Real gazlar. Bug’lanish va kondensatsiya Reja: Real gazlar va uning holat tenglamasi



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#161026
  1   2   3   4
Real gazlar. Bug’lanish va kondensatsiya


Aim.uz

Real gazlar. Bug’lanish va kondensatsiya
Reja:

  1. Real gazlar va uning holat tenglamasi

  2. Bug’lanish va kondensatsiya. To’yingan bug’.

  3. Van-der Vaals izotermasi kritik holat.Gazlarni suyultirish.

O’quvchi bilishi kerak:
Real gazlar. Real gazlarning holat tenglamasi. Bug’lanish va kondensatsiya. To’yingan bug’. Kritik holat. Molekulalarning xususiy hajmlari, molekulalarning o’zaro ta’siri, bug’lanish, kondensatsiya, to’yingan bug’, Van – der –Vaals izotermalari, qizdirilgan bug’ va undan texnikada foydalanish. Gazlarni suyultirish.
Mavzuning maqsadi: Real gazning ideal gazdan farqi va undagi tuzatmalar haqida tushuncha berish.
Mavzuning bayoni:
1. Real gaz. Biz molekulyar fizika bo`limida ideal gaz modelidan keng foydalandik.Chunki past bosim ostida qizdirilgan va siyraklashtirilgan real gazlarning xossalari ideal gaznikiga juda yaqin bo`ladi. Bosim ortishi bilan molekulalar orasidagi o`rtacha masofa kamayib boradi va natijada molekulalarning xususiy hajmlari va ular orasidagi o`zaro ta’sirni hisobga olish zarurati tug`iladi.
Molekulalarning xususiy hajmlari. Normal sharoitda 1m3 gazda 2,68 1025 ta molekula mavjud bo`lib taxminan 10-4m3 hajmni egallaydi. Albatta 1m3 hajmning o’n mingdan bir qismini hisobga olmaslik mumkin. Lekin 500 MPa bosim ostida molekulalarning xususiy hajmi gaz egallagan hajmning yarmini tashkil etadi. Bunday holda gaz molekulalarining xususiy hajmlarini hisobga olmaslik mutlaqo mumkin emas. Ideal gaz uchun yozilgan Klapeyron-Mendeleev tenglamasi PVm=RT ga molekulalarning xususiy hajmlarini hisobga oluvchi tuzatish kiritildi.
Molekulalarning xususiy hajmlarini b harfi bilan belgilasak, unda molekulalar harakat qilishi mumkin bo`lgan erkin hajm
Vm-b ga teng.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə