Ionlashtiruvchi nurlanish ta’siridan himoyalanish Jamoaviy himoya. Bu GOST 12.4.120-83 bilan belgilanadi «Ionlashuvchi
nurlanishdan jamoaviy muhofaza vositalari. Umumiy talablar». Unga asosan
jamoaviy muhofaza vositalari bo‘lib harakatlanadigan va harakatlanmaydigan himoya
ekranlari, ionlashuvchi nurlanish manbalarini tashuvchi va saqlovchi hamda radiaktiv
moddalarni (chiqindilarni) yig‘uvchi va olib ketuvchi konteynerlar, himoya seyflari
va bokslari hisoblanadi.
Ionlashuvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda xavfli zona ogohlantiruvchi va
taqiqlovchi yozuvlar va belgilar bilan ko‘rsatilishi kerak (5.6-rasm).
Harakatlanadigan
va
harakatlanmaydigan
himoya
ekranlari
ish
joylarida
nurlanishning ruxsat etiladigan miqdorigacha pasaytirish uchun xizmat qiladi. Agarda
ish ionlashuvchi nurlanishlar bilan maxsus binoda-ishchi kamerada o‘tkaziladigan
bo‘lsa ekrani sifatida himoya materiallaridan qilingan uning devorlari, pol va shiplari
130
xizmat qiladi. Bunday ekranlar doimiy hisoblanadi. Harakatlanuvchi ekran sifatida
nurlarni yutuvchi yoki kuchini kamaytiruvchi turli xil to‘siqlar ishlatiladi.
5.6-rasm. Radiatsion xavli zonani ko‘rsatuvchi belgilar
To‘siqlar qalinligi ionlashuvchi nurlanish turiga, himoya materialining
xususiyatiga va nurlanishni kamaytirish soni(turli)ga bog‘liq. Quyida (5.10-jadval) γ
nuri va neytron nurlanishni yarimga kamaytirish qatlam qalinligining son qiymati
keltirilgan.
k ning qiymati nurlanishning energetik ko‘rsatkichlarini (ekspozitsion
dozaning quvvati, yutilgan doza, zarrachalar oqimining zichligi va b.) ruxsat etilgan
miqdorga kamaytirish uchun necha marta kamaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
Masalan, yutilgan doza uchun
k ,
0
D D k =
(5.10)
bu erda:
D – yutilgan doza quvvati;
D 0
– yutilgan dozaning ruxsat etilgan
darajasi
Harakatlanmaydigan devor, tom, yopmalar kabi himoya vositalari qurilishi
uchun g‘isht, beton, baritobeton va baritli (tarkibi BaSO
4
) suvoq ishlatiladi. Bu
131
materiallar xodimlarni γ nurlanish, rentgen va neytron nurlanish ta’siridan ishonchli
himoyalaydi.