I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Odamlarni ko‘chirishga tayyorlash va ko‘chirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Odamlarni ko‘chirishga tayyorlash va ko‘chirish 
Odamlarni ehtimoliy ko‘chirishga tayyorlash eng zarur narsalarni yig‘ishdan 
boshlanadi. Bular: hujjatlar, pul, shaxsiy kiyim, mahsulotlar, dori-darmon, hamda 
sintetik plenkali plash, rezina etik, qo‘lqoplar va boshqalar.
Buyumlar va mahsulotlarni chemodanlarga, yuk sumkalariga, qoplarga, sun’iy 
plenkalarga o‘ralgan holada joylash kerak. Ularning og‘irligi bir kishiga mos bo‘lishi 
va transportda harakatlanganda qulay bo‘lishi kerak. Har bir yukka tamg‘a (birka) 
qo‘yilishi va unda familiyasi, ismi, yashash joyi, ko‘chiriladigan manzil ko‘rsatilgan 
bo‘lishi kerak.
Ko‘chirishga tayyorgarlik davrida mahalliy axborot vositalariga e’tiborli bo‘lish 
kerak. Qanday choralar ko‘rilayotgani va ko‘rilishi to‘g‘risida xabarsiz qolmaslik 
kerak.
Har bir oila ko‘chirishga tayyorlash organi va yig‘uv joyi,transportga o‘tkazish, 
maxsus kiyimlar tarqatish, ko‘chirish yo‘li to‘g‘risida ma’lumotga oldindan ega 
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Ko‘chirish to‘g‘risida xabar kelishi bilan, binodan chiqishdan oldin 
muzlatgichni mahsulotlardan bo‘shatish va elektr tarmog‘idan uzish, elektr va gaz 
priborlarini o‘chirish, axlat va boshqalarni chiqarib tashlash kerak. Binodan chiqishda 
unga “uyda (kvartirada) yashovchilar yo‘q” degan yozuvni eshigiga qadab qo‘yish 
kerak. Ko‘chiriluvchilar belgilangan vaqtda yig‘uv joyiga etib kelishi kerak.
Ko‘chada bo‘lgan vaqtda nafas yo‘llarini va terini himoyalovchi vositalardan 
foydalanish kerak, jomodon va yuk xaltalarini erga qo‘ymaslik, buning uchun qog‘oz 
va shunga o‘xshash materiallardan foydalanish, chang ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak. Harakat davomida erga va boshqa mahalliy narsalar ustiga o‘tirmaslik, bo‘yli 


123 
o‘simliklar ustidan yurmaslik kerak. Harakat davomida ovqatlanmaslik va ichmaslik 
kerak. Transport vositalariga o‘tirishdan oldin teri himoya vositalarini va buyumlarni 
va kiyimlarni qisman zararsizlantiriladi. Buning uchun ularni silkitiladi, qoqiladi, 
artiladi. Terining ochiq joylari ham yuviladi, ho‘l material bilan artiladi. Transport 
vositasiga o‘tkazilgandan so‘ng tashqariga chiqish uchun hech kimga ruxsat 
berilmaydi.
Odamlarni transport vositasiga o‘tkazishda yoki piyodalar kolonnasini tuzishda 
ko‘chirish komissiyasi vakili tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Radioaktiv 
ifloslanishni tarqalmasligi maqsadida himoya kiyimlarini zararsizlantirish etarlicha 
bo‘lmasa ularni topshirishga ko‘rsatma berishi mumkin.
Ko‘chiriluvchilar yig‘uv punktiga etib kelgandan so‘ng ularni transport 
vositalaridan tushirish katta boshliqning komandasi asosida bajariladi. Etib kelganlar 
barchasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi va yashash joylariga tarqatiladi.
Zaruriyat bo‘lganda barcha himoya vositalari zararsizlantirish uchun 
topshiriladi. Keyin sovun bilan yuviniladi, og‘iz, tomoq va burun toza suv bilan 
chayiladi. So‘ng radiatsion nazoratdan o‘tiladi va toza kiyim oladi, kiyimlar kiyiladi. 
Ko‘chirilgan aholi mahalliy hukumat ko‘rsatmalariga to‘liq itoat etishlari kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə