Hujjatlashtirish va inventarizartsiya



Yüklə 67,76 Kb.
səhifə22/22
tarix29.01.2022
ölçüsü67,76 Kb.
#83244
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
mustaqil ish bugalteriya

Korxona tovarlar va boshqa moddiy zahiralari inventarizatsiya qilinayotganda, ular mol etkazib beruvchilar o‘rovlarida saqlanayotgan bo‘lsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklarni ba’zi birlarigina o‘lchanishi, sanalishi mumkin, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan o‘tkazishi shart bo‘ladi. Ko‘p miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda, inventarizatsiya komissiya a’zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish qaydnomalariga ma’lumotlarini aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki o‘lchash oxiriga borganda ushbu qaydnomalar ma’lumotlari umumlashtirilib, jami ko‘rsatkichlar inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettiriladi.

O‘lchash dalolatnomalari, texnik hisoblashish va tortish qaydnomalari inventarizatsiya ro‘yxatiga ilova qilinishi shart.

Korxona mulklari haqiqiy miqdori inventarizatsiya orqali aniqlanayotganda, moddiy javobgar shaxs qatnashmogi lozimdir.

Inventarizatsiya dalolatnomalari va inventarizatsiya ro‘yxatlari yozma ravishda, shuningdek, hisoblash texnikasi va yozuv mashinalari orqali to‘ldirilishi mumkin. Ushbu hujjatlarni to‘ldirishda o‘chirib yozishlar va bo‘yashlarga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Inventarizatsiya qilinayotgan tovar moddiy boyliklari va boshqa ob’ektlari inventarizatsiya yozuvlariga aks ettiriladi. Inventarizatsiya ob’ektlari ular analitik hisobi ro‘yxati bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxatiga tartib raqami, o‘lchov birligi, miqdori aks ettirilib boriladi.


Yüklə 67,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə