128
-nuqtaviy nurlanish jadalligi vaqt birligi ichida hosil bo‘ladigan kvantlar yoki
zarrachalarga proporsional va masofa kvadratiga teskari proporsional;
-nurlanish jadalligini to‘siqlar yordamida kamaytirish mumkin.
Ko‘rsatilgan qonuniyatlardan radiatsion xavfsizlikni ta’minlash metodlari kelib
chiqadi: manbalar quvvatini eng kam miqdorgacha kamaytirish (miqdoriy himoya);
manbalar bilan ishlash davomiyligini qisqartirish (vaqtiy himoya); manba bilan
ishlash joyi masofasini uzaytirish (masofaviy himoya) va manbani materiallar bilan
ekranlashtirish (ekranli himoya).
Miqdoriy himoya
da radioaktiv moddalar miqdorini minimal darajaga tushirib
ishlash ko‘zda tutiladi, ammo amaliyotda bunga texnologik jarayonlar har doim ham
imkoniyat beravermaydi. Shuning uchun miqdoriy himoyani qo‘llash ma’lum
darajada cheklangandir.
Vaqtiy himoya
da manba bilan ishlash vaqtini qisqartiriladi, bu xodimning
nurlanish dozasini kamayishiga olib keladi. Bu prinsip xodimni ishlashida ko‘proq
qo‘llaniladi.
Masofaviy himoya
bu etarlicha oddiy va ishonchli metod hisoblanadi. Ma’lumki
nurlanishning tarqalishi masofa ko‘payishi bilan kamayib boradi, energiya quvvati
pasayadi. Xodimning nurlanish dozasini kamayishiga asos bo‘ladi.
Ekranli himoya
nurlanishdan himoyalanishning ancha samarali usuli
hisoblanadi. Ionlashuvchi nurlanishning turiga bog‘liq holda ekran sifatida
foydalaniladigan material qalinligi va o‘lchamlari aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: