17-ma’ruza o‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi. O‘zgarmas tok elektr mashinalarining ishlatilish sohalari. O‘zgarmas tok generatorlari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix07.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#126059
1   2   3   4   5   6   7
17-ma\'ruza. O‘zgarmas tok mashinasi

O‘zakdagi isroflar. 
Elektr energiyasi o‘zakda magnit maydon hosil qiladi.
 
Mashinaning o‘zaklarida hosil
 
qilingan magnit maydonning hammasi ham 
elektromagnitik jarayonlarda qatnashmaydi. Magnit maydoni o‘zak bo‘ylab 
tarqalganda uning bir qismi sochilib ketadi. Odatda bu sochilishni kamaytirish uchun 
mashinalarda o‘zaklar turli konstruksion ko‘rinishlarda yasaladi. Uyurmali toklar 
hisobiga sodir bo‘luvchi isroflar ham o‘zakdagi magnitik isroflarga kiradi. Magnit 
maydon isroflari mashinadagi isrofning asosiy qismini tashkil qiladi. 
Mexanik isroflar. 
Bu isrof,
 
mashinaning harakatlanuvchi mexanik qismlaridagi
 
(masalan
 
podshipniklardagi) ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyadir. 
Mexanik isroflarni ikkiga ajratish mumkin, ishqalanishni yengishga sarflangan 
isroflar va havoning qarshiligini yengishga sarflangan isroflar. Ishqalanishga 
sarflangan isroflar asosan aylanuvchi va o‘zaro tegib turuvchi yuzalarda paydo 
bo‘ladi (masalan, podshipniklarda). Bu isroflar mashina rotori aylanishi tezligining 
uchinchi darajasiga proporsional. Bu isrofni kamaytirish uchun ishqalanish kuchi 
turli mexanik usullar bilan kamaytiriladi, Masalan podshipniklar moylanadi, 
ishqalanuvchi sirtlar sayqallanadi va hokazo. 
Mexanik isroflar va o‘zakdagi magnitik isroflar mashinaning salt rejim isroflari, 
deb ham yuritiladi. Chunki, mashinaning yuklamasiz salt ishlash rejimida
mashinaga berilayotgan quvvatning hammasi aynan shu isroflarni yengishga 
sarflanadi. Demak, mashinaning salt rejimda iste’mol qilayotgan quvvatini mexanik 
va magnitik isroflar quvvati deb qabul qilish mumkin. 
O‘zgaruvchan isroflar
Ushbu isroflarni yuqorida ko‘rib o‘tilgan isrof 
turlariga kiritib bo‘lmaydi. Bu isroflar mashina ishlashidagi tashqi muhitning ta’siri 
va mashinaning yuklangan darajasiga bog‘liq holda kelib chiqadi. Bunday isrofga 
masalan mashinani katta yuklama bilan ishlagandagi qizib ketishi va bu qizish 
natijasida mashinada yuzaga keluvchi isroflarni kiritish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, 
bunday isroflar asosan mashina nominal ish rejimining buzilishi oqibatida yuzaga 
keladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə