2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida



Yüklə 184 Kb.
səhifə1/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
6-ma\'ruza


6-Ma’ruza. Leksikologiya.
(2 soat)
Reja :
1. So‘z tilning markaziy birligi sifatida.
2. Leksikologiya va uning asosiy bo‘limlari.
3. Leksik ma’no va uning turlari.
4. Til va nutq birliklari haqida
5. Ko‘p ma’nolilik. Metafora. Metonimiya.
6. Sinekdoxa. Omonimiya. Sinonimlar.


Tayanch so‘z va iboralar: Leksikologiya, so‘z, leksema, leksik ma’no, ko‘p ma’nolilik, metafora, metonimiya, sinekdoxa, omonimiya, sinonimlar.

Leksikologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. Leksikologiya so‘zi grekcha “lexicos” - lug‘aviy belgi va “logos” - bilim so‘zlaridan olingan bo‘lib, tilshunoslikning so‘z va so‘zga teng lug‘aviy birliklar, aniqrog‘i, til boyligi haqida bahs yurituvchi qismidir. Har bir tilning lug‘at tarkibi, boyligi, shuningdek tildagi so‘zlar majmuyi leksika deb yuritiladi. Shunga ko‘ra leksika so‘zi adabiy tilning lug‘at tarkibi ma’nosida ham, biror sheva yoki dialektning lug‘at tarkibini ifodalash uchun ham (dialektal leksika), ma’lum bir kasb-hunar kabi sohaga oid lug‘at tarkibi ma’nosida ham (terminologik leksika), hatto ayrim yozuvchi asari (yoki asarlari)ning so‘zlari majmuyi ma’nosida ham (masalan, Navoiy asarlari leksikasi) qo‘llanaveradi.


Leksikologiya leksikani o‘rganadi, leksika esa, o‘z navbatida, so‘zlardan yoki so‘zlar majmuyidan iborat bo‘ladi. Lug‘at tarkibi har bir tilning boyligini aks ettiradi. Til so‘zga qanchalik boy bo‘lsa fikr va maqsadni shunchalik yaxshi va to‘liq bayon etishi, eng nozik his-tuyg‘ulami ifodalashi mumkin. Til kishilarning turli faoliyati bilan bevosita bog‘langanligi uchun ham tilning lug‘at tarkibi uzluksiz o‘zgarib turadi. Jamiyatning taraqqiy qilishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, fan va texnikaning rivojlanishi bilan tilning lug‘at tarkibi ham yangi so‘zlar bilan boyib boradi. Chunki kishilarning muhim aloqa vositasi bo‘lgan til yangi so‘zlar bilan boyib turmasada, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlarni, yangi hodisalarni aks ettirish vazifasini bajara olmay qoladi. Jamiyatning taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan til ijtimoiy tuzumning o‘zgarishini ishlab chiqarishning taraqqiy topishini, fan, texnika va madaniyatning rivojlanishini o‘zida aks ettiradi, buning natijasida ko‘plab yangi so‘zlar paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, eskirib qolgan ba’zi so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi. Bu hodisani hozirgi zamon o‘zbek tili taraqqiyotida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek tili keyingi 40-45 yil davomida fan, texnika va madaniyat sohalariga bog‘liq bo‘lgan so‘zlar bilan juda boyib ketdi. Masalan: raketa, atom, yadro, fizika, kosmos, traktor, kultivator, strategiya, struktura, futbol, rektor, stanok, meterologiya, meridian kabi juda ko‘p so‘zlar o‘zbek tili lug‘at tarkibidan mustahkam o‘rin oldi. Shu bilan birga mingboshi, amin, yuzboshi kabi so‘zlar iste’moldan chiqib ketdi.
Har bir tilning lug‘at tarkibi har doim uzluksiz o‘zgarib turadi. Tilning lug‘at tarkibi asosan tildagi so‘z yasash imkoniyatlaridan foydalanib yangi so‘zlar yaratish yo‘li bilan boyib boradi. Shuningdek, boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish yoki shu tilning shevalaridan yangi so‘zlar yasashning ham til lug‘at tarkibining boyishidagi ahamiyati katta. Chunonchi, har bir tildagi so‘z negizi va turli so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi-yangi ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar yasash tilning lug‘at tarkibini boyitishda alohida o‘rinni egallaydi. Masalan, o‘zbek tilida qadimdan bor bo‘lgan -chi affiksi (temirchi, taqachi, oluvchi) yordamida hozir ham o‘quvchi, uchuvchi, yozuvchi, traktorchi, kutubxonachi kabi ko‘plab so‘zlar yasalmoqda. Shuningdek, -dosh qo‘shimchasi yordamida maslakdosh, suhbatdosh, safdosh, sinfdosh, fikrdosh, musobaqadosh, yondosh, izdosh, zamondosh, maktabdosh kabi so‘zlar hosil bo‘ladi. Ayni shu affikslar yordamida boshqa tillardan o‘zlashtirilgan s’ozlar ishtirokida yangi so‘zlar yasash ham anchagina faol sanaladi. Xususan, o‘zbek tilidagi futbol+chi, montaj+chi, neft+chi, sport+chi, boks+chi, traktor+chi, tank+chi, gazeta+chi, shofyor+lik, dekan+lik, derijyor+lik kabi so‘zlarni shular sirasiga kiritish mumkin.
Eskirib qolgan so‘zlarni yangi ma’noda qo‘llash yo‘li bilan ham tilning lug‘at tarkibi boyib turadi. Masalan, domla so‘zi (eski shakli domulla) eski maktab va madrasa o‘qituvchilari hamda din ayonlariga nisbatan qo‘llanardi. Hozir esa, o‘qituvchilarga nisbatan hurmat bilan murojaat qilinganda ishlatiladi.
Rais so‘zi o‘tmishda diniy marosim va urf-odatlarning bajarilishini kuzatib boruvchi, shuningdek, o‘lchov va tosh-tarozilarning to‘g‘riligini tekshirib boruvchi mansabdor kishi ma’nosini ifodalagan bo‘lsa, hozir (mansab) idora va xo‘jalik tashkilotlarining rahbari, shuningdek, majlisni boshqaruvchi shaxs ma’nolarini ifodalaydi. Xuddi shunday dehqon, maorif, farmon, qurultoy singari so‘zlar ham mazmunan yangi ma’nolami ifodalaydigan bo‘ldi.
Shuningdek, jadval so‘zining dastlabki ma’nosi kitobatchilikda eng ko‘p qo‘llangan bezak turlaridan birini anglatgan bo‘lsa, bugungi kunda uning semantikasida keskin o‘zgarish sodir bo‘lgan va uning dastlabki ma’nosi yo‘qolgan. Natijada, jadval leksemasi o‘zining bugungi ma’no anglatishi jihatidan mustaqil termin sifatida kitobatchilik terminologiyasi tizimidan chiqib ketdi. U hozirgi o‘zbek adabiy tilida “muayyan shakl asosidagi ma’lumotlar; dars, mashg‘ulot, faoliyat, xatti-harakatlarning tartib ro‘yxati” kabi ma’nolarni ifodalamoqda. Xuddi shuningdek, raqam leksemasi ham avvalgi “yozuv, bitish” kabi asliy ma’nolarini butunlay yo‘qotgan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida ma’no hajmining tamoman o‘zgarishi leksik ma’noning avvalgisiga nisbatan farqli voqelikni bildirishi tufayli yangi mazmun kasb etgan: “1. Sonni ifodalovchi grafik belgi. 2. Biror son bilan ifodalangan miqdor, ko‘rsatkich. 3. Bir turdagi predmetlarga tartib bilan qo‘yilgan son; nomer” . Yoki muharrir so‘zini ko‘raylik, dastlab “asar yozuvchi, muallif’, “tahrir qiluvchi” ma’nolarida qo‘llangan bo‘lsa, bugun uning “asar yozuvchi, muallif’ ma’nolari yo‘qolgan, faqat “tahrir qilgan yoki qiluvchi”ma’nosigina saqlanib qolgan. Ayni shunday hodisa unvon so‘zida ham sodir bo‘lgan. U dastlab kitobatchilik sohasida “qo‘lyozmaning nomi, sarlavhasi, sarvaraq, ba’zi hollarda ekslibris, ya’ni kitob belgisi” kabi ma’nolarni anglatgan bo‘lsa, bugun uning o‘zbek tilidagi leksik ma’nosi butunlay o‘zgarib ketgan. Endi u kitobatchilik sohasi bilan bog‘liq bo‘lmagan butunlay farqli ma’noni bildirmoqda: “Biror ish-faoliyat sohasidagi xizmat yoki mutaxassislik darajasini belgilovchi maxsus ta’sis qilingan nom”. Shunga o‘xshash, tasnif so‘zining “biror asar yaratish” yoki “musiqada biror kuy yaratish” kabi ma’nolari tamoman yo‘q bo‘lgan, uning birgina “turlarga, sinflarga ajratish, klassifikatsiya” ma’nolari qolgan, xolos.
Rus tilida майор, полковник, генерал, офицер kabi so‘zlar oldin podsho, pomeshchik va kapitalistlar tuzumini himoya qiluvchi harbiy kishilarning unvonini bildirar edi. Vatan urushi davrida bu so‘zlarning ma’nosi yangicha tus olib, mehnatkash xalqning tinch mehnatini himoya qilgan va qilayotgan harbiy kishilarning unvonini ham bildiradigan bo‘ldi.
Lug‘at tarkibini boyitishda boshqa tillardan so‘z qabul qilish ham muhim rol o‘ynaydi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, boshqa tillardan birorta ham so‘z olmagan sof til dunyoda yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki jamiyat taraqqiyotida turli tillarda so‘zlashuvchilar o‘zaro munosabatda bo‘lganlar. Savdo-sotiq, fan-texnika, madaniyat va boshqa sohalardabo‘ladigan aloqalar boshqa boshqa tilda so‘zlovchi xalqlar bir-birining tiliga ozmi-ko‘pmi ta’sir qiladi. Shuning uchun har qanday tilning lug‘at tarkibida ma’lum (darajada chetdan kirgan so‘zlar bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi gazeta, jurnal, biologiya, matematika, radio, telefon kabi so‘zlar rus tili orqali boshqa tillardan kirib, o‘zlashib ketgan so‘zlardir.
Chetdan kirgan so‘zlar ma’lum darajada shu tilning talaffuz me’yorlariga, grammatik qoidalariga bo‘ysunadi, sekin-asta shu tilda so‘zlovchi xalqning o‘z so‘zlari bo‘lib qoladi. Masalan, maktab, kitob, daftar, qalam, rasm, maslahat, shakar, non kabi so‘larning boshqa tillardan o‘zlashganini deyarli farqlamaymiz.
O‘zbek tilining lug‘at tarkibida boshqa tillardan kirgan so‘zlar anchagina bo‘lib, ular o‘zbek tilining so‘z boyligi hisoblanadi. Chetdan kirgan, lekin ma’lum bir tilga singib, o‘zlashib qolgan so‘zlarni boshqa xalqning so‘zlari deb ajratish, uni tildan chiqarib tashlashga urinish xato hisoblanadi. Tilshunoslik qonun-qoidalariga e’tibor bermaslik yoki bu qonunlarni tushunmaslik natijasida tilda o‘zlashib, xalqning qon-qoniga singib qolgan so‘zlarni o‘rinsiz ravishda boshqa tillarga oid so‘zlar bilan almashtirish ham to‘g‘ri emas. Bunday yo‘ldan borish chalkashliklarga olib kelishi mumkin, Chetdan kirib, xalqning so‘z mulki bo‘lib qolgan so‘zlarni birmuncha tor ma’noni ifodalovchi chet tillari so‘zlari bilan almashtirish hodisasi 90-yillarda o‘zbek tilida ro‘y berdi, chunonchi, gazeta so‘zini ro‘znoma bilan almashtirishga ancha urinishlar bo‘ldi. Hatto, hamma joylarga “Ro‘znomalar” deb yozib ham qo‘yildi, lekin bu so‘z tugal holda qabul qilinmadi, to‘g‘rirog‘i, xalq bu so‘zni iste’molda qo‘llamadi. Natijada, gazeta so‘zi takror iste’molga
kirdi va faol so‘z sifatida tilda o‘rnashdi. Vaholanki, gazeta so‘zi tilimizga shu qadar o‘zlashib ketgan ediki, undan yangi so‘zlar, so‘z birikmalari ham paydo bo‘lgan edi: gazetachi, gazetxon, gazeta xodimi kabi. Bunday so‘zlar sirasiga jurnal // oynoma, institut //oliy ilmgoh // oliygoh, samolyot // tayyora va hokazolarni ham kiritish mumkin. Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, eskirib, keraksiz bo‘lib qolgan so‘zlar asta-sekin lug‘at tarkibidan chiqadi. Lekin bunday so‘zlar butunlay yo‘qolib ketmaydi. Davrlar o‘tishi bilan, bu so‘zlarga zaruriyat qolmaganligi sababli ular lug‘at tarkibidan butunlay chiqib ketishi mumkin. Biroq bunday so‘zlar har bir tilning lug‘at fondida saqlanadi. Shu bilan birga eskirib qolgan, iste’moldan chiqa boshlagan ba’zi so‘zlar faol so‘zlar qatoriga o‘tishi mumkin. Masalan, farmon, vazir, qurultoy, domla, tibbiyot, muallim, muallif, musahhih kabilar ana shunday so‘zlardandir.
Demak, leksikologiyaning obyekti tilning lug‘at boyligidir. Leksikologiyaning predmeti - lug‘at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari bilan aloqasini tadqiq etishdan iborat. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Muayyan til lug‘at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlarini, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy omillarni o‘rganish.
2. Lug‘aviy birliklarning funksional-semantik tavsifini berish, eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarini, tematik guruhlari va mikrosistemalarini aniqlash, lisoniy va uslubiy xususiyatlarini yoritish.
3. Talabalarni leksikaga oid bilimlar bilan qurollantirish va b.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə