Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama



Yüklə 453,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix27.12.2023
ölçüsü453,88 Kb.
#164017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama

3-YOZUV HAQIDA MA’LUMOT 
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi. Yozuv 
tushunchasi tilning tovush elementlari (so’z, bo’g’in, tovush)ni ifodalovchi 
belgilarnigina emas, balki piktgrafiya, ideografiya shakllarini ham o’z ichiga oladi. 
Bular aloqa qilish belgilari yig’indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira 
yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo’yilgan. 
Urug‘chilik tuzimi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo’ldi. Kishilik 
jamiyati kichik va tarqoq oila - urug’lardan tashkil topgan darvda kishilar bir-
birlari bilan faqat og’zaki nutq yordamida fikr almashgan. Yirik urug’ va qabila 
jamoalarining tarkib topishi bilan og’zaki nutqni uzoqqa yetkazish va uni zamon 
bilan mustahkamlash ehtiyoji tug’iladi. 
Insoniyatning shu ehtiyoji zaminida yozuv paydo bolgan. Boshida yozuv 
bilan bir qatorda grafik shaklga ega bolmagan usullar ham qo’llanilgan (mis, 
iplarni tugib qo’yish). Bunday belgilar ibtidoiy odamlar hayotida qo’llanilgan. Bu 
yozuvning qoldiqlari hozir ham urug’-qabilalarining tamg’alari, shimoliy 
indeyeslarning chig’anoq marjonlari, biror ijtimoiy tabaqaning xususiy mulkini 
ifodalovcbi belgilar va boshqa shakllarda mavjud. 


7
Yozuv zamon va masofa jihatidan og’zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega. 
Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor,internet) natijasida undagi 
ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham 
ogzaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan juda 
ko’p yodgorliklar yozuvning paydo bolishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish 
imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil 
bir bo’limi sifatida ajratishga olib keldi. 
1. Turli tipdagi Misr iyeogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida 
fransuz olimi Shampalon tomonidan o’qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida Evans 
o’qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o’qigan Kipr surat yozuvlari ham 
Misr surat yozuvlari tipiga kiradi. 
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda 
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom, 
xala, xet-kappodokiya, fars tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XIX-asr 
boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi. 
3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng 
qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari XIX-
asring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy arab, oramey 
yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida topilgan). Ko’pchilik 
mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg’ur va urxun-enesey yozuvlari ham aslida 
oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni 19-asrning 90-yillarida tilshunos 
olimlari V.Tomsen va V.Radlov deshifrovka qilganlar. 
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti va 
boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII 
asrdayoq ilm axliga ma’lum bo’ladi va ularning grammatik jihatdan o’rganilishi 
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko’rsatdi. 
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika 
indeeslarida aloqa quroli sifatida qo’llanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari 
shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo’lgani uchun unda ideografik yozuv bilan bir 


8
qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi 
quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o’tagan. Chunki 
quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi. 
Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet 
bilan yozuv shakli o’rtasidagi o’xshashlik yo’qoldi, belgi so’zning simvoli bo’lib 
qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir. 
Papirus yozish uchun maxsus tayyoqcha va bo’yoqning kashf etilishi 
yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug’dirdi. Hozir yer yuzida 
quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan. 
1) Latin yozuvi (dunyo axolisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik 
arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy 
yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo’g’inli xind yozuvi (20% ga yaqini) qolgan boshqa 
yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va bulardan 
dunyo axolisining 5% ga yaqini foydalanadi. 

Yüklə 453,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə