I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


ikkilamchi koinot nurlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

ikkilamchi koinot nurlanishi
deb atalib, er sirtiga etib 
keladigan nurlanishdir.
Ikkilamchi koinot nurlanishining tirik organizmlarga ta’siri birlamchi koinot 
nurlanishiga nisbatan ancha kam bo‘lib, er atmosferasi shu tariqa barcha tirik 
mavjudotlar uchun koinotdagi barcha zararli nurlanishlardan o‘ziga xos ximoya 
qalqoni vazifasini o‘taydi. Tabiiy radiatsion yuklama (nagruzka) muhitida ikkilamchi 
koinot nurlanishining miqdori 1/3 dan karoqni tashkil etib, aynan dengiz satxida 0,03 
mZv ni tashkil etadi.
Er satxida koinot nurlanishining darajasi bir xil bo‘lmaydi va joyning jo‘g‘rofiy 
kengligiga bog‘liqdir. Gap shundaki bizning planetamiz o‘z o‘qi atrofida aylanayotib 
zaryadlangan zarrachalardan qatlamlar xosil qiladi va ular er magnit maydonining 
kuch chiziqlari bo‘ylab joylashadi. Koinot nurlari ekvatordan og‘ib, er qutblari 
qismida o‘ziga xos uyurma (voronka) ko‘rinishida yig‘iladi.
Amalda intensiv koinot nurlanishi 15
0
shimoliy va 15
0
janubiy kengliklar 
orasida nisbatan doimiy (o‘zgarmas) saqlanadi. Shundan so‘ng 50
0
shimoliy yoki 
janubiy kengliklarga tomon siljiganda tez ortib boradi. Undan so‘ng esa qutblargacha 
yana amalda o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Ekvator yaqinida joylashgan hududlar 
taxminan 0,35 mZv, 500 kenglikda esa (Moskva, London, Tokio) -0,5 mZv dozali 
nurlanishni oladilar.
Kosmik nurlanishning intensivligi (jadalligi) uchun geografik kenglikka 
nisbatan dengiz satxidan balandlik kattaroq ahamiyatga ega. Ushbu balandlik har 5 m 
oshganda kosmik nurlanishjadalligi taxminan 0,01 mZv/yil ga ortadi. Bu 
ionlashtiruvchi nurlanishni atmosfera qisman yutishi bilan bog‘liqdir.


41 
Amalda dengiz sathiga yaqin balandlikda va taxminan ekvator hamda shimoliy 
Qutb oralig‘ida joylashgan bizning ko‘pchilik shaharlarimizda kosmik nurlanish 
dozasining quvvati taxminan 0,5mZv/yil ga teng bo‘ladi.
18-24 km balandlikka ko‘tarilib uchuvchi tovushdan tez uchar samolyotlarda 
kosmik nurlanish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan samolyot 
Moskvadan Xabarovskga uchganda aviayo‘lovchi 0,01 mZv dozadagi nurlanish 
oladi. Shu sababli ko‘pchilik avialaynerlar bortida maxsus dozimetrik o‘lchov 
uskunalari bo‘lib, radiatsiya xavfli darajaga etganda xavf (trevoga) signali (ishorasi) 
beradi. Nurlanish dozasi 0,5 mZv/soatga etganda samolyot uchish balandligini 
kamaytirishi kerak.
Eng katta xavfli kosmik nurlar bevosita koinotning o‘zida tug‘diradi, chunki u 
erda nafaqat ko‘p miqdordagi geliy atomi yadrolari, balki boshqa, orbitalaridagi 
elektronlaridan forig‘ bo‘lgan turli atomlarning og‘ir ion-yadrolari mavjud bo‘ladi va 
katta tezlik bilan harakatlanadi. Bu kosmik parvozlar xavfsizligini ta’minlashning 
qiyinchiliklaridan yuiriga sabab bo‘ladi. Amalda yuksak energiyaga ega bo‘lgan turli 
og‘ir ionlardan to‘liq ximoyalangan kosmik kemani yaratib bo‘lmaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə