuqtai nazaridan faktoringni quyidagi turlari farqlanadi: • O’zaro (ikki faktoringli) - eksportyor va importyor mamlakatiga mos ravishda tashqi iqtisodiy bitimlarga xizmat ko’rsatuvchi ikkita faktoring kompaniyasining o’zaro munosabatlari ko’rib chiqiladi;
• to’g’ridan-to’g’ri import – eksport tushumlarini inkassatsiya qilish yo’li bilan yoki importyorga to’lov kafolatini berish orqali eksportyor bilan tuziladigan iportyor mamlakatlarida faktoring xizmat ko’rsatish (doimiy bitim) shartnomalari
• to’g’ridan-to’g’ri eksport – eksportyorning mamlakatida o’z zimmasiga kredit riskini oluvchi faktoring kompaniya bilan faktoring shartnomasini tuzish. Bunda faktoring kompaniyasi importyorni to’lov qobiliyatiga baho beradi va unga taqdim etilgan hisob-fakturalarni inkassatsiya qiladi. 

Yüklə 411,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə