I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Ionlashtiruvchi nurlanish ta’siridan himoyalanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Ionlashtiruvchi nurlanish ta’siridan himoyalanish 
Jamoaviy himoya. 
Bu GOST 12.4.120-83 bilan belgilanadi «Ionlashuvchi 
nurlanishdan jamoaviy muhofaza vositalari. Umumiy talablar». Unga asosan 
jamoaviy muhofaza vositalari bo‘lib harakatlanadigan va harakatlanmaydigan himoya 
ekranlari, ionlashuvchi nurlanish manbalarini tashuvchi va saqlovchi hamda radiaktiv 
moddalarni (chiqindilarni) yig‘uvchi va olib ketuvchi konteynerlar, himoya seyflari 
va bokslari hisoblanadi.
Ionlashuvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda xavfli zona ogohlantiruvchi va 
taqiqlovchi yozuvlar va belgilar bilan ko‘rsatilishi kerak (5.6-rasm). 
Harakatlanadigan 
va 
harakatlanmaydigan 
himoya 
ekranlari 
ish 
joylarida 
nurlanishning ruxsat etiladigan miqdorigacha pasaytirish uchun xizmat qiladi. Agarda
ish ionlashuvchi nurlanishlar bilan maxsus binoda-ishchi kamerada o‘tkaziladigan 
bo‘lsa ekrani sifatida himoya materiallaridan qilingan uning devorlari, pol va shiplari 


130 
xizmat qiladi. Bunday ekranlar doimiy hisoblanadi. Harakatlanuvchi ekran sifatida 
nurlarni yutuvchi yoki kuchini kamaytiruvchi turli xil to‘siqlar ishlatiladi.
5.6-rasm. Radiatsion xavli zonani ko‘rsatuvchi belgilar 
To‘siqlar qalinligi ionlashuvchi nurlanish turiga, himoya materialining 
xususiyatiga va nurlanishni kamaytirish soni(turli)ga bog‘liq. Quyida (5.10-jadval) γ 
nuri va neytron nurlanishni yarimga kamaytirish qatlam qalinligining son qiymati 
keltirilgan. 
k
ning qiymati nurlanishning energetik ko‘rsatkichlarini (ekspozitsion 
dozaning quvvati, yutilgan doza, zarrachalar oqimining zichligi va b.) ruxsat etilgan 
miqdorga kamaytirish uchun necha marta kamaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
Masalan, yutilgan doza uchun 
k
,
0
D
D
k
=
(5.10) 
bu erda: 

– yutilgan doza quvvati; 
D
0
– yutilgan dozaning ruxsat etilgan 
darajasi
Harakatlanmaydigan devor, tom, yopmalar kabi himoya vositalari qurilishi 
uchun g‘isht, beton, baritobeton va baritli (tarkibi BaSO
4
) suvoq ishlatiladi. Bu 


131 
materiallar xodimlarni γ nurlanish, rentgen va neytron nurlanish ta’siridan ishonchli 
himoyalaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə