3-Modul. Issiqlik elektr stansiyalar va ularning umumiy holati 4-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari


Bugʻ turbinasi va uning tuzilishi. Gaz turbinasi va uning tuzilishi. Bugʻ-



Yüklə 430,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix21.10.2023
ölçüsü430,29 Kb.
#130350
1   2   3   4   5   6   7   8
4-Ma\'ruza

4.2.Bugʻ turbinasi va uning tuzilishi. Gaz turbinasi va uning tuzilishi. Bugʻ-
gaz qurilmasi va uning tuzilishi. Bugʻ turbinali, gaz turbinali va bugʻ-gaz 
qurilmali elektr stansiyalar. 
Bugʻ turbinasi
— bug’ning potensial energiyasini kinetik energiyaga
soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-
yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv 
va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori 
parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi 
ishlab chiqarish bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon 
beradi. Muqim (statsionar) va transport (kemaga oʻrnatiladigan) xillari bor. Muqim 
Bugʻ turbinasi ga kondensatsiya turbinalari, teplofikatsiya turbinalari va boshqa 
kiradi. Deyarli barcha Bugʻ turbinasi koʻp pogʻonali hisoblanadi. Bir va koʻp (4 
tagacha) korpusli, bir va koʻp (3 tagacha) valli qilib ishlab chiqariladi. Bugʻ 
turbinasi markazdan qochirma havo haydagichlar, kompressorlar va nasoslarni 
harakatga keltirish uchun ham ishlatiladi. 
Bug’ning issiqlik energiyasini bosqichma-bosqich mexanik energiyaga 
aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi bug’ turbinasi deyiladi. Hosil qilingan 
energiya boshqa turdagi energiyaga yoki mexanik energiyaga (ishga) aylantiriladi. 
Bug’ turbinasida bug’ energiyasining mexanikaviy ishga aylantirish jarayoni ikki 
bosqichda amalga oshiriladi: 1) bug’ning potentsial energiyasini kinetik energiyaga 
aylantirish; 2) olingan kinetik energiyani turbinaning mexanikaviy ishiga 
aylantirish. Turbinaning bug’ oqib o’tish qismi ikkita asosiy qismdan: birinchi 
qismi - soklo apparati 1, ikkinchi qismi- turbinaning vali 4 ga o’rnatilgan disk 3 
dan tashkil topgan. Diskning aylanasi bo’ylab ish parraklari 2 mahkamlanagan, 
ular kanallar hosil qiladi, (4.1 -rasm) 



Yüklə 430,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə