I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

2.3.
 
Atom energetikasi va atom energetikasi
korxonalari faoliyatini tashkil qilish 
Atom energiyasini olishning asosini uran-235 va plutoniy-239 izotoplari atom 
yadrolari parchalanishining zanjirli reaksiyalari tashkil etadi. Atom energetikasining 
asosiy korxonalari qatoriga atom elektrostansiyalari (AES) va yoqilg‘i sikli 
korxonalari kiradi. 
Atom elektrostansiyasi 
– elektroenergiyani qazilma yoqilg‘i emas, balki atom 
yadrolarining parchalanish zanjirli reaksiyasi hisobiga ishlab chiqaradigan elektr 
stansiyasidir. Atom elektr stansiyasida atom yadrolarining bo‘linishi (parchalanishi) 
hosil bo‘ladigan γ va neytron nurlanishidan saqlash uchun temir va bor birikmalari 
qo‘shilgan betondan tayyorlangan gumbaz bilan yopilgan yadro reaktorida amalga 


46 
oshadi (2.2-rasm).
Yadro reaktorining asosiy qismi - ko‘pincha uran-235 dan iborat yadroviy 
yoqilg‘i (parchalanuvchi material)dan iborat issiqlik ajratuvchi element (IAEL)lari 
bo‘lgan faol zonasi bo‘lib, unda zanjirli yadro reaksiyasi amalga oshadi. 
Ushbu reaksiya natijasida hosil bo‘luvchi tezkor neytronlar sekinlatgich (suv, 
grafit, parafin va boshq.) yordamida tormozlanadi, chunki sekin harakatlanuvchi 
neytronlar uran-235 ni yaxshiroq parchalashga qodir. Neytronlar oqimini boshqarish 
rostlovchi, odatda kadmiyli sterjenlar orqali amalga oshiriladi. 
2.2-rasm. Yadro reaktorining prinsipial sxemasi: 
1 – issiqlik ajratuvchi element (IAEL); 2 – neytronlarni sekinlatgich; 3 – neytronlarni qaytargich 
(reaktorkonturi); 4 – rostlovchi strejen; 5 – himoya ekrani
.
Faol zonaga rostlovchi sterjenlarni botirish chuqurligi oshgan sari yutilayotgan 
neytronlar soni oshadi va natijada zanjirli reaksiya sekinlashadi (kuchsizlanadi). 
Sterjenlar faol zonaga to‘liq tushirilganda zanjirli reaksiya to‘xtashi kerak. 
Rostlovchi sterjenlar faol zonadan chiqarilib, neytronlarni ko‘payish darajasi 
birga teng bo‘lganda reaktor ishlay boshlaydi. 
Neytronlarni oqib chiqib ketishini kamaytirish va ko‘payish koeffitsientini 
oshirish uchun zonani neytronlarni uning ichiga qaytaradigan qobiq - neytronlar 
qaytargichi bilan o‘raydilar. 


47 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə