Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting


Xalqaro kredit operatsiyalarida forfeyting



Yüklə 411,85 Kb.
səhifə2/2
tarix10.11.2023
ölçüsü411,85 Kb.
#132847
1   2
Nosirov Sherzodbek. Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting (копия)

3. Xalqaro kredit operatsiyalarida forfeyting
Forfeyting (inglizcha “forfeiting”, frantsuzcha “a forfait” degan so’zlardan olingan bo’lib, butunlay, to’laligicha, umumiy, yalpi summa degan ma’nolarni anglatadi) bir martalik to’liq to’lov evaziga to’lovchiga ma’lum bir huquqlar taqdim etilishini bildirib, forfet kompaniya yoki bank tomonidan veksellarni hamda boshqa qarz majburiyatlarini to’liq muddatga, oldindan belgilangan shartlar asosida sotib olinishi hisoblanadi. Forfeyting xalqaro savdo va xizmatlar ko’rsatish sohasida mahsulotlar va xizmatlar bo’yicha kelajakda olinishi lozim bo’lgan tushumlar o’rniga mablag’larni o’sha kunning o’zida olish imkoniyatini yaratganligi uchun ham keng qo’llaniladi. Eksport forfeytingi bu chet ellik importyordan eksportyorning to’lov talabnomalarini forfeytor tomonidan sotib olish shaklidagi kredit hisoblanadi.
Forfeytor o’zi to’langan summani o’rnini qoplash uchun eksportyordan importyor jo’natgan to’lov qimmatli qog’ozini regress (muomala) huquqisiz to’liq muddatga sotib oladi. “Regress huquqisiz” tushunchasi barcha risklar va javobgarlik qarzdor zimmasiga olinishini bildiradi. Forfeyting qimmatli qog’ozlarining asosiy turlari oddiy va o’tkazma veksellar hisoblanadi. Ular bilan operatsiyalar oson va sodda amalga oshiriladi. Veksellardan tashqari forfeyting ob’ekti bo’lib akkreditiv shaklidagi majburiyatlar olinishi mumkin. Akkreditiv xisob-kitob va pulli xujjat hisoblanadi. Bir bankning (kredit tashkilotining) boshqasiga transportga yuklab jo’natilgan mahsulot hujjatlari asosida maxsus hisobda saqlanayotgan mablag’larni o’tkazish yoki akkreditivni taqdim etuvchiga ma’lum bir summani to’lash to’g’risidagi topshiriig’ini o’zida namoyon etadi. Hujjatli akkreditiv chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan bo’lishi mumkin. Chaqirib olinmaydigan akkreditivda uning barcha shartlarga rioya etgan holda tijorat hujjatlarini bank-emitentga taqdim etilganda to’lovlarni amalga oshirish belgilangan. Eksportni kreditlash shakli sifatida forfeyting quyidagi xususiyatlarga ega: 
• Amalda ma’lum to’lov talabnomalarini sotib olish. Forfeyting shartnoma qiymatining 100 foizigacha kreditlashni o’z ichiga olishi mumkin (bunda bojxona xarajatlari hisobga olinmaydi);
- yirik summadagi (250 ming AQSh dollaridan ortiq) va uzoq muddatli bitimlarda (6 oydan 10 yilgacha bo’lgan bitimlarda) foydalaniladi. Bunda eksportyor roziligi talab etiladi; - importyor qarzlari birinchi toifali banklar tomonidan avallangan (kafolatlangan) veksellar shaklida rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak, bu shart ularni qayta hisobga olib borish uchun zarurdir. Veksellarni uzatish indossament orqali rasmiylashtiriladi
yuqori qiymat. Veksellar hisobi ma’lum bir davlatning yoki LIBOR stavka orqali amalga oshiriladi, shuningdek qa’iy stavkadan ham foydalanish mumkin. Diskont hajmi (LIBOR+% (valyuta shartnomalarida o’rtacha 7-12,5% yillik stavka bo’ladi)) forfeytor o’ziga qabul qilgan risk, veksel muddati va valyutaga bog’liq.; - faktoringga xos bo’lgan barcha risklar (to’lovni, o’tkazmalarni amalga oshmasligi, valyutaviy va boshqalar) mavjud bo’lib, shuningdek, unga uzoq muddatli qarz talabnomalariga ega bo’lish bilan bog’liq bo’lgan risklar ham ko’shiladi; - forfetingdagi risklar hisobiga veksellar va boshqa qarz majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni o’tkazish usullari muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda shuning uchun ushbu operatsiyaga qatnashuvchi banklar o’zaro korrespondentlik tarmoqlaridan foydalanishadi; - forfeyting lizingdan oddiy xujjatlarni rasmiylashtirish bilan farq qilib, keyinchalik tasdiqlash hisobiga odatda telefon orqali amalga oshiriladi; - forfeytingdan davlat va mahalliy tizimida foydalanish mumkin shuningdek, eksport kafolat ostida moliyalashtiriladi. 

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 411,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə