3-Modul. Issiqlik elektr stansiyalar va ularning umumiy holati 4-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari


-rasm Yoqilg’i R=const bo’lganda yoqiladigan GTK ning



Yüklə 430,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix21.10.2023
ölçüsü430,29 Kb.
#130350
1   2   3   4   5   6   7   8
4-Ma\'ruza

4.2-rasm Yoqilg’i R=const bo’lganda yoqiladigan GTK ning 
sxemasi. 
6- yoqilg’i trubasi, 7-forsunka, 8 - siqilgan havo trubasi, 10 - yonish mahsuli 
oqimini yunaltiruvchi apparati, 11 - gaz turbinasi kuraklari, 13- o’t o’ldirish 
svechasi.
Tuzilishi va yoqilg’ini yoqilish uslubiga ko’ra, gaz turbinasi qurilmasi 
(GTK) tarkibiga elektr svecha, ish moddasi (havo va yoqilg’i)ni yonish kamerasiga 
kiritish hamda yonish maxsulini kameradan chiqarish klapanlari, regeneratsiya 
bo’lmasi, birlamchi va ikkilamchi bosqichli yonish kameralari hamda turbinalari, 
shuningdek, ikkilamchi kompressor kiradi.
GTKlarda ish moddasini yoqish uslubiga ko’ra V = const, P = const va 
aralash bosqichli bo’ladi. GTK larda yoqilg’i sifatida tabiiy gaz, tozalangan koks, 
domna va generator gazlari, maxsus dizel solyar moylari ishlatiladi. GTK dagi 
turbina, elektr generatori, havo kompressori va yoqilg’i nasosi yagona umumiy 
valda joylashtiriladi.
Ish yoqilg’isining V=const da yonadigan GTK siklidagi termodinamik 
jarayonlarni qarab chiqamiz. Atmosfera havosi kompressor 3 ga surilib unda 


siqiladi (4.3a-rasm 1-2 chiziq) va aniq parametrga (T
1
P
1
V) ega bo’lgandan so’ng 
avval havoni kiritish, keyin yoqilg’ini kiritish klapanlari ochilib yonish kamerasiga 
mos ravishda, siqilgan havo va yoqilg’i uzatiladi. 
4.3-rasm. Issiqlik V=const(a) va P=const(b) bo’lganda uzatiladigan GTK 
siklidagi termodinamika jarayonlarning PV diagrammalari. 
 
Svecha yordamida ish yoqilg’isi yondiriladi. Bunda bosim oshadi (2-3 
chiziq) Ish yoqilg’ini to’la (kamida 95%) yongandan so’ng, uning temperaturasi 
23000K ga ko’tariladi, shunda yonish kamerasidagi bosim eng yuqori qiymatga 
yetadi. Ana shundagina yonish mahsuloti gaz turbinasi kuraklariga yo’naltiruvchi 
kanalda joylashgan chiqarish klapani ochiladi. Shunda yonish mahsuloti 
temperaturasini 1000-14000K gacha pasaytirish maqsadida unga maxsus yo’llar 
orqali sovuq havo uzatiladi (chunki gaz turbinasi o’ta yuqori temperaturalarga 
chidamaydi). Hosil bo’lgan aralashma katta bosim ostida turbine kuraklariga ta‘sir 
ko’rsatib, uning rotorini aylantiradi, ya‘ni issiqlik energiyasi mexanik energiyaga 
aylanadi. Yonish mahsuloti adiabatik kengayib ish bajaradi (3-4 chiziq) Gaz 
turbinasida ish bajarib chiqqan yonish mahsuloti soplo orqali atmosferaga 
chiqariladi va soviydi (4-1 chiziq).
Demak, GTK da o’tadigan siklga V=const bo’lganda issiqlik berilganda, u 
ikkita adiabatik, bitta izoxoradan hamda bitta izobaradan iborat bo’lgan 
termodinamik jarayonlardan tashkil topar ekan. Siklning bajargan foydali ishi 1-2-
3-4-1 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatidan teng bo’ladi. 
Siklning f.i.k. termodinamikasining ikkinchi qonuni ifodasidan aniqlanadi: 
= 1 - 

(4.5) 

Yüklə 430,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə