3-Modul. Issiqlik elektr stansiyalar va ularning umumiy holati 4-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari


-rasm. Bug’ turbinasining soplosi va ish g’ildiragi



Yüklə 430,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix21.10.2023
ölçüsü430,29 Kb.
#130350
1   2   3   4   5   6   7   8
4-Ma\'ruza

 
4.1-rasm. Bug’ turbinasining soplosi va ish g’ildiragi. 
 
Birinchi jarayon soplo apparatida sodir bo’ladi, bu yerda yuqori bosimli bug’ 
kiradi soplolarda bug’ kengayadi, uning bosimi pasayadi va tegishlicha tezligi 
ortadi, ya‘na soplo apparatida bug’ning ichki energiyasi aylanadi.
Ikkinchi jarayon ish parraklari hosil qilgan kanallarda sodir bo’ladi, bu yerda 
bug’ning kinetik energiyasi diskning va u bog’langan turbine valining mexanikaviy 
ishga aylanadi. Ish parraklari mahkamlangan bitta diskli soplo apparati turbinaning 
boskichini hosil qiladi. Bir bosqichli turbinalarning aylanishlar soni katta (2000-
50000 ayl/min) bo’ladi. 
Ular odatda transport ustanovkalarida yordamchi qurilma sifatida ishlatiladi. 
Ko’p bosqichli bug’ turbinalari katta quvvatli bo’ladi. Hozirgi vaqtda quvvati 300, 
500 va 800 Mvt bo’lgan bug’ turbinalari ishlatiladi.
Hozirgi zamon turbinasi - bug’ tejamligini juda yuqori, tez ishlaydigan 
murakkab dvigateldir. 
Bug’ turbinalari bir, ikki va ko’p bosqichli hamda mos ravishda past, 
o’rtacha va yuqori bosimli bo’ladi, Hozirgi vaqtda ko’p bosqichli bug’ turbinasi 
barcha issiqlik elektr stansiyalarida asosiy dvigatel hisoblanadi. 
BUG’ TURBINASIDAGI ISROFLAR. 
Bug’ turbinasida ishlab bo’lgan bug’ning tekshirilayotgan tezligidagi 
isroflardan tashqari foydali ishni kamaytiradigan isroflar ham bo’ladi. Bunday 
isroflar ichki va tashqi isroflarga bo’linadi.
Ichki isroflar turbinaning bug’ oqib o’tadigan qismida keladi va 
foydalaniladigan issiqlik pasayishini kamaytiradi. Ular jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 
1) Soplolarda va turbinaning ish qanotlarida bug’ oqimchasining devorlarga 
ishqalanishi, uyurmalanishi va xokazolar tufayli kinetik energiyaning isrof bo’lishi. 
2) Ish qanotlari bilan turbina korpusi orasidagi bug’ning sizib chiqishi 
tufayli bo’ladigan isroflar;
3) bug’ning namligi tufayli kondensatsion turbinalarning oxirgi 
bosqichlarida sodir bo’ladigan isroflar. Suyuqlik zarralari qanotlarining devorlariga 


urilib, rotorning aylanishini sokinlashtiradi va qanotlarda olinadigan ishni 
kamaytiradi.
Tashqi isroflar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) turbina korpusi bilan undan chiqib turadigan ish valining chekkalari 
orasidagi zararlar orqali bug’ning sizib chiqishidan isroflar.
2) Mexanikaviy isroflar, bular turbinaning tayanch va tirak podshipniklarida 
ishqalanishni yengishga energiyaning sarflanishini, boshqarish sistemasini 
harakatga keltirish uchun energiyaning sarflanishi va boshqalar. 

Yüklə 430,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə