41
Amalda dengiz sathiga yaqin balandlikda va taxminan ekvator hamda shimoliy
Qutb oralig‘ida joylashgan bizning ko‘pchilik shaharlarimizda kosmik nurlanish
dozasining quvvati taxminan 0,5mZv/yil ga teng bo‘ladi.
18-24 km balandlikka ko‘tarilib uchuvchi tovushdan
tez uchar samolyotlarda
kosmik nurlanish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan samolyot
Moskvadan Xabarovskga uchganda aviayo‘lovchi 0,01
mZv dozadagi nurlanish
oladi. Shu sababli ko‘pchilik avialaynerlar bortida maxsus dozimetrik o‘lchov
uskunalari bo‘lib, radiatsiya xavfli darajaga etganda xavf (trevoga) signali (ishorasi)
beradi. Nurlanish dozasi 0,5 mZv/soatga etganda samolyot uchish balandligini
kamaytirishi kerak.
Eng katta xavfli kosmik nurlar bevosita koinotning o‘zida tug‘diradi, chunki u
erda nafaqat ko‘p miqdordagi
geliy atomi yadrolari, balki boshqa, orbitalaridagi
elektronlaridan forig‘ bo‘lgan turli atomlarning og‘ir ion-yadrolari mavjud bo‘ladi va
katta tezlik bilan harakatlanadi. Bu kosmik parvozlar xavfsizligini ta’minlashning
qiyinchiliklaridan yuiriga sabab bo‘ladi. Amalda yuksak energiyaga ega bo‘lgan turli
og‘ir ionlardan to‘liq ximoyalangan kosmik kemani yaratib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: