I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


 Radioaktiv ifloslanishlar tavsifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

2.6. Radioaktiv ifloslanishlar tavsifi 
Radiatsiyaviy avariyalar natijasida bo‘ladigan radioaktiv ifloslanish 
lokal
yoki 
yalpi (umumiy)
bo‘ladi. Yalpi ifloslanishlar aholi uchun xavfli, qisman yoki umumiy 
evakuatsiyani talab qiladi, katta masshtabda tiklash ishlarini o‘tkazish zaruriyati hosil 
bo‘ladi.
Lokal ifloslanish odatda katta masshtabda sodir bo‘lmaydi, ma’lum darajada 
chegaralangan bo‘ladi, masalan, bir korxonaning ichida, ma’muriy chegaralov 
doirasida, alohida binoda, texnikada bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda hudud 
aholisini ko‘chirishga yoki katta masshtabda tiklash ishlari o‘tkazilmaydi.
Lokal ifloslanish o‘z navbatida nuqtali xarakterda bo‘lishi mumkin. Radioaktiv 
modda alohida bir idishda bo‘lishi mumkin. Shundan tarqalayotgan nurlanish
radioaktiv moddalarni tarqalishi sodir bo‘ladi. Lekin katta quvvatga ega bo‘lgan 
radioaktiv modda katta maydonga ham tarqalishi mumkin. Shuni hisobga olib 
qutqaruv tiklash ishlari bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash kerak bo‘ladi.
Radioaktiv moddalar agregat holatiga, yuzada joylashishiga, metereologik va 
boshqa sharoitlariga qarab yuza yoki chuqurlikda radioaktiv ifloslanishni keltirib 
chiqarishi mumkin.
2.6-rasm. Yuzada radioaktiv ifloslanish:
J-suyuq va T-qattiq holat. 
Yuza ifloslantirish sharoitida radionuklidlar obyekt tashqarisida bo‘ladi. 2.6 –
rasmda ifloslantiruvchi manbalarning yuza joylashishi ko‘rsatilgan. Suyuq radioaktiv 
moddalar gruntga botadi, uning qismlariga yopishadi. Bu holatlar gruntning agregat 
holatlariga bog‘liq. Qattiq holatdagi radionuklid sathda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu 
erda tiklash ishlari asosan obyekt tashqarisida bajariladi. Uran qazib olish konlarining 
otvallari (to‘kmalari) asosan er yuzida joylashgan bo‘ladi (suvga cho‘ktirilgan 
holatlardan tashqari). 
Chuqurlikdagi radioaktiv ifloslanish asosan chuqurlikda joylashgan radioaktiv 


57 
moddalardan bo‘ladi (2.7-rasm). Bunda radioaktiv moddalar obyekt chuqurligiga 
singadi. Bunday holatda tiklash ishlari ancha murakkablashadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə