I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
 
5.8. Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda
aholini va hududlarni muhofazalash metodlari
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda muhofaza metodlari
Ionlashuvchi nurlanish manbalarini bilan ishlashda radiatsion nurlanish 
xavfliligini baholashda ochiq, yopiq va aralash turlarga bo‘lib baholanadi.
Yopiq
manbalar tashqi muxitdan to‘liq ajratilgan bo‘ladi. Bular insonga faqat 
tashqaridan ta’sir etishi mumkin. 
Ochiq 
manba deb shunday agregat holatidagi va 
qobiqdagi radioaktiv moddalar bo‘lib, atrofga tarqalishi va organizm ichiga tushishi 
mumkin bo‘lgan holat tushuniladi. 
Aralash
ga neytron nurlanish yopiq manbalari 
kirib, u neytronlar bilan tashqi nurlanish orqali odam organizmiga tushadi va 
kutilmagan radioaktivlikni hosil qiladi.
Yopiq manbalar bilan ishlashda tashqi nurlanishdan himoyalanish talab etiladi. 
Ochiq radioaktiv moddalar bilan ishlashda tashqi nurlanishdangina himoyalanmay 
shu bilan birgalikda radioaktiv moddalarni organizmga tushishidan ham 
himoyalanish talab etiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishda ochiq va yopiq 
ionlashuvchi nurlanishlar bilan ishlash uchun xavfsizlik alohida xavfsizlik talablari 
ishlab chiqilgan.
Yopiq manbalar bilan ishlash himoya tadbirlari 
ionlashuvchi nurlanishning 
tarqalishi va moddalar bilan o‘zaro ta’siri qonuniyatini o‘rganishga asoslangan:
-tashqi nurlanish dozasi uning jadalligiga va ta’sir etishiga proporsional;


128 
-nuqtaviy nurlanish jadalligi vaqt birligi ichida hosil bo‘ladigan kvantlar yoki 
zarrachalarga proporsional va masofa kvadratiga teskari proporsional;
-nurlanish jadalligini to‘siqlar yordamida kamaytirish mumkin.
Ko‘rsatilgan qonuniyatlardan radiatsion xavfsizlikni ta’minlash metodlari kelib 
chiqadi: manbalar quvvatini eng kam miqdorgacha kamaytirish (miqdoriy himoya); 
manbalar bilan ishlash davomiyligini qisqartirish (vaqtiy himoya); manba bilan 
ishlash joyi masofasini uzaytirish (masofaviy himoya) va manbani materiallar bilan 
ekranlashtirish (ekranli himoya).
Miqdoriy himoya
da radioaktiv moddalar miqdorini minimal darajaga tushirib 
ishlash ko‘zda tutiladi, ammo amaliyotda bunga texnologik jarayonlar har doim ham 
imkoniyat beravermaydi. Shuning uchun miqdoriy himoyani qo‘llash ma’lum 
darajada cheklangandir.
Vaqtiy himoya
da manba bilan ishlash vaqtini qisqartiriladi, bu xodimning 
nurlanish dozasini kamayishiga olib keladi. Bu prinsip xodimni ishlashida ko‘proq 
qo‘llaniladi.
Masofaviy himoya
bu etarlicha oddiy va ishonchli metod hisoblanadi. Ma’lumki 
nurlanishning tarqalishi masofa ko‘payishi bilan kamayib boradi, energiya quvvati 
pasayadi. Xodimning nurlanish dozasini kamayishiga asos bo‘ladi. 
 
Ekranli himoya 
nurlanishdan himoyalanishning ancha samarali usuli 
hisoblanadi. Ionlashuvchi nurlanishning turiga bog‘liq holda ekran sifatida 
foydalaniladigan material qalinligi va o‘lchamlari aniqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə