Abdulla Qodiriy nomidagi jdpu fizika va Texnologik ta'lim fakulteti Fizika va astronomiya yo'nalishi



Yüklə 74,82 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü74,82 Kb.
#153950
növüReferat
  1   2   3   4   5
Fizikadan masalalar yechish metodikasi usti






Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU
Fizika va Texnologik ta'lim fakulteti
Fizika va astronomiya yo'nalishi
120-20-guruh 4-kurs talabasi
Jo’raboyev Javohirning
Fizikadan masalalar yechish metodikasi fanidan
REFERAT


Mavzu: Ishqalanish kuchiga doir masalalar yechish metodikasi .
Fan o'qituvchi: Tugalov F
Bajardi: Jo’raboyev J


Mavzu: Ishqalanish kuchiga doir masalalar yechish metodikasi .


Reja:

  1. Kuch . Ishqalanish kuchi .




  1. Qiya tekislikda ishqalanish kuchi.




  1. Mavzuga oid masalalar .


Kuch (mexanikada) — berilgan jismga boshqa jismlar tomonidan koʻrsatilayotgan mexanik taʼsirning miqdori va yoʻnalishini ifodalovchi kattalik. Jismga koʻrsatiladigan ta'sir 2 xil hodisani — jismning tezligini oʻzgartirishi yoki uning deformatsiyalanishini vujudga keltirishi mumkin. Ikkala hodisada yuzaga kelgan tezlanish yoki deformatsiya miqdorini oʻlchash orqali taʼsir etayotgan kuchni aniqlash mumkin. Kuchning dinamik va statik oʻlchash usullari mavjud. Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq, jismga taʼsir etayotgan kuch G' jism massasi t bilan uning tezlanishi a koʻpaytmasiga teng: G' = ta. Guk qonuniga asosan, elastik deformatsiyalarda, massa, prujina yoki sterjenning cho'zilishi (siqilishi)da vujudga keluvchi deformatsiyalanish kattaligi x taʼsir etayotgan kuchga proporsional:Gʻ = — Kx, bunda K — prujina yoki sterjen bikrligi. Ikki jismning bir-biriga koʻrsatayotgan har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir harakatiga ega bo'lib, ularning bir-birlariga taʼsir kuchlari doimo kattaligi jihatdan teng va yoʻnalishi jihatdan qarama-qarshidir. Kuch birligi qilib, massasi 1 kg boʻlgan jismga 1m/s2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan va Isaak Nyuton sharafiga nyuton deb atalagan. N bilan belgilanadi: 1N = 1 kg m/s2. [1]
Kuchlar ji smni tortish yoki itarish, deb tasvirlanishi mumkin. Ular gravitatsiyamagnetizm yoki massani tezlatuvchi boshqa har qanday hodisa tufayli boʻlishi mumkin.
Fizikada kuch fizik jism harakati, yoʻnalishi yoki geometrik tuzilishini oʻzgartiruvchi har qanday taʼsirdir. Boshqacha aytganda, kuch massali jism tezligini oʻzgartiradi (tezlatadi yo sekinlatadi), yoki egiluvchan jismni deformatsiyalaydi. Kuchni tortish yoki itarish kabi intuitiv konseptlar orqali ifodalash mumkin. Kuch vektor kattalikdir, u ham son qiymatga, ham yoʻnalishga ega. Newton ikkinchi qonuni, F = ma, aslida biroz boshqacha ifodalangan edi: Jismga taʼsir etuvchi sof kuch uning impulsi oʻzgarishiga ketadigan vaqt hosilasiga tengdir.







Ishqalanish - bir-biriga tegishib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy koʻchishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari boʻladi. 1)Tashqi I. — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning oʻzaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining oʻzaro taʼsir kuchi — tashki I. kuchi quyidagicha ifodalanadi: FumK=kN, bunda k — ishqalanuvchi sirtlarning xossalariga bog'liq bo'lgan I. koeffitsiyenti, N — jismga qo'yilgan kuch. Biron jismning boshqa jism sirti bo'ylab qanday harakat qilishiga qarab, statik I. yoki tinchlikdagi I. va kinetik I. xillari mavjud.
Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga I. kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, I. vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qoʻzgʻalmas boʻlgan sirtlar orasidagi I. tinchlikdagi I. deyiladi. Tinchlikdagi I. kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sir-tiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch Gʻ ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi:Qattiq jismlarda sirpanib I. va du-malab I. yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan I. kuchiga sirpanib I. kuchi deyiladi; sirpanib I. kuchi jismning tegib turgan boshqa jismga nisbatan koʻchishiga qaramaqarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpani-shida I. kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi. Tezlik ortishi bilan koʻpincha I. kuchi dastlab keskin kamayadi; soʻngra yana oʻsa boshlaydi (rasmga q.). Jismga va uning sirtiga berilgan ishlovga bogliq boʻlgan sirpanib I. koeffitsiyenti, shuningdek, jismning qattiqlik darajasiga bogʻliq boʻlgan dumalab I. koeffitsiyenti amalda katta ahami-yatga ega. Sirpanish yoki dumalash boshlangunga qadar tash-qi kuchga qarshi taʼsir qilishni stati k I., harakat boshlangandan keyin unga qarshi taʼsir qilishni esa kinetik I. deyiladi. Bir xil sharoitda dumalab I. kuchi sirpanib I. kuchidan sezilarli darajada kichik boʻladi. I. kuchini kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlarning sirpanishini undagi gʻildi-raklar, roliklar va sharlarning du-malashi bilan almashtiriladi (qarang Podshipnik).
Qattiq jismlarning quruq sirtlari orasidagi I. ga quruq I. deb ataladi. Qattiq jismlar suyukliklar va gazlarda harakatlanganda ularning turli qatlamlari orasida hosil boʻladigan va ularning qovushoqligi (yopishqoqligi) bilan bogʻliq boʻlgan suyuq I. ham mavjud. Suyuq I. kuchlari harakat tezligiga mutanosib boʻlib, u jism toʻxtaganda nolga aylanadi. Shu sababli, juda kichik kuch bilan jismni suyuqlikda harakatlantirish mumkin. Mas, odam suvdagi ogʻir barjani tayoq uchini suv tu-biga tirash bilan harakatga keltiradi, biroq yerda bunday yukni u, albatta, qoʻzgʻata olmaydi.
Koʻpgina hollarda I. ning foydali tomoni bor. Masalan, yoʻl sirti yaxlagan vaqtda silliq boʻlganligi uchun yoʻl sirti bilan piyodalar poyabzalining tagligi yoki transport vositasi gʻildiragi orasida I. ning keskin kamayib ketishi piyodalar va transport vositalarining harakatlanishini qiyinlashtirib yuboradi. I. boʻlmasa qoqilgan mixlar tushib, rezbali birikmalar boʻshab qolardi. Baʼzi hollarda I. ning zararli tomonlari ham mavjud. Mas, turli transport vositalari, samolyotlar, suv osti kemalari gorizontal yoʻnalishda oʻzgarmas tezlik bilan harakatlanayotganda I. kuchini yengish uchun juda koʻp miqdorda yonilg-i sarf qiladi. Bundan tashqari, I. lar mashina va mexanizmlarning yeyilishiga sabab boʻladi (ularning f.i.k. ni kamaytiradi). Shuninguchun I. ni kamaytirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. I. ksharini kamaytirishning eng sa-marali usullaridan biri sirpanib I. ni dumalab I. ga almashtirish, ishqalanuvchi sirtlarni moylash (bunda I. kuchi 8— 10 marta kamayadi). 2) Ichki I. — qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda sodir boʻladigan jarayonlar; bu jarayonlar jismlarning mexanik energiyasini qaytmas ichki energiyasiga aylantirib beradi. Qattiq jismlarda ichki I. — jism deformatsiyasiga sarflangan energiyaning jism eng katta elastik deformatsiya paytida oladigan ichki energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ichki I. turli usullar bilan (mas, deformatsiya paytida jism t emperaturasining oʻzgarishi asosida) oʻlchanadi.



Yüklə 74,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə