Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama



Yüklə 453,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix27.12.2023
ölçüsü453,88 Kb.
#164017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama

O’zbek yozuvi tarixi
.
O’rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. 
Eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida Eron, O’rta Osiyo va boshqa o’lkalarda 
oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan 
oldingi I-III asrlarda oromoy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari 
ham ishlatilgan. 
Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshladi. 
Avesto, Xorazm, Sug’d, kushon, run, uyg’ur yozuvi va boshqa yozuvlar shular 
jumlasidandir. 
Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analari saqlab qolgan 
yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug’d yozuvi qo’llanila boshlandi. Bu yozuv 
taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri III asrning boshlarida Xorazm 
shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi.
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlarning O’rxun-Enisoy yozuvidan keng 


9
foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enisey 
daryosi qirg’oqlaridagi O’rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi 
Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida 
olimlar bu yodgorliklarni o’qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov 
yodgorlikdagi yozuvlarni o’qishga muyassar bo’ldilar. O’rxun-Enisey yozuvi 
turkiy xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.
VII-VIII asrlarda O’rta Osiyo arablar tomonidan istelo qilindi. Shu davrdan 
boshlab O’rta Osiyo jumladan o’zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila 
boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi. 
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo’lishi bilan birga, o’zbek tilining 
tovushlarini to’la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan ilg’or fikrli 
kishilar arab alifbosi yuzasidan o’z fikrlarini bildirishga xarakat qilganlar. 
Chunonchi, Bobur o’zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv 
amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining lotin harflari 
asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi. 
O’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o’zbek alifbosiga 
o’tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to’liq amalga oshirildi. Ammo bu 
yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o’zbek yozuvi 
yangi alifboga o’tish haqidagi yangi alifboga o’tish haqidagi qonun qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qilinganidan so’nglotin yozuvi 
asosidagi o’zbek alifbosi masalasini o’rtaga qo’ydi. Bu masala O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-
sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy 
etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni amaliyotga joriy qilish 
borasida qizg’in ishlar olib borildi. “O’zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni 
xozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ularning shakllari yuzasidan fikr 
mulohazalar paydo bo’ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek 


10
alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qarorga o’zgartirishlarning kiritilishi to’g’risida 
qaror qabul qilindi. 

Yüklə 453,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə