117
17-MA’RUZA
O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi. O‘zgarmas tok elektr
mashinalarining ishlatilish sohalari. O‘zgarmas tok generatorlari.
REJA:
1.
Elektr mashinalarida qaytuvchanlik.
2.
O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlashi.
3.
O‘zgarmas tok mashinalarining ish rejimlari va qo‘llanilishi.
1.
Elektr mashinalarida qaytuvchanlik
Agar Faradeyning elektromagnit induksiya qonuniga e’tibor bersak,
elektr
energiyasini mexanik energiyaga, yoki aksincha, mexanik energiyani elektr energiyasiga
aylantirishning mexanizmlari bir xil. Ya’ni elektr mashinasi ham generator, ham dvigatel
rejimlarida ishlashi mumkin. Bu elektr mashinalarining (ayniqsa o‘zgarmas tok
mashinalarining) qaytuvchanlik xususiyatlari deb yuritiladi.
Magnit qutblari orasidagi o‘tkazgichni (17.1-a rasm) V yo‘nalishda hrakatlantirilsa,
bu o‘tkazgichda rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi tok hosil bo‘ladi (qurilma
generator
sifatida ishlaydi). Agar, aksincha shu o‘tkazgichdan rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi
tok o‘tkazilsa, o‘tkazgichga
F
ЭМ
yo‘nalishda Amper kuchi ta’sir qiladi va o‘tkazgich V
yo‘nalishda harakatga keladi (qurilma dvigatel sifatida ishlaydi). O‘zgarmas tok
mashinasi aynan shu prinsip asosida ishlaydi. Uning dvigatel
rejimida ishlashida
manbaning elektr energiyasi hisobiga mexanik harakat (energiya) hosil qilinadi.
Aksincha, agar o‘tkazgich tashqi mexanik kuch (energiya) ta’sirida harakatlantirilsa
unda elektr toki (elektr energiyasi) hosil bo‘ladi, bunda
mashina generator rejimida
ishlagan bo‘ladi. Elektr mashinalari qaytuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgani
bilan
amalda generator va dvigatellar konstruksiyalari jihatidan bir-biridan biroz farq qiladi.
Bitta mashinadan ham generator, ham dvigatel sifatida foydalanish kam samara beradi.
a)
b)
17.1-rasm.
Elektr mashinasining qaytuvchanlik xususiyatiga doir.
a)
mashina modeli, b) mashinaning tuzilishi.
118
Lekin
shunga qaramay, ba’zan qurilmalarning umumiy
massasini kamaytirish
maqsadida bitta qurilmadan ham generator, ham dvigatel sifatida foydalanilgan holatlar
ham uchraydi.