17-ma’ruza o‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi. O‘zgarmas tok elektr mashinalarining ishlatilish sohalari. O‘zgarmas tok generatorlari


-rasm. Ikkita ramkali mashina va tashqi zanjirdagi kuchlanish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#126059
1   2   3   4   5   6   7
17-ma\'ruza. O‘zgarmas tok mashinasi

17.3-rasm.
Ikkita ramkali mashina va tashqi zanjirdagi kuchlanish. 
 
Kollektor. 
Elektr mashinalarida texnologik jihatdan murakkab masalalardan biri,
 
mashinaning aylanuvchi
 
qismi yakor bilan uning qo‘g‘almas qismi induktorni elektr 
jihatdan ulashdir. Mashinada bu vazifa kollektor-cho‘tka tizimi amalga oshiradi. 
Kollektor yakorning o‘qiga maxkamlangan holda aylanadi, cho‘tka kollektor 
plastinkalariga tegib turadi (17.4-rasm). Kollektor zanjiridagi tok cho‘tka yordamida 
tashqi zanjrga ulanadi (elektr dvigatelda aksincha, taqi manba toki cho‘tka orqali 
kollektor zanjiriga beriladi). 
 
17.4-rasm.
O‘zgarmas tok mashinasining yakor-kollektor qismi va kollektordagi 
pulsatsiyali kuchlanish. 


120 
O‘zgarmas tok generatorida kollektor mexanik to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi
shuning uchun ham o‘zgarmas tok mashinalari ba’zan kollektorli mashinalar deb ham 
ataladi (17.5-rasm). 
17.5-rasm.
Kollektor va cho‘tkaning mashinada joylashgan holati. 
Kollektor plastinkalari rangli metalldan, odatda misdan ishlanadi. Yakor 
chulg‘amining uchlari kollektor plastikalariga tutashadi. Bunda chulg‘am uchlari 
tutashgan plastinkalar kolektorda o‘zaro 180° ostida joylashgan bo‘lib, musbat va
manfiy qutblarni hosil qiladi. 
Cho‘tka. 
Kollektor plastinkalariga tegib turuvchi cho‘tkalar yumshoqroq 
materialdan,
 
asosan grafitdan
 
tayyorlanadi. 
(Izoh:
aslida o‘zbek lug‘atida cho‘tka (ruscha - Щётка so‘zining buzilgan formasi) so‘zi 
bo‘lmasa ham, keng iste’molga kirib ketganligi uchun shu so‘z ishlatildi.) 
a) 
b) 
17.6 -rasm. 
O‘zgarmas tok generatori cho‘tkalarning turlari (a) va cho‘tkaning tutqichi (b). 
Bu grafit kontaktlar maxsus asoslarga o‘rnatilgan bo‘ladi va elastik prujinalar 
yordamida kollektor plastinkasiga uncha katta bo‘lmagan kuch bilan bosilib turadi. 
Amalda mashina turiga qarab cho‘tka va cho‘tkani tutib turuvchi tutqichlari 
konstruksiyalar turlicha bo‘lishi mumkin (17.6-rasm). 


121 
Mashinaning ishlashi davomida cho‘tka tez yeyilib ketadi va almashtirib turiladi. 
Shuning uchun konstruksiyalarda bu hisobga olinib, cho‘tkani almashtirish osonroq qilib 
ishlanadi (17.7-rasm). 
(17.7-rasm).
O‘zgarmas tok mashinasi kollektor-cho‘tka qismi va cho‘tkasi. 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uzoq vaqt ishlash davomida grafit cho‘tka kollektor 
plastinkasiga ishqalanib uni qoraytirib qo‘ygan. Lekin bunda kollektor plastinkasi 
yemirilmasligi kerak. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə