Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlar evolyutsiyasi



Yüklə 397,03 Kb.
səhifə4/8
tarix21.10.2023
ölçüsü397,03 Kb.
#129401
1   2   3   4   5   6   7   8
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLAR EVOLYUTSIYASI

ASARI


Pol Entoni Samuelson (1915–2009) – Amerika iqtisodchisi, iqtisodiy fanlar sohasida tahlil qilishning umumiy darajasini rivojlantirish qaratilgan statik va dinamik iqtisodiy nazariyani ishlab chiqish bo‘yicha iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti (1970) lauriyati177.
U 1948-yilda nashr etilgan “Iqtisodiyot: kirish tahlili” deb nomlangan eng mashhur kitobning muallifi. Bu asar keynsianizm tamoyillarini tushuntiruvchi ikkinchi Amerika kitobi edi. Hozirgi kunga qadar bu kitob 19 marta nashrdan chiqib, butun dunyo bo‘ylab sotuvlar soni 4 million nusxaga etdi, kitob 40 tilga tarjima qilindi. Massachusets Texnologiyalar Institutining iqtisod professori Jeyms Poterbaruenning ta’kidlashicha, Samuelson
o‘zining kitoblari bilan zamonaviy iqtisod nazariyasida buyuk tadqiqotchi va pedagog sifatida "katta meros qoldirdi".
Pol Samuelson Indiana Shtatining Gari shahridagi po‘lat temir shaharchasida, yahudiy immigrantlardan bo‘lgan polshalik dorixonachi Frank Samuelson va Pola Ella Lipton oilasida tug‘ilgan. 1935-yilda Chikago universitetida o‘qib, bakalavr darajasini oldi. 1936-yilda magistr darajasiga, 1941-yilda esa Garvard universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Massachusetts Texnologiya Instituti professori bo‘lib ishladi. 1948-yilda u Guggenheim stipendiyasini oldi. 1960-yillarda u prezident J.Kennedi va L.Jonsonning iqtisodiy maslahatchisi bo‘lib ishladi.
1965-68-yillar xalqaro iqtisodiy assotsiatsiya prezidenti. 1952-yili ekonometrik jamiyatning prezidenti. 1960-yili Britaniya akademi- yasining a’zosi. 1961-yil Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti. 1947-yili J. B. Klark, 1996-yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining Milliy medallari bilan taqdirlangan.
2009-yil 13-dekabrda Massachusets Shtatidagi Belmont shahrida o‘z uyda olamdan o‘tdi.
“Neoklassik sintez” (neoklassik mikroekonomika va keynesianlik makroiqtisodiyotni bir-biriga birlashtirishi natijasida vujudga kelgan) va neo-keyneschilik yo‘nalishlarining asoschilaridan biri hisoblanadi.
1961-yilda Samuelson 1984-yildan 1997-yilgacha Sovet Ittifoqi iqtisodiyoti hajmi bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlaridan o‘zib ketishini taxmin qilgandi (prognoz oqlanmadi).

Yüklə 397,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə