Trekerning gaz taqsimlash mexanizmi



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə1/2
tarix11.03.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#102325
  1   2
TREKERNING GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI


TREKERNING GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI
Reja:



  1. Krivoship shatun mexanizmining dvigatelda kullanilishining zarurati va uning vazifasi;

  2. KShmning joylashuv buyicha turlari;

  3. KShmning tuzilishi, tashkil etuvchi detallari;

  4. KShmnign ishlash usuli.

  5. Gaz taksimlash mexanizmining dvigatyelda kullanilishining zarurati va uning vazifasi;

  6. GTMning joylashuv buyicha turlari;

  7. GTMnig tuzilishi, tashkil etuvchi detallari;GTMning ishlash usuli.

KRIVOShiP-ShaTUN MEXANIZMI


Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilama-kaytma xarakatini tirsakli valning aylanma xarakatiga uzgartirib beradi.


Krivoship-shatunli mexanizm kuyidagi detallardan tashkil topgan:
Tsilindrlar bloki, silindrlar blokining golovkasi, silindr gilzalari, porshen va porshen xalkalari, porshen barmoklari, shatunlar, tirsakli val va uning podshipniklari (vkladishlari), maxovik va dvigatyel kartyeri.
Tsilindrlar bloki
Dvigatyelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir buladi. Silindrlar bloki dvigatyelning asosiy bazis detali bulib u tuzilish jixatidan nisbatan murakkab xisoblanadi. Shuning uchun silindrlar blokini tayyorlash nisbatan kimmatga tushadi. Silindrlar blokini ishlash muddatini oshirish maksadida yuk avtomobili va ayrim yengil avtomobili dvigatyellarida uni gilzali kilib tayyorlanadi (1-rasm). Silindr yuzalari, yoyilish natijasida, yaroksiz xolatga kelsa gilzalarni 2 almashtirish bilan silindrlar blokini 3 kaytatdan tiklanadi. Ba'zi dvigatyellarda (GAZ – 24, GAZ – 53 A, ZIL – 130) silindrlar gilzasining ichki yukori kismiga yupka devorli kalta gilza 1 tigizlab (presslab) urnatiladi. Bunday gilzalar yoyilishga chidamli, zanglamaydigan legirli (xrom, nikel, molibden, mis) chuyandan tayyorlanadi.
ZIL, MAZ, KamAZ avtomobillari dvigatyelining silindrlar bloki oddiy chuyandan, VAZ, TIKO, Damas, Neksiya (oldingi modeli S1) avtomobillari dvigatyelida gilzasiz bloklar (1-rasm, b) kullangan bulib ular yukori sifatli legirlangan chuyandan tayyorlangan. GAZ-3102, GAZ-53 A, Neksiya (keyingi modeli S2) avtomobillari dvigatyelida alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan silindrlar bloki kullanilib ularga sifatli chuyan gilza urnatilgan.

Tsilindrlar bloki golovkasi


Deyarli barcha karbyuratorli, injektorli dvigatyellarda silindrlar bloki golovkasi alyuminiyli kotishmadan tayyorlanadi. Bunday golovkalar yengil va issiklikni yaxshi utkazuvchan buladi. Bunday xususiyat dvigatyelning sikish darajasini, kuvvatini yonilgi tyejamligini oshirish imkoniyatini beradi. Dizel dvigatyellarida silindrlar bloki golovkasi legirlangan chuyandan tayyorlanadi. Silindrlar golovkasining ichki kismi kavaksimon bulib, sovituvchi suyuklik uchun suv gilofi xisoblanadi. Sovituvchi suyuklik suv gilofida aylanib turishi kerak. Shuning uchun silindrlar golovkasini silindrlar bloki bilan zich tutashtirish maksadida ular orasiga pulat asbestli kistirma (prokladki) kuyiladi va shpilka bilan maxkamlanadi.


Porshen

Tsilindr ichida sodir buladigan ish siklining barcha jarayonlari porshen yordamida bajariladi. Porshen yukori bosim va tyemperatura sharoitida ishlaydi, bundan tashkari unga uzgaruvchan inertsiya kuchlari ta'sir etadi. Shuning uchun porshen kuyidagi talablarga javob berish kerak: Issiklik utkazuvchan, yedirilishga chidamli va yengil bulishi kerak. Alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan porshen bunday talablarga tularok javob beradi. Lekin alyuminiyli kotishmadan tayyorganlan porshen chuyanga nisbatan issiklikdan kengayish koeffitsiyenti 1,5 % 2 marta kup. Bu kamchilikni porshenning ma'lum kostruktsiyasiga binoan yukotiladi. Ya'ni porshen yubkasining oval formada bulishi, yubkada «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklarni bulishi xisobiga uni silindr ichida kiziganda kadalib kolmasdan xarakatlanishini ta'minlanadi. Porshen yubkasi bilan silindr orasidagi zazor 0,05 % 0,10 mm buladi (2-rasm, a).
YamZ va KamAZ – 740 dvigatyellarining porsheni yubkasida (yukorida aytilgan porshenlar kabi) «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklar ishlanmagan. Chunki bunday porshenlar, tarkibida 30 foiz kremniy bulgan alyuminiyli kotishmadan tayyorlanganligi uchun issiklikdan kam kengayish xususiyatiga ega. Lekin bu porshenlar xam buyiga konusli, yubka kesimi esa oval shaklida ishlangan.
Porshen golovkasida porshen xalkalari uchun arikchalar yasalgan. Ayrim dvigatyellarda (KamAZ, ZIL-130 ) yukoridagi arikchani chidamligini oshirish maksadida uni tubiga chuyan xalka kuyiladi. Sungra chuyan xalkada kompression xalka uchun arikcha uyiladi.
Porshen yubkasining yuzasi silindrning ichki yuzasiga yaxshi moslashib ishlashini ta'minlash uchun uning tashki yuzasi yupka (0,004…0,006 mm) kalinlikda kalaylanadi.
Porshen xalkalari. Porshen xalkalar uzining vazifasiga kura kompression va moy sidirgichli buladi. Kospression xalkalar porshenning silindrda jipsligini ta'minlaydi. Natijada porshen yukorisidagi gazlarni kartyerga utishidan saklaydi.
Moy sidirgich xalkalar silindr yuzasidagi ortikcha moylarni sidirib kartyerga kayta tushiradi. Shu bilan moylarni yonish kamerasiga utib ketishidan saklaydi. Porshen xalkalari maxsus chuyandan tayyorlanadi. Ayrim xollarda pulatdan xam tayyorlanishi mumkin.
Yukoridagi kompression xalka uta kizigan gazlar zonasida ishlaydi. Shuning uchun birinchi xalkani kattikligini, yeyilishga chidamliligini oshirish maksadida uning tashki yuzasi gavaksimon xrom bilan koplanadi. Pastki kompression xalkalarning yuzasi esa yupka kalay bilan koplanadi.
Ba'zi dvigatyellarda (ZIL-130 …… ) moy sidirgich xalkalar bir necha kismdan tashkil topgan bulib, ya'ni ular ikkita pulatdan tayyorlangan yupka disksimon xalka, uk buylab kengaytirgich va radial kengaytirgichdan tashkil topgan. Porshen xalkalari silindrda kadalib kolmasdan, elastik xususiyatga ega bulgan xolda ishlashini ta'minlash uchun ularni maxsus kesik (kulfli) kilib tayyorlanadi. Xalkalar silindrga urnatilganda kulfdagi zazor 0,2 ... 0,5 mm buladi.

Porshen barmogi


Porshen barmogi porshen bilan shatunni uzaro sharnirli xolda biriktirib turadi. Porshen barmogini nisbatan yengil bulishligi uchun uni kavakli kilib tayyorlanadi.


Shatun va shatun podshipniklari


Shatun porshenni tirsakli valning shatun buyni bilan birlashtiradi. Shatun, shuningdek porshenning tugri chizikli ilgarilama-kaytma xarkatini tirsakli valning aylanma xarkatiga uzgartirib berishda xam xizmat kiladi.
Shatun asosan kuyidagi elementlardan iborat (2-rasm, b).
Shatunning pastki golovkasiga yupka ishkalanishni kamaytiradigan antifriktsion kotishma kuyilgan vklado`shlar urnatiladi. Vklado`shlar pulat lenta (karbyuratorli dvigatyellarda 1,3…1,8 mm, dizel dvigatyellarida 2…3,6 mm kalinlikda) yuzasiga yupka antifriktsion katlam (karbyuratorlida-0,25…0,40 mm, dizelda – 0,3…0,7 mm) koplaniladi. Antifriktsion, katlam sifatida karbyuratorli dvigatyellarda kalay-alyuminiyli kotishma (30 % kalay) va dizellarda kurgoshinli bronza (30 % bronza) ishlatiladi. Vklado`shlarni shatunning pastki golovkasiga anik urnatish uchun chikik yasalgan

Tirsakli val va uzak podshipniklar.


Tirsakli val porshen orkali shatundan berilayotgan kuchni kabul kilib aylanma xarakat kiladi. Tirsakli val kuyidagi asosiy kismlardan tashkil topgan (2-rasm, v): tayanch vazifasini bajaruvchi uzak buyinlar, shatunning pastki kallagi birikadigan shatun buyinlar, uzak va shatun buyinlarni birlashtiruvchi jaglar, tirsakli valning posongilari, maxovik urnatish uchun flanets.


Tirsakli valni bolgalash (kovanno`y) usuli bilan legirlangan pulatdan tayyorlanadi. Ayrim dvigatyellarda (GAZ-53A, GAZ-24 VAZ avtomobillari ) maxsus yukori sifatli chuyandan kuyiladi. Buyinlariga tyermik ishlov beriladi, keyin jilvirlanadi va saykal beriladi.

Maxovik
Maxovik dvigatyelning ishlashi jarayonida tirsakli valning bir tyekis aylanishini ta'minlaydi. Ish yuli taktida maxovik energiya yigib kushimcha taktlarni bajarilishida va porshenni, chekka nuktalardan utishida tirsakli valni aylanishiga yordam beradi. Yigilgan energiya xisobiga dvigatyelni ut olishini onsonlashtiradi va avtomobilni urnidan kuzgalishini yengillashtiradi. Maxovikka dvigatyelni startyer bilan ut oldirish uchun tishli gardish tigizlab urnatilgan.


Maxovik tirsakli val bilan birgalikda nixoyatda yaxshi (thatyelno) muvozanatlashtiriladi.

Dvigatyelni ramaga maxkamlash


Dvigatyel uziga urnatilgan barcha asbob-uskunalar bilan ramaga puxta va shu bilan birga avtomobil tyebranganda uning kronshtyeynlariga zurikish kelmasligi uchun elastik ravishda biriktiriladi. Avtomobil dvigatyellari ramaga uch (barcha yengil va ZIL-130, MAZ-500 avtomobil dvigatyellari) turt (GAZ-53 A) va besh (KamAZ) joydan maxkamlanadi. Maxkamlanadigan joylarida rezina yostikchalar urnatilgan.

GAZ TAKSIMLASh MEXANIZMI


Gaz taksimlash mexanizmi klapanlarni ochish va yopish bilan silindrlarga uz vaktida yonuvchi oralashmani (karbyuratorli, gazli, injektorli dvigatyellarda) yoki xavoni (dizellarda) kiritish xamda ishlatilgan gazlarni chikarib yuborish uchun xizmat kiladi. Shuningdek gaz taksimlash mexanizmi silindrlarni yonuvchi aralashma yoki xavo bilan kuprok tuldirilishini va ishlatilgan gazlardan yaxshirok tozalanishini xam ta'minlaydi.


Avtomobil dvigatyellarida asosan klapanli gaz taksimlash mexanizm urnatiladi. Klapanlarning joylashuviga karab gaz taksimlash mexanizmlari pastda joylashgan klapanli yoki yukorida joylashgan klapanlilarga bulinadi.
Turt taktli dvigatyellarning ish sikli davomida uning tirsakli vali ikki marta aylanganda xar bir klapan bir martadan ochilishi kerak buladi. Shuning uchun tirsakli val ikki marta aylanganda dvigatyelning taksimlash vali bir marta aylanishi lozim. Taksimlash valini tirsakli valga nisbatan ikki marta sekin aylanishini ta'minlash uchun ularning yuritmasidagi uzatish soni 2:1 kilinadi.
Xozirgi zamon avtomobil dvigatyellarida konstruktsiyasi nisbatan murakkab bulishiga karamasdan klapanlari yukorida, silindrlar blokining golovkasida joylashgan gaz taksimlash mexanizmlaridan foydalanilmokda. Chunki bunday mexanizmlarda silindrning yonish kamerasi ixcham, sikish darajasi va silindrning yonuvchi aralashma bilan tuldirilishi yukori buladi. Bu esa uz navbatida dvigatyelning kuvvatini va yonilgi tyejamligini taxminan 10 % ga oshiradi. Bunday gaz taksimlash mexanizmi kuyidagi detallardan tashkil topadi (1-rasm): taksimlash vali shestyernya yoki tishli shkiv bilan, turtkilar, shtangalar, koromo`slolar, koromo`slo uki, klapanlar, maxkamlovchi detallari, klapan prujinalari, yunaltiruvchi vtulka va boshkalar.
Dvigatyel ishlayotganda, ish jarayonni normal bajarilishi uchun klapan styerjeni bilan koromo`sloning uchi oraligida kerakli issiklik tirkishi (zazor) koldiriladi. Issiklik tirkishi turli dvigatyellarda turlicha bulib 0,15…0,30 mm. Oraligida buladi. Issiklik tirkishi bulishining sababi klapanlarning kizishi natijasida uning styerjeni uzayadi. Shunda, agar tirkish bulmasa, klapan styerjen koromo`sloga tiralib kolib yukoriga emas pastga chuziladi. Natijada klapanning kallagi uz urindigi (sedlo) ga jips urnashmaydi. Bu xol ish jarayonni (sikish yoki ish yuli taktlari) buzilishiga olib keladi.
Ayrim, xozirgi zamon avtomobil dvigatyellarida gaz taksimlash mexanizmida «gidrokompensator» tuzilmasi kullash bilan klapanlar, tirkishsiz kilib urnatilmokda. Bunday konstruktsiyani kullash gaz taksimlash mexanizmining shovkinsiz ishlashini ta'minlaydi. Shuningdek tirkishni rostlash bilan boglik bulgan ortikcha ishlardan xoli etadi. Gidrokompensatorni turlicha joylashtirish usullari rasmda keltirilgan.
Yangi rusumli S2 Neksiya avtomobilining dvigatyelida (xar silindrda turtadan klapan) gidrokompensator turktkich ichida joylashtirilgan. (3-rasm). Gidrokompensator dvigatyelning moylash tizimi bilan boglangan.
Tirkish kompensatori kuyidagicha ishlaydi: klapanning yopik xolatida turtkich 5 plunjer prujinasi 6 ta'sirida taksimlash valining mushtchasiga, gilza 3 esa klapan styerjnining 8 uchiga tiralib turadi. A va B bushliklarida moy bosimi bir xil bulib, tyeskari klapan 4 uz urindigiga prujinasi 9 bilan kisilgan. Taksimlash valining mushtchasi turtkichni 5 pastga surganda, u plunjerga 2 ta'sir etadi. Plujerni gilza ichida pastga surilishi B bushligida moy bosimini ortishiga olib keladi. Yukori bosim ta'sirida moy gilza bilan plujer oraligida radial tirkishdan turtkich bushligiga oz mikdorda sizib utadi. Ishlash davomida mushtchani klapanga ta'sir etish vakti juda kiska bulgani uchun, kisman moyni V bushligiga sizib utishi, amalda turtkich bilan gilzani birgalikda, bir yaxlit bulib, ishlashiga ya'ni klapanni uz vaktida ochilishiga ta'sir kursatmaydi. Demak, klapan kizib styerjanning uzayishi moyni B bushligidan V bushligiga sizib utishi xisobiga buladi.
Klapanni yopilgan fazasida B bushligidagi bosim A bushligidagiga nibatan pasayadi. Shunda bosimni pasayishini tizimdan kelayotgan moy xisobiga yukotiladi. Ya'ni A bushligidan B bushligiga bosimning farki ta'sirida tyeskari klapan ochilib moyning kami tuldiriladi. Natijada klapan yuritmasida doimo tirkishsiz (bezzazornoye sopryajeniye) xolat ta'minlanadi.

Gaz taksimlash mexanizmining fazalari.


Turt taktli dvigatyelning ishlash printsipi bayon kilinganda, xar bir takt tirsakli val 180 O ga burilganda sodir bulib, klapanlar porshen chekka nuktalariga yetganida ochilishi yoki yopilishi mumkinligi shartli ravishda olingan edi. Dvigatyel kuvvatini oshirish uchun silindr yonuvchi aralashma yoki xavo bilan kuprok tuldarilishi va ishlatilgan gazlardan yaxshirok tozalanishi zarur. Lekin kiritish va chikarish jarayonlari juda kiska vakt ichida utadi. Bu vakt dvigatyelning tyezligiga boglik bulib, 0.05….0.008 s ga tyeng. Bundan tashkari klapanlar , darxol ochilmaydi, natijada silindr kiritish taktida yonuvchi aralashma yoki xavo bilan yetarli tulmaydi, chikarish taktida esa ishlatilgan gazlardan tula tozalana olmaydi. Bu jarayonning ketishini yaxshilash uchun klapanlar porshen biror chekka nuktaga yetmasdan oldinrok ochilishi va boshka chekka nuktadan utgandan keyinrok yopilishi kerak. Natijada klapanlarning ochiklik davri tirsakli valning 180O burilishiga nisbatan kuprok buladi.


Odatda klapanlarning ochilishi va yopilishi xolati tirsakli valning aylanish burchagi buyicha karalib, porshenning chekka nuktalariga nisbatan graduslarda ifodalanadi. Shunday kilib kiritish va chikarish klapanlarining porshen chekka nuktalariga nisbatan ochik turish dvrini tirsakli valning aylanish burchaklari orkali ifodalanishi gaz taksimlash fazalari deb ataladi.
Jadvalda ishlab chikarilayotgan ba'zi avtomobil dvigatyellarining gaz taksimlash fazalari keltirilgan.
Avtomobil dvigatyellarining gaz taksimlash fazalari (tirsakli valning aylanish burchagi buyicha graduslari)



Dvigatyel

Kiritish
klapani

Kiritish
Davri

Chikarish klapani

Chikarish davri

Ikki klapanning baravariga ochik turishi

p.ch.n
gacha ochilishi

Y.ch.n.
dan sung yopilishi

Y.ch.n
gacha ochilishi



p.ch.n.
dan sung yopilishi

UAZ 451 DM
GAZ-51 A
GAZ-53 A
ZIL-130
YamZ-236
GAZ-24 D
VAZ-2101

24
9
24
21
20
12
12

64
51
64
75
56
60
40

268
240
268
276
256
252
232

58
47
50
57
56
54
42

30
13
22
39
20
18
10

268
240
252
276
256
252
232

54
22
46
60
40
30
22



Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə