3-Modul. Issiqlik elektr stansiyalar va ularning umumiy holati 4-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari



Yüklə 430,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix21.10.2023
ölçüsü430,29 Kb.
#130350
  1   2   3   4   5   6   7   8
4-Ma\'ruza



3-Modul. Issiqlik elektr stansiyalar va ularning umumiy holati
4-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari.
 
4.1.Kondension elektrstansiyalar. Isiqlik elektr markazlari.
4.2.Bugʻ turbinasi va uning tuzilishi. Gaz turbinasi va uning tuzilishi. Bugʻ-gaz 
qurilmasi va uning tuzilishi. Bugʻ turbinali, gaz turbinali va bugʻ-gaz qurilmali 
elektr stansiyalar.
4.3.Issiqlik elektr stansiyalari va atrof muhit. 
4.1.Kondension elektrstansiyalar. Issiqlik elektr markazlari. 
Kondensatsion elektr stansiya (KES) — ishi bugʻning kondensatlanishiga 
asoslangan va faqat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr stansiya. Ish 
dvigateli — bugʻ turbinasi. Unda ish sikli bugʻning kondensatlanishi (suyuqlikka 
aylanishi) bilan tugaydi (qarang 
Kondensatsiya
). Hosil boʻlgan kondensat bugʻ qozonita 
qaytib keladi va qayta ishlatiladi. Kondensatsion elektr stansiyayeda suv bugʻining 
issiqlik energiyasi kondensatsion bugʻ turbinasida mexaniq energiyaga, elektr 
generatorlarda elektr energiyasiga aylanadi. Bugʻning boshlangʻich parametrlari 
(bosimi va temperaturasi) ni uni turbinaga kiritish oldidan oshirib, ishlatilgan 
bugʻning oxirgi bosimi va temperaturasi pasaytirilib Kondensatsion elektr 
stansiyas.ning f.i.k. oshiriladi, Bugʻni qoʻshimcha (orada) qizdirib ham f.i.-k.ni 
oshirish mumkin.
Yirik Kondensatsion elektr stansiyayada bugʻning boshlangʻich parametrlari 
— bosim 13 — 14 MPa va temperaturasi 560— 570°C, takomillashganlarida esa 
25 MPa va 550—660°C, 30 MPa va 650°C boʻladi. Ayrim turboagregatlarning 
quvvati 800—1300 MVt ga yetadi. Kondensatsion elektr stansiyas.ning asosiy 
qismlari: qozon qurilmasi, bugʻ turbinasi va mashina zali, texnik suv taʼminoti va 
yoqilgʻi xoʻjaligi, elektr taqsimlash qurilmasi, kuchaytirish podstansiyasi va 
boshqa Kondensatsion elektr stansiyas.da koʻmir kukuni, tabiiy gaz, mazut, oʻtin 
va boshqa yoqilgʻilar yoqiladi. Atom Kondensatsion elektr stansiyas.sida yoqilgʻi 
sifatida yadro yoqilgʻisidan foydalaniladi. Yirik KESlar Issiqlik elektr stansiyalari 
deb ataladi. 

Yüklə 430,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə