I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


 Radioaktivlikni, aktivlikni, nurlanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

1.9. Radioaktivlikni, aktivlikni, nurlanish
dozasini o‘lchash birliklari 
Dozimetriya – 
amaliy yadro fizikasining ionlashtiruvchi nurlanishlarning turli 
obyektlarga ta’sirini xarakterlovchi fizik kattaliklarni o‘rganuvchi sohasidir. 
Har bir radioaktiv modda (RM) o‘ziga xos doimiy tezlikda parchalanadi. 
Parchalanish tezligi amaliyotda yarim parchalanish davri (T) bilan ifodalanadi va u 
vaqt birliklari bilan o‘lchanadi. Yarim parchalanish davrining kattaligiga qarab 
radioaktiv moddalar uch xil – uzoq umrli (100 kundan ortiq) qisqa umrli (1 soat – 100 
kun) va o‘ta qisqa umrli (1 soatdan kichik) guruhlarga bo‘linadi. Radioaktiv 
moddaning nur chiqarish qobiliyati, vaqt birligi ichida ro‘y beruvchi atom 
parchanishlar soniga bog‘liq, chunki nur shu jarayonda uchib chiqadi. Radioaktiv 
modda miqdori 
aktivlik 
degan tushuncha bilan ifodalanadi.
 


35 
Aktivlik
– bu vaqt birligi ichida spontan (ixtiyoriy) ravishda sodir bo‘ladigan 
yadroviy o‘zgarishlarning o‘rtacha soni. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi 
[14]: 
A =dN/dt 
Xalqaro birliklar sistemasida aktivlikning birligi qilib – 
Bekkerel (Bk) 
qabul 
qilingan. Bir bekkerel 1 sek da bitta parchalanishga to‘g‘ri keladi. Sistemasiz birliklar 
sistemali birliklarga ma’lum koeffitsient yordamida o‘tkaziladi (1Kyuri-37 mlrd 
BK). 
Aktivlikning sistemasiz birligi sifatida 
Kyuri (Ki)
qabul qilingan. Kyuri – bu 
RM ning shunday miqdoriki, bunda atom yadrolarining 37 mlrd parchalanishi 1 sek 
da sodir bo‘ladi (1 kyuri -37·10
9
parch/sek) [12]. 
Yuza yoki hajm birligiga o‘tkazilgan 
izotop aktivligi solishtirma aktivlik
deb 
ataladi (Ki/kg, Ki/l ifodalanadi). 
Gamma va rentgen nurlarining biologik effekti yutilgan dozaning kattaligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Yutilgan doza – nurlanuvchi modda massasi birligi tomonidan 
taratilgan nurlanishning yutilgan ionlashtiruvchi energiyasi miqdori. U quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi [12]: 
.
dm
dE
D
=

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə