I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


-rasm. Yadro reaktorining yoqilgi sikli sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

2.5-rasm. Yadro reaktorining yoqilgi sikli sxemasi


52 
Issiqlik ajratuvchi elementlarni qayta ishlash moxiyati yuqori darajada toksik 
plutoniyni olishdan iborat bo‘lib, bu ish esa faqat ushbu jarayon asosida amalga 
oshirilishi mumkindir. Shu bilan birga issiqlik ajratuvchi elementlarni qayta ishlash 
tezkor neytronlar asosidagi reaktor-ko‘paytirgichlardagi plutoniy olish siklining va 
atom bombasi ishlab chiqarishning asosiy texnologiyasi bo‘lib xizmat qiladi. Kam 
miqdorlarda plutoniy odatdagi AESlarda ishlatilishi mumkin. Uran-235 ni 
regeneratsiya (qayta hosil) qilish uchun issiqlik ajratuvchi elementlarni qayta ishlash 
jarayoni samarasiz hisoblanadi. 
2.4.
 
Radioaktiv cho’kindilar va 
ionlashtiruvchi nurlanishlarning manbalari 
Ma’lumki, o‘zidan nur tarqatish va odam organizmida «nurlanish» deb 
nomlangan kasallikni vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan radiatsion materiallar xalq 
xo‘jaligining bir qator sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatilinib kelinmoqda. 
Bularni saqlash, to‘g‘ri ishlata bilish va tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida 
texnika xavfsizligiga rioya etilmasa, og‘ir oqibatlarga atrof - muhitning radioaktiv
ifloslanishiga, odamning, mavjudodlarning halok bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz 
holga kelishiga olib keladi.
Radiatsiyaviy xavfli inshoot – bu muassasa bo‘lib, unda sodir bo‘lgan halokat 
tufayli ommaviy radiatsion zararlanish holati vujudga kelishi mumkin. Bu turdagi 
xavfli obyektlarda fuqaro muhofazasining shayligini ta’minlash uchun qonunning 
ikkinchi moddasida bayon etilganidek radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustida 
kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish lozim bo‘ladi.
Radiatsiyaviy avariya - uskuna nosozligi, xodimlarning xatti harakatlari, tabiiy 
va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqishi mumkin. Natijada 
fuqarolarning belgilangan me’yorlardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof 
muhitning radioaktiv ifloslanishiga, boshqaruvning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Bu halokatlarning uch turlari ma’lum:
-bir joyda – bunda radiatsiyaviy xavfli inshootda yo‘l qo‘yilgan nosozlik tufayli 
radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar chegarasi bo‘lib 
tashqariga chiqmagan; 
- mahalliy – bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori yuqori 
bo‘lib, sanitar himoya hududga tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo‘ladi. O‘z 
miqdoriga ko‘ra shu radiatsion himoya inshooti uchun belgilangan me’yoriy 
miqdordan oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri katta hisoblanadi.


53 
-umumiy- radioaktiv himoya inshootida sodir bo‘lgan nosozlik tufayli, halokat 
katta hududga tarqalishi va odamlarni nurlanishiga olib keladi.
Halokatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan radiatsion himoya inshootlarini turlari 
ko‘p atom stansiyasi, yadro yoqilg‘isi, ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori 
bo‘lgan ilmiy - tekshirish institutlari va boshqalar. 
Radiatsion himoya inshootidagi halokatlarning tavfsiflanishi: 
1-tur halokat – birinchi xavfsizlik to‘sig‘ining nosoz holatga kelishi - issiqlik 
ajratuvchi elementlar qobig‘larining buzilishidir. 
2-tur halokat – birinchi va ikkinchi xavfsizlik to‘sig‘ining buzilishi, ya’ni 
reaktor qobig‘ining buzilishi tufayli radioaktiv moddalar tarqalishiga sharoit 
yaratilishiga aytiladi.
3-tur halokat – uchchala xavfsizlik to‘sig‘ining buzilishi tufayli vujudga keladi. 
Birinchi va ikkinchi to‘siq buzilishi tufayli radioaktiv moddalar reaktorining himoya 
qobig‘i yordamida to‘siladi. Undan o‘tgan moddalar tashqariga chiqib ketib tarqalishi 
mumkin. 
Og‘ir sharoit vujudga kelgan chog‘da, issiqlik yoki yadro portlashi sodir bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti 
hamda radioaktiv chiqindilar saqlanadigan joylar ham radioaktiv xavfli inshootlar 
hisoblanadi. Bu institut Toshkent viloyati Qibray tumani Ulug‘bek shaharchasida 
joylashgan. Uning atrofida 3 ta zona belgilangan: 
-zaharlanish ehtimoli bor zona (R= 1 km), 
-sanitariya muhofaza zonasi (R=3 km) 
-kuzatish zonasi (R=15 km) 
Respublikamiz hududida yadro obyektlari yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra 
respublikada hozirgi radiatsiya holati xavfsiz miqdordadir. Umumiy holatdagi 
gamma nurlanish miqdori 10 - 30 mkR/soatga teng va aholini yil davomida nurlanish 
darajasi 90 - 250 mber/yil teng (belgilangan miqdor 500 mber/yil). 
Texnogen radionuklid moddalar bilan zararlanish yuqorida bayon etilganidek, 
quyidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan bog‘liq: 
-tarkibida uran moddasi bo‘lgan tog‘ jinslarini qayta ishlash sanoati; 
-markaziy Qizilqum, Toshkent viloyati Yangiobod aholi punkti, Farg‘ona vodiysi 
(Maylisoy); 
-boshqa foydali tog‘ jinslarini qayta ishlash sanoati (Angren ko‘mir konlari, 
Navoiy viloyatidagi fosforit konlari, Muruntov va boshqalar); 


54 
-bir qator xalq xo‘jalik tarmoqlari (sement ishlab chiqarish, engil sanoat, 
geologiya – qidiruv ishlari, metall ishlab chiqarish va boshqa sohalarga) foydalanish 
uchun boshqa davlatlardan olib kelinadigan nurlanish manbai bo‘lgan radioaktiv 
moslamalar va ashyolar. 
2.2-jadval. Aniqlangan anomaliyalar va radiatsiyaviy zararli joylari mavjud 
bo‘lgan ayrim obyektlarni respublikamiz hududi bo‘yicha gamma nurlanish 
ekspozitsion miqdoriga ko‘ra taqsimlanishi 
Obyektlar 
(shahar va 
boshqalar) 
Aniqlangan barcha 
maydonlar /akt 
bilan zararlangan 
Radioaktivlik miqdori, 
mkR/soat 
Is
h
lo
v
b
er
il
g
an
Is
h
lo
v
b
er
il
m
ag
an
60-
100 
1000-
10000 
1000-
1000000 
Toshkent 
207 
129 
68 

155 
52 
Uchquduq 
53 
48 


52 

Andijon 
38 
29 


25 
13 
Angren 
31 
23 


21 
10 
Navoiy 
21 

10 

16 

Chirchiq 
20 
10 


11 

Samarqand 
12 



10 

Bekobod 
10 





Olmaliq 






Nukus 






Radioaktiv moddalardan atmosfera havosiga o‘tadigan har qanday chiqindi 
radioaktiv yog‘inni hosil qilishi mumkin, uning asosiy manbasi yadro qurollarini 
sinash hisoblanadi. Yadro qurollarini sinash dunyoda ko‘plab otkazilgan.
Aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda AQSH da 1054, SSSRda 715, Fransiyada 
196, Buyuk Britaniyada 45, Xitoyda 45, Hindiston va Pokistonda 5 martadan yadro 
qurilmalari portlatilgan. Izrailda 100dan oshiq bombalari mavjud. Yomoni, ayrim 
mamlakatlar yadro tarqatilishini taqiqlovchi bitimga kelishmayotganligidir.
Atmosferani radionuklidlar bilan ifloslanishida sun’y yo‘ldoshlarning (sputnik) 
avariyalari ham sabab bo‘lishi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshlarda yadro yoqilg‘isidan 
foydalaniladi. Bu bo‘yicha Rossiya davlatining agarda sun’y yo‘ldosh avariyaga 
uchrab erga tushsa aholiga kerakli yordamni berish to‘g‘risida qarori qabul qilingan.


55 
Radioaktiv yog‘inlar issiqlik elektr stansiyalaridan ham bo‘lishi mumkin. Ularda 
yoqiladigan ko‘mir tarkibida kam miqdorda uglerod-14, kaliya-40 bo‘ladi. Ular ham 
atmosferani radionuklidlar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda minglab korxonalar 200 dan oshiq nomdagi nurlanishning 
ionlashtiruvchi manbalaridan foydalaniladi. Ionlashtiruvchi manbalar ikki ko‘rinishda 
bo‘ladi: yopiq va ochiq. Yopiq manbalar germetik berkiladigan yopiq konteynerlarda 
joylashgan bo‘lganligi sababli ularga nazorat etarli bo‘lmaganligi va ishlatishdagi 
xatoliklar sababli ifloslantiruvchi manbaga taylanishi mumkin. Ochiq manbalar bilan 
ishlashda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yadro energiyasini harbiy maqsadlarda ishlatish e’tiborni talab etadi. Harbiy
qurollarni saqlash, tashish va ishlatish avariyalarsiz bo‘lmaydi. Bundan tashqari 
yadro qurollarini, bazalarini xalqaro shartnomalar asosida tugatish ishlarida ham 
radiaktiv ifloslanish bo‘lmasligini kafolati yo‘q.
Nurlanshning ionlashtiruvchi manbalari tibbyotdan, harbiy maqsadlardan 
boshqa sohalarda ham ishlatilishi mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarida, aloqa, oziq-ovqat 
sanoati va boshqa sohalarda ham radioaktiv moddalar ishlatiladigan joylari mavjud. 
Qishloq xo‘jaligida urug‘larga ishlov berishda, turli xil lampalarda, elektron 
apparaturalarda, ko‘rsatkichlarda, radiotexnikada radiyli birikmaardan foydalaniladi. 
Bularning chiqindilari , ular bilan ishlash va boshqa faoliyatlarda ham atrof-muhitni 
ifloslantirish holatlari yuz berishi mumkin.
Dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatni murakkabligi yadro terrorizmini hosil 
bo‘lishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Terroristik harakatlar yadro bilan bog‘liq 
korxonalar faoliyatini, kemalarni izdan chiqarish uchun hech qanday harakatdan 
qaytmaydi. 2 gramm kaliforniy izotopi kichik cho‘ntak yadro bombasini yaratishga 
etarli bo‘lar ekan.
Rossiyaga yadro chiqindilarini noqonuniy olib o‘tish aniqlangan. Skopino 
shahri(Rossiya)ga 50 tonna radioaktiv chiqindilarni olib kirish aniqlangan, uning 
tarkibida radioaktiv toriy-230 bo‘lgan.
Radionuklidlar tirik organizmlarda to‘planish xususiyatiga ega. Shuning uchun 
suvning va erning ifloslanishi avariyalar va radioaktiv yog‘inlar sababli ozuqa 
mahsulotlarida radiatsion ifloslanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bular asosan 
kalsiy-42, sink-65, temir-59, stronsiy-90, seziy-137, iod-131 larga xarakterli. Bunday 
joylarda oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish va ularni ist’emol qilish ancha xavfli 
hisoblanadi.


56 
Radionuklidlarni er satxida tarqanligi bilan radioekologiya fani shug‘ullanadi. 
Bu fan nisbatan yangi bo‘lib fizika, biologiya va radiologiya bilan bog‘liqdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə