I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


-rasm. Atom elektr stansiyasining ishlash sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

2.3-rasm. Atom elektr stansiyasining ishlash sxemasi
Yadrolar bo‘linishida hosil bo‘ladigan issiqlikni birinchi konturdagi issiqlik 
o‘tkazish tizimi (sovutuvchi modda sifatida odatda suv yoki gaz bo‘ladi) qabul qilib 
oladi. Issiqlik almashgichda u ikkinchi konturdagi suvga uzatiladi va o‘z navbatida 
ushbu suv parga aylanib turbinalarni aylantirish va elektr energisini ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladi (2.3-rasm). 
Faol zona yuqori bosim korpusida yuqori bosim va temperatura (harorat) 
shuningdek radiatsiya tufayli hosil bo‘ladigan turli zo‘riqishlarga qarshi tura oladigan 
himoya qobig‘i ichida joylashadi. Foydalanuvchilar yuqori bosim korpusini 
buzilishini istisno qilgani bois atom elektr stansiyalari himoya qobig‘isiz quriladi 
(2.4-rasm). 
Issiqlik ajratuvchi element issiqlik ajratuvchi sterjenlar guruhi (kassetalari, 
yig‘malari)dan tashkil topgan bo‘ladi. Alohida sterjenlarning diametri 1,5 sm va 
uzunligi 4...5 m bo‘ladi, ularning asosiy konstruktiv elementi – maxsus yuqori sifatli 
po‘latdan yoki sirkoniy asosidagi qorishma (sirkaloy) dan yasalgan qobiq bilan 
o‘ralgan parchalanuvchi materialdan iborat o‘zagidir. Parchalanuvchi material 
sifatida odatda tabletka shaklidagi uran dioksidi xizmat qiladi. 
Issiqlik ajratuvchi element (IAEL)lar soni reaktorning maksimal quvvatini 
belgilaydi. Reaktorning faol zonasida ular 90000 gacha bo‘lishi mumkin. Taxminan 3 
yildan so‘ng yoqilg‘ining yonib bitishi tufayli (tarkibida uran-235 miqdori 3% dan 


48 
1% gacha kamayganda) issiqlik ajratuvchi elementlar yadro reaktoridan chiqarib 
olinadi. 
2.4-rasm. Jaxondagi birinchi AES:
1954 yil 27 iyunda Rossiya Federatsiyasining Obninsk shaxrida ishga 
tushirilgan
Yadro reaktorlarini quyidagi turlarga ajratadilar: yadrolarni parchalovchi 
neytronlar energiyasi bo‘yicha (issiqlik va tez neytronlarda ishlaydigan); yadro 
yoqilg‘isining taqsimlanish xarakteriga ko‘ra (gomogen va geterogenli); 
foydalanilayotgan sekinlatgich va issiqlik tashuvchi (uzatuvchi)ga ko‘ra (2.1-jadval); 
mo‘ljallanishiga ko‘ra (energetik va ilmiy-tadqiqotlar uchun). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə