I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


texnogen ravishda o‘zgartirilgan radiatsiyaviy fon -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

texnogen ravishda o‘zgartirilgan radiatsiyaviy fon - 
inson faoliyati natijasida 
o‘zgargan tabiiy radiatsiyaviy fon; 
xodimlar (personal)
- bevosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan 
doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan yoxud ish sharoitlariga ko‘ra bunday manbalar 
ta’sir zonasidagi jismoniy shaxslar; 
yadroviy xavfsizlik - 
yadroviy materialdan xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi 
chora-tadbirlar majmui. 
Qonunning 1 - bo‘limida qonunning maqsadi, qo‘llaniladigan asosiy 
tushunchalar, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tamoyillari, fuqarolarni 
radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlashdagi huquq va majburiyatlari masalalariga oid 
ma’lumotlar berilib, ularning mohiyati bayon etilgan. 
Qonunning 2 – bo‘limida “Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini 
tartibga solish” deb nomlanadigan va xavfsizlikni ta’minlash sohasi davlat tomonidan 
qanday tartibda amalga oshirilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, qanday tartibda 
bu masala nazorat qilib boriladi, davlat ekspertizasi qanday bo‘ladi kabi savollarga 
oid ma’lumotlar bayon etilgan. Davlat miqyosida Respublikamizda radiatsiyaviy 
xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazorati “Sanoatda va konchilikda 
ishlarning bexatar olib borilishini“ nazorat qiluvchi huquq berilgan nazorat qilish 
agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston 
Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi 
davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan olib boriladi deb bayon etilgan. 
Qonunning 3 - bo‘limida “Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga doir talablar” 
bayon etilgan bo‘lib (jami 12-22 moddalar), bo‘limda tabiiy radionuklidlar ta’sir etish 
chog‘ida, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan 


21 
foydalanishda, tibbiy rentgenradiologik muolajalar o‘tkazishda xavfsizlik qanday 
ta’minlanishi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. 
«Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi qonunning 12-moddasida radiatsiyaviy 
xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Ular quyidagilardan iborat: 
• radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
• ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishda fuqarolar olgan 
nurlanishning shaxsiy dozalarini nazorat qilish va hisobga olishda yagona davlat 
tizimiga amal qilish; 
• radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog‘lig‘iga zarar etkazilish xavfi yuqori 
bo‘lganligi uchun to‘lanadigan tovon turlari va miqdorini belgilab qo‘yish; 
• radiatsiyaviy avariya natijasida fuqarolar sog‘lig‘iga hamda ular mol mulkiga 
etkazilgan zararni qoplash; 
• ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat 
turlarini belgilash; 
• ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining eksport va import qilinishini davlat 
tomonidan tartibga solish; 
• tibbiy profilaktik tadbirlar o‘tkazish; 
• radiatsiyaviy vaziyat hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlari 
to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish; 
• fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora tadbirlarini o‘rgatish; 
• radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo‘lgan fuqarolarga 
yordam ko‘rsatish; 
• radioaktiv ifloslanish zonalarida fuqarolarning yashashiga doir alohida tartiblarni 
joriy etish; 
• tegishli hududda radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish ; 
• radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish xavfi bo‘lgan taqdirda tezkor chora 
tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish. 
Qonunning 13-moddasida radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash tartiblari 
ko‘rsatilgan. Umuman, radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash, radiatsiyaviy 
xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar 
samaradorligini tahlil etish chog‘ida mahalliy davlat hokimiyat organlari
radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, 
shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib 
boriladi. 


22 
“Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda radiatsiyaviy xavsizlikni ta’minlash” 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonunning 4 – bo‘limidagi 23-25 moddalarda keltirilgan. 
Bu bo‘limda fuqarolar va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilinish 
shartligi (23 va 24 – moddalarida) bildirilgan va ionlashtiruvchi nurlanishdan 
foydalanishda xizmat qiluvchilarni avariya sodir bo‘lganda qanday majburiyatlari 
borligi bayon etilgan. 
Qonunning 5 – bo‘limi “Yakuniy qoidalar” xalqaro shartnomalar, nizomlarni hal 
etish va qonun hujjatlari talablarini buzganligi uchun ma’sul shaxslar qanday 
javobgarlikka tortilishi borasida kerakli ma’lumotlar bayon etilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə