I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
 
I.A. Axmedov, N.S. 
Saidxo‘jaeva
/ Radiasiya xavfsizligi / Darslik. 

T.:TIMI, 2019-184 bet. 
 
 
©. 
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI MEXANIZATSIYALASH 
MUHANDISLARI INSTITUTI 2019 



K I R I SH 
 
O‘zbekistonda aholi muhofazasi davlat siyosati qilib belgilangan. Barcha 
bajariladigan ishlar inson manfaatiga qaratilgan. Shu sababdan o‘tayotgan har bir 
yillar aholi xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan maqsadlar bilan belgilanadi, bularda 
oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy xavfsizlik va boshqalar bilan bir qatorda radiatsiya 
xavfsizligi ham e’tiborga olingan. Radioaktiv nurlardan tinchlik maqsadlarida 
foydalanilgan va foydalanilmoqda. Dunyo davlatlarida maqsadlar turli tumanligi 
radiaktiv moddalardan dushmanlik maqsadlarida ham foydalanishga olib keldi. Yadro 
qurollarini kashf etilishi va hayotda ishlatilishi butun er yuzi aholisini xushyorlikka 
undadi. Shu sababli radiatsiyaviy xavfsizlik masalalari zaruriyatga aylandi. U bilan 
alohida mamlakatlar qatori xalqaro tashkilotlar ham shug‘ullanib kelmoqda. 
O‘zbekistonda radiatsiyaviy xavfsizlikning huquqiy asoslari yaratilgan, ya’ni 
“Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” (2000 y.) qonun qabul qilingan va unga 
o‘zgartishlar kiritilgan (2011 y.). 
Nurlanishni keltirib chiqaradigan manbalar ichida eng xavfli va kuchlisi yadro 
portlatishlaridir. Yadro portlashida tovushdan tez tarqaluvchi zarba to‘lqini, uning 
ortidan hamma narsani kulga aylantiruvchi issiqlik to‘lqini impulsli xarakterga ega. 
Ulardan so‘ng radiatsiyaning tarqalishi oqibatida bo‘ladigan o‘lim va zararlanish 
jarayoni o‘nlab yillar davomida kuzatiladi. Yaponiyada (Xerosima va Nagasaki 
shaharlari) 1945 yil AQSH tomonidan portlatilgan yadro bombasidan zararlanishlar 
ta’siri hozir ham kuzatilmoqda, mayib-majrux tug‘ilayotgan chaqaloqlar unga misol 
bo‘ladi. Ukrainada Chernobil AES avariyasidan tarqalgan radioaktivlik hozir ham 
ayrim hududlarda saqlanib qolgan. Yaponiya atom (2011y.) elektr stansiyasidagi 
avariya ta’siri Koreya yarim oroli atrofida baliqlar tanasida va AQSH hududida 



havodagi chang tarkibida kuzatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar borligi radiatsiya 
bilan bog‘liq xavflarga e’tiborni kuchaytirish kerakligini bildiradi. 
Dunyo jamoatchiligi radiatsiya xavfidan xabardor bo‘lsada ayrim mamlakatlar 
yadro qurollari yaratishda davom etmoqdalar. AQSH da 1054, SSSRda 715, 
Fransiyada 196, Buyuk Britaniyada 45, Xitoyda 45, Hindiston va Pokistonda 5 
martadan yadro qurilmalari portlatilgani ma’lum. Hozirgacha er yuzida 170 dan oshiq 
yadroviy avariyalar sodir bo‘lgan. Har biri turli darajadagi salbiy oqibatlar keltirgan. 
Hozirgacha dunyo mamlakatlarida yaratilgan bir necha ming yadro qurollari er 
yuzidagi barcha tirik mavjudodlarni bir necha marta yo‘q qilib yuborish quvvatiga 
ega, hatto er sharini o‘z o‘qidan chiqarib yuborish ehtimoli bashorat qilinadi. 
Radioaktiv moddalardan tinchlik maqsadlarida foydalanish keng rivojlanmoqda. 
Energetika va boshqa maqsadlarda yadro parchalanish jarayonidan foydalanib 
kelinmoqda, xususan, O‘zbekistonning “O‘rta buloq” (Buxora viloyati) va “Pamuk” 
gaz konlarida 1532 m va 2440 m chuqurliklarda yong‘inni o‘chirish maqsadida yadro 
portlatishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. O‘zbekistonda asosan 
27 ta uran konlari (ular 40 atrofida sanaladi) ishga tushirilgan. Respublika uran 
eksport qilish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Bu albatta ma’lum 
texnologik jarayonlarni amalga oshirish bilan bajariladi. Ular ham potensial xavflarga 
ega.
Bir asrdan ko‘proq vaqt muqaddam, 1895 yilda nemis fizigi Wilgelm Conrad 
Rentgen ko‘zga ko‘rinuvchi yorug‘lik nurlari uchun shaffof bo‘lmagan turli buyumlar 
orqali bemalol o‘tib boruvchi nurlarni kashf etdi. Kashf etilgan nurlarni Rentgen X-
nurlar deb nomladi, keyinchalik ularni "rentgen nurlari" deb atashdi. 
Keyingi yili fransuz olimi Anri Bekkerel rentgen nurlari kabi yorug‘lik uchun 
shaffof bo‘lmagan buyumlar orqali o‘tib fotoplastinkalarni tashqi aralashuvsiz 
qoraytirib qo‘yuvchi nurlarni kashf etdi. Yangi kashf etilgan nurlar tarkibida uran 



unsuri bo‘lgan moddalar tomonidan taratilishi aniqlandi. Shuning uchun ularni uran 
nurlari deb yuritildi. 
Shu yo‘nalishdagi keyingi kashfiyotlar tarixi polshalik fizik olim Mariya 
Sklodovskaya va uning eri fransuz Per Kyuri nomlari bilan bevosita bog‘liq. Ular 
radioaktivlik deb nomlangan ushbu yangi kashf etilgan hodisani xar tomonlama va 
sinchiklab o‘rganishdi. 
Radioaktiv elementlarning xossalarini o‘rganish 1911 yilda E.Rezerford 
tomonidan yaratilgan va keyinchalik Nils Bor tomonidan takomillashtirilgan 
atomning planetar modelini kashf etilishiga olib keldi. 
Hozirgi kunga qadar foydalanilib kelinayotgan ushbu modelga muvofiq, modda 
atomi atrofida orbitalari bo‘ylab harakatlanuvchi manfiy zaryadga ega zarrachalar - 
elektronlar va musbat zaryadga ega yadrodan tashkil topgan bo‘lib natijada atom 
neytral zaryadga ega bo‘ladi. Atomning asosiy massasi yadroda to‘plangan bo‘lib, u 
o‘z navbatida ichki yadroviy kuchlar hisobiga o‘zaro bog‘langan nuklonlar - musbat 
zaryadlangan protonlar va neytral zaryadlangan neytronlardan tashkil topgan. 
Olimlar o‘zlarining kuch - g‘ayratlarini barcha zamonlardagi tabiatning eng 
asosiy topishmog‘i bo‘lgan materiyaning sirini aniqlashga qaratdilar, biroq afsuski, 
ularning keyingi tadqiqotlari AQSHda 1945 yilda atom bombasini yaratishga va 
faqatgina keyinroq sobiq Sovet Ittifoqida 1954 yilda atom elektrostansiyasini 
yaratishga olib keldi. 
Uch yildan so‘ng dunyodagi birinchi atom energetik qurilmali “Lenin” nomli 
muzyorar kema stapellardan suvga tushirildi. Bugungi kunda dunyoda elektr va 
issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi, suv usti va suv osti kemalarini 
harakatlantiruvchi, ilmiy maqsadlarda ishlovchi yadro qurilmalarga ega bo‘lgan 
ko‘plab obyektlar faoliyat yuritadi. 
Amerikalik “tamaddunchilar” tomonidan yadroviy qurolni yaratilishi va yapon 
shaharlarini bombardimon qilinishi, NATO harbiy blokini shakllantirilishi va sobiq 



Sovet Ittifoqi tomonidan javob choralarini ko‘rilishi natijasida mamlakatlar 
tomonidan yadroviy potensialning taraqqiy ettirilib o‘stirilishiga va qurollanish 
poygasini avj olishiga va 2000 dan ziyod sinov yadro portlashlari uyushtirilib, 
sayyoramizni jiddiy ravishda radiatsion zararlanishiga olib keldi. 
Yadro energetikasining yarim asrlik rivojlanish tarixi mobaynida atom elektr 
stansiyalari (AES)da og‘ir oqibatlarga olib kelgan to‘rtta yirik avariyalar 1957, 1979, 
1986, 2011 yillarda sodir bo‘ldi. Jami dunyoda 150 dan ziyod, shu jumladan suv osti 
atom kemalarida, yadroviy energetik qurilmali sun’iy yo‘ldoshlar va xokazolarda 
turli darajadagi murakkab va xavfli noxush hodisalar va avariyalar sodir bo‘ldi. 
1957 yil 8 oktyabrida Uindskeyl (Angliya)da profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan 
vaqtda AESning reaktorlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi va issiqlikni chiqarib 
yuboruvchi elementlar zararlandi. Atmosferaga radionuklidlar chiqib bulut hosil 
bo‘ldi va uning bir qismi Norvegiyaga ikkinchi qismi esa Venaga etib bordi. Bu atom 
energetikasidagi aholiga zarari tekkan birinchi avariya edi. Avariyaning oqibatlarini 
puxtalik bilan yashirishdi, biroq faqat 30 yil o‘tgandan so‘ng ba’zi tavsilotlar ma’lum 
bo‘ldi. 
1979 yil 28 martda Garrisberg (AQSH)dagi «Tri Mayl Aylend» atom 
elektrostansiyasining ikkinchi blokida avariya sodir bo‘lib, oqibatda atrof muhitga 
radioaktiv moddalar tarqalib ketdi. 100 tonna parchalanuvchi moddadan deyarli 10 
tonnasi faol hudud chegarasidan tashqariga tarqalib ketdi. Ikki kun mobaynida 3 km 
radiusdagi hududdan 80 ming aholi evakuatsiya qilindi. 
Chernobil katastrofa (falokati, halokati, fojea)si (1986 yil 26 aprel) asr fojeasi 
bo‘lib, u nafaqat Rossiya, Ukraina, Belorussiya hududida, balki boshqa davlatlarda 
xam sezilarli ta’sirini ko‘rsatdi. Xattoki 1990 yildagi sobiq SSSR Oliy Sovetining 
qarorida qayd etilishicha: “Chernobil AESidagi avariya ko‘rsatgan oqibatlarining 
jamlanmasiga ko‘ra hozirgi zamonning eng yirik katastrofa (halokat, falokat, fojea)si, 
umumxalq fojeasi(musibati, ofati) bo‘lib, ulkan hududlarda yashovchi millionlab 



odamlarning taqdiriga fojeali ta’sirini ko‘rsatdi”. O‘n bir viloyatda yashovchi 17 
million aholi, ulardan 2,5 millioni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar zararlangan hududda 
qolib ketishdi. Shu jumladan qat’iy (qattiq) radiatsion nazorat hududlarida – Gomel, 
Mogilyov, qisman Bryansk, Jitomir, Kiev va Chernigov viloyatlarida 1 mln. aholi 
qolib ketdi. Aholining ko‘pchiligi nafaqat radiatsiyaning zararli ta’sirini o‘zlarida xis 
etishidan a’ziyat chekishdi, balki odamlar o‘zlari doimiy istiqomat qilgan joylaridan, 
uylaridan ko‘chib, umri davomida yiqqan mol mulki, o‘rgangan muhitidan ayrilib 
jabru jafo¸ zarar ko‘rishdi. Shuni xam esdan chiqarmaslik kerakki, Chernobildagi 
avariyani bartaraf etish ishlarida ishtirok etgan yuz minglab odamlar uchun xam bu 
ishlar izsiz, zararli ta’sirlarsiz o‘tgani yo‘q. 
Chernobil katastrofasi tufayli ko‘pchilik atom elektr stansiyalar qurilishini 
to‘xtatish kerak deb o‘ylaydi. Atom Energetikasi Bo‘yicha Xalqaro Agentlik 
(MAGATE)ning bosh direktori Xans Bliks esa aksincha hisoblaydi. U quyidagicha 
fikr bildirgan: “Shaxsan men yadro energetikasini rivojlantirish tarafdoriman. Bu esa 
atrof muhitni toza saqlashga yordam beradi. Evropadagi ekologik muhitni jiddiy 
buzilishiga yadro energetikasi emas, balki aksincha, ko‘mir va neftga asoslangan 
energetika sabab bo‘ldi”. Boshqa tomondan qaraganda, dunyodagi barcha AESlarni 
xavfsiz qilish uchun jiddiy choralar, ko‘p miqdorda moddiy xarajatlar sarflanishi 
kerak. Buni hohlaymizmi, yo‘qmi, lekin kelajak yadro energetikasiga tegishlidir. 
Gap shundaki, radioaktivlik – bu shu vaqtga qadar ba’zilar atom elektr 
stansiyalar qurilishi bilan va yadroviy o‘qdorilar paydo bo‘lishi bilan bog‘lab 
hisoblaganidek, mutlaqo yangi hodisa emas. Erda hayot paydo bo‘lishidan ancha 
oldin radioaktivlik va unga hamrox bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanishlar mavjud 
bo‘lgan. 
Er yuzida, er ostida, suvda, atmosfera havosida, koinot bo‘shliqlarida - xamma 
joyda ionlashtiruvchi nurlanish, yoki ekvivalent dozasining o‘rtacha qiymati 
tahminan yiliga 2 mZv bo‘lgan tabiiy radiatsion fon mavjuddir.


10 
Tabiiy radiatsion fonning mavjudligi – erda hayot evolyusiyasi (tadrijiy 
rivojlanishi)ning zaruriy shartidir. Evolyusiya (tadrijiy rivojlan)ning zaruriy sharti 
genlar mutatsiyasining oqibati bo‘lgan o‘zgaruvchanlikdir, mutatsiyalarni keltiruvchi 
omillardan biri esa ionlashtiruvchi radiatsiyaning tabiiy fonidir. Ionlashtiruvchi 
radiatsiyaning tabiiy foni bo‘lmaganda edi, ehtimol, erda zamonaviy ko‘rinishdagi 
hayot ham bo‘lmasligi mumkin edi. 
Ionlashtiruvchi nurlanishni tibbiyotda qo‘llanilishi ko‘pgina kasalliklarni 
tashxislash va davolashda katta imkoniyatlarni ochdi. Ionlashtiruvchi nurlanishning 
kichik dozalari foyda keltirishi mumkinligi to‘g‘risida asoslangan fikr mavjud bo‘lib, 
amaliyotda ba’zi kasalliklarni radonli vannalar bilan davolashda o‘z aksini topadi. 
Boshqa tomondan olib qaraganda, tushunish kerakki, atom energetikasi 
korxonalaridagi xavfsizlik darajasining bunday qiymatlari mehnat muhofazasining 
asosiy tamoillari, usullari va vositalarini kundalik faoliyat sharoitida bekamu-ko‘st 
amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Avariya xolatlarida esa, o‘tkazilayotgan 
muhofaza tadbirlariga qaramasdan, ishchilar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid ancha 
ortadi, tavakkalchilik darajasi esa kundalik faoliyat rejimidagi xavf-xatarlarga 
nisbatan solishtirib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi. 
Shunday qilib, radiatsion xavfni baholashda qarama-qarshi chek-chegaralarga 
berilmaslik lozim. Bir tomondan, uni hisobga olmaslik noto‘g‘ri, ikkinchi tomondan 
esa – uni xavfliligini xaddan ziyod oshirib, radiofobiya (fobiya - qo‘rqish kasalligi) 
ga tushib qolmaslik kerak. Faqat bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olgan 
holda ionlashtiruvchi manbalarga oqilona va savodli munosabatgina radiatsiya 
xavfsizligi talablarini etarlicha bajarilishini ta’minlashi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə