I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Ifloslangan joyda yashash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Ifloslangan joyda yashash
Joydagi radiatsiya darajasi 1 mZv/yil ga etguncha aholini yashashi va ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq faoliyati hech qanday chegaralovlarni talab etmaydi. Bunday 
joylarda sanitar –gigienik tadbirlar etarlidir. Vahima va qo‘rqichlarga asos yo‘q.
Nurlanish dozasi tabiiy fonga nisbatan 1 mZv/yildan yuqori bo‘lgan joylarda 
muhofaza tadbirlarini o‘tkazish zarur bo‘ladi. Bunga quyidagilar kiradi:
-havoda, tuproqda, suvda va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida radionuklidlarni 
kamaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar;
-zaruriyat bo‘lganda atrof-muhit va oziq-ovqat mahsulotlari ustidan radiatsion 
nazoratni o‘tkazish;
-binolarga atrof-muhitdan tushadigan, rentgen tashxis ishlarida va radonni 
ta’siridan doza yuklanishini kamaytirish.
Binodagi yig‘ishtiruv ishlari yuzalarni ho‘l usul bilan amalga oshiriladi. Polas 
materiallarini siltab changitish kerak emas, ularni chang yutkich yoqi ho‘l latta bilan 
tozalanadi. Ko‘chaga kiyadigan oyoq kiyimi maxsus idishda chayib, ayniqsa ostini 
so‘ng ho‘l vetosh bilan artiladi va so‘ng bo‘saxonada qoldiriladi. Iloji bo‘lsa ust 
kiyimlarni ham uy ichiga kiritish kerak emas. Chang yutkich axlatini maxsus idishga 
tashlash kerak.


124 
Uy hovlisini agarda qattiq qoplamasi bo‘lsa namlanadi, qoplama bo‘lmaganda
o‘tlar o‘riladi, yo‘laklardan grunt ustki qatlami qirqib olinadi va namlanadi.
Dala ishlarini bajarishda respiratordan, changga qarshi maskalardan, smenalik 
kiyimboshlardan foydalaniladi. Ish kuni so‘ngida albatta dush qabul qilish kerak.
Dehqonchilik ishlarini bajarishda radiaktiv zararlanishni kamaytirish maqsadida 
erga ohak, kaliy va boshqa o‘g‘itlar sepiladi. Erdan kartoshka, sabzavot va poliz 
xosilini yig‘ishtirib olishda erga tashlanmaydi. Ularni radiatsion nazoratdan o‘tkazish 
kerak bo‘ladi. Radiaktiv ifloslanganlik aniqlangan taqdirda ularni yuviladi va qayta
tekshiruvdan o‘tkaziladi, ular iste’molga yaroqli bo‘lsa ishlatiladi, yaroqsiz holatda 
yo‘qotishga yuboriladi.
Barcha qishloq xo‘jaligi hayvonlaridan, parrandalardan, asalaridan olinadigan
mahsulotlar qisman radiatsion nazoratdan o‘tkaziladi. Ularda radioaktivlik 
aniqlangan taqdirda tayyorlov tashkilotlariga zararsizlantirish bilan sotishga beriladi 
yoki yo‘qotiladi.
Respublika 
bosh 
sanitar 
vrachi 
tomonidan 
seziy-137, 
seziy-134 
radionuklidlarining ruxsat etiladigan miqdori belgilanadi. Masalan, Rossiya hukumati 
uchun belgilangan normalar quyida berilgan (5.9-jadval).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə