I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

α-nurlanish 
atom massasi 4 ga teng va zaryadi +2 bo‘lgan geliy moddasining 
atomi yadrolarining oqimini tashkil etadi va ular taxminan 15000 km/sek tezlik bilan
deyarli to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. α-zarrachalarning energiyasi bir necha MeVdan 
oshmaydi. Ular yadrolarni radioaktiv parchalanishida yoki yadroviy o‘zgarishlar 
vaqtida hosil bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda 120 dan ziyod sun’iy va tabiiy α-radioaktiv 
yadrolar mavjudligi aniqlangan bo‘lib, ular α-zarrachani nurlantirib, 2 ta proton va 2 
ta neytronni yo‘qotadilar. Ushbu α-nurlantirgichlarning ba’zilari va ularning yarim 
parchalanish davrlari quyidagilardir: uran-238 (4,47×10
9
yil), radon-222 (3,82 sutka), 
toriy-232 (1,41×10
10
yil), plutoniy-239 (24 400 yil). 
α-zarrachalarni havodagi o‘tadigan masofasi odatda 10 sm dan kam bo‘ladi. 
Mana masalan, 4 MeV energiyali α-zarrachalar havoda taxminan 2,5 sm masofagacha 
o‘tadi. Suvda yoki havoning zichligiga nisbatan 700 baravar ortiq zichlikka ega 
bo‘lgan inson organizmining yumshoq to‘qimalarida α-zarrachalarni o‘tgan masofasi 
bir necha o‘n mikrometrni tashkil etadi. O‘zining katta massasi hisobiga α-
zarrachalar biror modda bilan o‘zaro ta’sirlashganda o‘zining energiyasini tez 
yo‘qotadi. Bu narsa ularning kichik o‘tuvchi qobiliyatini va yuqori darajadagi nisbiy 
ionlashtirish qobiliyatini tushuntiradi: havo muhitida harakatlanganda α-zarracha o‘z 
yo‘lining har 1 smda bir necha o‘n minglab qo‘shaloq zaryadlangan zarrachalarni – 
ionlarni hosil qiladi.
 
α
-nurlantirgichlar inson organizmiga faqatgina uning ichiga ichimliklar, ovqat 
yoki nafas olishda havodan kirgandagina
ya’ni
ichki nurlanish olgandagina katta 
xavf 
tug‘diradi
.
β-nurlanish 
elektronlar yoki pozitronlar oqimi bo‘lib, u radioaktiv parchalanish 
vaqtida hosil bo‘ladi. Hozirgi kunda tahminan 900 ga yaqin β-radioaktiv izotoplar 
mavjudligi aniqlangan. Ba’zi β-nurlantirgichlar va ularning yarim parchalanish 
davrlari quyidagilardir: kaliy-40 (1,18×10
9
yil), seziy-137 (30,2 yil), tritiy (12,3 yil), 
uglerod-14 (5730 yil), yod-131 (8,07 sutka). 
β-zarrachalarning massasi α-zarrachalarnikidan bir necha o‘n ming marta 
kichikdir. β-nurlanishi manbasining tabiatiga ko‘ra ushbu zarrachalarning tezligi 
yorug‘lik tezligining 0,3...0,99 qismiga teng bo‘lishi mumkin. β-zarrachalarning 
energiyasi bir necha MeV dan oshmaydi, havodagi o‘tish masofasi tahminan 1800 
sm, inson tanasining yumshoq to‘qimalarida esa tahminan 2,5 sm tashkil etadi. β-
zarrachalarning o‘tib borish qobiliyati α-zarrachalarnikidan yuqoriroq (massasi va 
zaryadining kamlidan). Masalan, maksimal energiyasi 2 MeV bo‘lgan β-zarrachalar 


26 
oqimini to‘liq yutib qolish uchun 3,5 mm qalinlikdagi allyuminiy qatlami zarur 
bo‘ladi. 
β-nurlanishlar odamning terisiga tushsa yoki organizm tomonidan yutilgan 
bo‘lsa inson uchun alohida xavf tug‘diradi. Birgina β-zarracha tirik to‘qimadagi 
minglab kimyoviy bog‘lanishlarni uzib yuborishi mumkin, lekin β-nurlanishning 
ionlashtiruvchi qobiliyati α-nurlanishnikidan ancha kam bo‘lib, 1 sm o‘tgan masofada 
β-zarracha bir necha o‘nlab qo‘shaloq zaryadlangan ionlarni hosil qiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə