3-Modul. Issiqlik elektr stansiyalar va ularning umumiy holati 4-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari


Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi



Yüklə 430,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix21.10.2023
ölçüsü430,29 Kb.
#130350
1   2   3   4   5   6   7   8
4-Ma\'ruza

Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi
— qozon, bugʻ turbinasi va 
turbogeneratordan iborat energetika agregatlari majmui. Qozon, suv quvurlari 
tizimidan hosil qilinadi. Qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi yoqilgʻilarning 
temperaturasi 500°C dan yuqori boʻlgan issiqlik energiyasi taʼsirida qozon 
quvurlaridan oʻtadigan suv yuqori bosimli bugʻga aylanadi. Bugʻ taʼsirida turbina, 
yaʼni birlamchi motor parraklari har minutda 1500—3000 aylanish tezligida 
harakatga keladi. Bunda bugʻning kinetik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. 


Turbogeneratorning stator chulgʻamida yuqori kuchlanishli EYUK (elektr 
yurituvchi kuch), isteʼmolchida esa tok hosil boʻladi, natijada mexanik energiya 
elektr energiyasiga aylanadi. Umuman, dunyo miqyosida ishlab chiqariladigan 
elektr energiyasining taxminan 80% gachasi turbogeneratorlar vositasida olinadi, 
ammo Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi i. e. s.ning foydali ish koeffitsiyenti 
(f. i. k.) yuqori emas. Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi k. qiymatini bir 
muncha koʻtarish uchun turbina parraklaridan oʻtgan bugʻ sovitkichlar vositasida 
yana suvga aylantirilib, nasos orqali qayta isitkich qozonga yuboriladi va suv 
boʻyicha berk tizim hosil qilinadi. Bunda elektr stansiya f.i.k. 32—40% gacha 
koʻtariladi. 
 
4.3.Issiqlik elektr stansiyalari va atrof muhit. 
Energetika
- bu energotashuvchilar quvvatidan foydalanib enegoresurslarni 
ishlab 
chiqarish, 
ularni 
o`zgarish, 
saqlash 
va 
ulardan 
foydalanish. Energoresurslarga sanoatda, transportda va elektr stansiyalarida hosil 
qilinayotgan barcha energiya turlari kiradi. 
Elektr energiyasi ishlab chiqarish energetikaning salohiyatli qismi bo`lib, 
hozirgi kunda sanoat, transport, qishloq xo`jaligi va kundalik turmushimizni elektr 
quvvatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Sivilizasiya 
yuqorilab borayotgan
, sanoat va 
transport rivojlanayotgan, Er yuzida demografik o`sish davom etayotgan sharoitda 
elektr energiyasiga bo`lgan talab benihoya tez sur’atlar bilan oshib borayapti. 
Masalan, agar aholi soni 40-50 yilda ikki martaga oshayotgan bo`lsa, elektr 
energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning ikki martaga oshishi uchun 12-
15 yil kifoya. Bunday talabning kelajakda yanada oshib borishi shubhasiz. Bu esa 
o`z navbatida hozirgi zamonda asosiy energiya manbai hisoblangan toshko`mir, 
mazut, tabiiy gaz kabi organik yoqilg`ilarning sarfini yanada ko`paytirish, ularning 
zahiralarini kambag`allashtirish bilan birga ulardan muhitga chiqariladigan 
chiqindilar miqdorini oshiraboradi. Hozirgi paytda elektr quvvati ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladigan asosiy energotashuvchi organik yoqilg`ilar bo`lib, dunyo 
bo`yicha olinayotgan elektr energiyasining asosiy qismi (59%) shu yoqilg`ilarni 
issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yondirishdan hosil qilinmoqda. Kamroq elektr 
quvvati (23%) suv oqimi hisobiga gidroelektrostansiyalarda (GES) va yadro 
zaryadi (17%) hisobiga atom elektr stansiyalarida (AES) olinmoqda. 
Yuqorida keltirilgan har uchchala energiya manbaining ham atrof muhitga u 
yoki bu darajada ta’siri bor. Ayniqsa organik yoqilg`ining yondirilishi muhitni 
tajovuzkor omillar bilan jiddiy ifloslaydi. Ma’lumotlarga ko`ra hozirgi kunda 
dunyoda olinayotgan jami energiyaning 90% organik yoqilg`ining yondirilishidan 
olinayotgan bo`lib, uning asosiy qismi elektr energiyasi olishga, qolgani esa 
sanoatga va transportning ichki yonish dvigatellarida hosil qilinayotgan boshqa 
turdagi energiya olinishiga sarflanadi. Bu maqsadlarda har yili 10 mlrd. tonnadan 
ortiq organik yoqilg`i yondirilmoqda. Undan muhitga 1 mlrd. tonnadan ortiq turli 
aralashma chiqindilar, shu jumladan sog`liqqa jiddiy xavf soluvchi kanserogen 


moddalar chiqarib tashlanmoqda. Keyingi yuz yil ichida yonishdan havoga 1,5 
mln. tonnadan ortiq mishyak, 1 mln.t. kremniy, 900 ming t. kobalt, katta 
miqdordagi karbonat angidrid, is gazi, azot oksidlari, qurum va boshqa aerozollar 
chiqarildi. Faqatgina azot oksidlarining yillik chiqarilishi 20 mln. tonnaga etdi. 
SHu o`rinda tarixga bir nazar tashlaydigan bo`lsak, eramizning XIV asrida London 
shahri xonadonlarida ko`mirning yonishidan havoning ifloslanayotganligini 
ko`rgan Angliya koroli Eduard II ko`mir yoqishni qat’iyan taqiqlagan va 
qoidabuzarlarga o`lim jazosi belgilagan. 
Organik yoqilg`i mutaxassislik nuqtai-nazaridan qaraganda qimmatbaho 
kimyoviy xom ashyo hisoblanadi. Uning yondirilishi nafaqat ekologik vaziyatni 
yomonlashtiradi, balki shu bilan birga iqtisodiy zarar hamdir. Bu to`g`rida 
D.I. 
Mendeleev
, organik yoqilg`ini yondirish-pulni yondirish demakdir, degan edi. 
Ammo, yuqorida aytilganidek, energiya tashuvchi asosiy vosita hozircha organik 
yoqilg`i bo`lib qolmoqda. Lekin bundan yoqilg`ining barchasi ham elektr 
energiyasi ishlab chiqarilishi uchun sarflanayapti degan fikr kelib chiqmaydi. 
Umumiy energobalansda elektr energiyasining hissasi turli mamlakatlarda turlicha. 
Masalan, AQSH ning umumiy energobalansida neft 44 % ni tashkil qilgani holda 
elektr quvvatining faqat 13% neftni yoqishdan olinadi. Ko`mirdan foydalanishda 
esa buning aksi – umumiy energobalansda ko`mirning hissasi atigi 22 % bo`lgani 
holda, mamlakatda ishlab chiqiladigan elektr energiyasining 52 % ko`mirni yoqish 
bilan olinadi. Ko`mirdan elektr energiyasi ishlab chiqarish buyicha etakchi o`rinni 
Xitoy egallaydi (75 %). 
Organik yoqilg`ining yonishidan elektr energiyasi olish Rossiyada ham 
rivojlangan. Bu mamlakatda olinadigan elektr quvvatining 40 % tabiiy gazni 
yondirish hisobiga, 18 % ko`mirni va 10 % dan kamrog`i mazutni yoqishdan 
olinadi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarning umumiy energobalansida 
neftning o`rni yuqori bo`lgani holda, uning aksariyat qismi sanoat va transportga 
sarflanadi. O`zbekistonda ishlab chiqiladigan jami 48 mlrd. Kvt.s elektr 
energiyasining 80 % ekologik toza yoqilg`i - tabiiy gazni yoqishdan olinadi. 

Yüklə 430,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə