3-Modul. Issiqlik elektr stansiyalar va ularning umumiy holati 4-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari



Yüklə 430,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix21.10.2023
ölçüsü430,29 Kb.
#130350
1   2   3   4   5   6   7   8
4-Ma\'ruza

Issiqlik elektr markazi
(IEM) — elektr energiyasi bilan birga issiq suv va 
bugʻ ishlab chiqaradigan isiqlik elektr st-yasi. Asosiy energetik agregatlari qatoriga 
suv yuradigan quvur (truba) lar batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbinalari, 
turbogeneratorlar va bugʻ turbinalarida ish bajargan issiklikni is-teʼmolchilarga 
yuboradigan qurilmalar kiradi. IEM larda qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi organik 
yoqilgʻilar ajratgan issiklik qozon tizimida suvni yuqori bosimli bugga aylantiradi. 
Bugʻ bosimi tatlirida turbinalarning ; parraklari generatorlarni harakatga keltiradi, 
natijada issiklik energiyasi turbina (bug dvigateli) vositasida mexanik energiyaga 
aylanadi, generator esa uni elektr energiyasiga aylantiradi. IEM ning f. i. k. issiklik 
elektr st-yalarinikiga nisbatan keskin yuqori, yaʼni t|=60—70% ga teng . Bunga 


erishish uchun IEM turbinalaridan oʻtib ish bajargan bugʻning bir qismigina 
sovitkichlar vositasida qayta suvga aylantirilib qozon tizimiga yuboriladi, qolgan 
qismi esa sanoat korxonalari ehtiyojlariga hamda uyjoylarni isitishga sarflanadi. 
IEM butun shahar, tuman mikyosida sanoat korxonalarini, turar joy binolarini
maishiy muassasalarni elektr energiyasi, issiq suv bilan taʼminlash va isitishga 
xizmat qiladi. Faqat elektr energiyasi ishlab chikaradigan issiklik elektr 
stansiyalariga nisbatan IEM iqtisodiy jihatdan ancha tejamli, unda 20—25% 
yoqilgʻi kam sarflanadi, qulay. Turbinalardan sanoat korxonalariga beriladigan 
bugning mutlaq bosimi 8—16 at, isitish uchun beriladiganiniki 0,5—2,5 at. IEM 
da yoqilgʻi sifatida koʻmir, gaz, mazut va b. ishlatiladi. Ularda temperaturasi 
565°C, bosimi 130 at. gacha boʻlgan burdan foydalaniladi. IEMning ishi 
avtomatlashtirilgan. Gaz turbinalari va yadro elektr styalarini ham IEM tipida 
qurish mumkin. 

Yüklə 430,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə